O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)


Download 284.5 Kb.
bet142/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

345-modda. Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
4-kichik bo‘lim. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni yuritish
38-bob. Umumiy qoidalar
346-modda. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlar jumlasiga:
1) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39-bobi (349 — 353 moddalari).
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish haqidagi arizalar bo‘yicha ishlar kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40-bobi (354 — 358 moddalari).
347-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish tartibi
Sudlar ushbu Kodeksning 346-moddasida sanab o‘tilgan ishlarni ushbu Kodeksning 38 — 40-boblarida ko‘rsatilgan istisno va qo‘shimchalar bilan birga fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1 — 16, 351, 353, 356, 357-moddalari.
348-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ish bo‘yicha ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
39-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
349-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan nizo bo‘yicha ish yuritish tugallanguniga qadar to‘xtatib turadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 346-moddasi 1-bandi, 350 — 353-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 46-moddasi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling