O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi


Download 284.5 Kb.
bet145/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

353-modda. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksda hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga ko‘ra ajrim chiqaradi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish haqidagi ajrimida quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim:
1) hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarori to‘g‘risidagi va mazkur qaror qabul qilingan joy haqidagi ma’lumotlar;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga yoxud arizachining talabini to‘liq yoki qisman qanoatlantirishni rad etishga doir ko‘rsatma.
Hakamlik sudi hal qiluv qarorining bekor qilinganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishiga yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga binoan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi oqibatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan umumiy qoidalarga binoan sudga murojaat etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunining 48-moddasi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling