O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka baho Yakka xato Guruh bahosi
- Buxoro Mang’itlar sulolasi (1753-1920 y.y.) shajarasi Yakka baho
- To’g’ri javob Hukmdorlar
- T - sxema” metodi
- Xonliklar davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik sabablari”
- Mavzu yuzasidan talabalar bilimini baholash uchun testlar
Ashtarxoniylar sulolasi (1601-1753 y.y.) shajarasi
Xiva qo’ng’irotlar sulolasi (1770-1920 y.y) shajarasi
Qo’qonda minglar sulolasi (1710-1875 y.y.) shajarasi
“T - sxema” metodi O’qituvchi: Talabalarga “Xonliklar davrida o’zbek davlatchiligi” mavzusidagi matn tarqatiladi (ilova qilinadi). - Matndan kelib chiqib, talabalarning mavzu yuzasidan fikrlarini quyidagi sxema asosida tahlil qilishlarini so’raydi: “Xonliklar davrida ijtimoiy-siyosiy parokandalik sabablari”
Topshiriq yakka tartibda bajarilishini ma’lum qilib, buning uchun 10 daqiqa vaqt ajratadi; Vaqt tugagach talabalardan izohlarsiz o’z fikr-mulohazalarini o’qib eshittirishlarini aytadi; Barcha xulosalar tinglangach, umumlashtiriladi va yakuniy xulosa shakllantiriladi. Talaba: Mavzuni diqqat bilan tinglaydi; Berilgan sxema asosida tushunchaga nisbatan o’zining mustaqil fikrini bildiradi; Reglamentga rioya qiladi. Mavzu yuzasidan talabalar bilimini baholash uchun testlar 1.XVI asrda SHayboniylar davlatining poytaxti bo’lgan shaharlarni aniqlang A) Samarqand va Marv B) Samarqand va Toshkent C) Samarqand va Buxoro D) Buxoro va Qarshi 2.Sulolalar orasida qaysilari Ubaydullo ismli hukmdorlarga ega bo’lgan? A) Mang’itlar va Temuriylar B) SHayboniylar va Ashtarxoniylar C) CHingiziylar va Temuriylar D) Somoniylar va Tohiriylar 3.1747 yilda Buxoroni kimlar qamal qiladilar? A) Qozoq sultonlari B) Xiva xonlari C) Ko’chmanchi Qalmoqlar D) Eroniy qizilboshlar 4.XVII asr boshlarida o’z o’g’illari tomonidan qatl etilgan hukmdorni toping A) Ubaydulloxon B) SHohniyoz C) Arab Muhammad D) Mirzo Ulug’bek 5.Qo’qon xonligi qaysi yillarda mustaqil xonlik sifatida mavjud edi? A) 1705-1876 yillarda B) 1708-1875 yillarda C) 1711-1874 yillarda D) 1710-1876 yillarda 6.O’rta Osiyo xonliklari davrida madrasa, masjid va diniy jamoa yerlari qanday atalgan? A) Vaqf yerlari B) Mulk yerlari C) Amlok yerlari D) Suyurg’ol yerlari 7.Buxoro Amirligida mang’itlar sulolasi... A) XVIII asrning boshlaridan XIX asrning 80-yillarigacha hukmronlik qildi B) XVIII asrdan-XIX asrning oxirigacha hukmronlik qildi C) XVIII asrning boshlaridan XIX asrning 60-yillarigacha hukmronlik qildi D) XVIII asrning o’rtalaridan 1920 yilgacha hukmronlik qildi 8.Qaysi Buxoro aimri «qassob amir» degan nom olgan edi? A) Shohmurod B) Muzaffar C) Haydar D) Nasrullo 9.Ashtarxoniylar kimlarning avlodi sanalgan? A) Temuriylarning B) Buxoro sadrlarining C) Sayyidlarning D) CHingiziylarning 10.Ashtarxoniylar davlatida taxtning vorisi bo’lajak xon qaysi viloyatga noib qilib tayinlangan? A) Balxga B) Qarshiga C) Keshga D) Samarqandga 11.Xalq orasida «amiri ma’sum» (begunoh amir) nomi bilan mashhur bo’lgan hukmdorni toping A) Shayboniyxon B) Nasrullo C) Umarxon D) SHohmurod 12.Qo’qon taxtiga 3 marta qayta-qayta chiqqan xonni toping. A) Xudoyorxon B) Mallaxon C) Sheralixon D) Muhammad Ali 13.Zahiriddin Muhammad Bobur yashab faoliyat ko’rsatgan yillarni toping. A) 1483-1526 B) 1483-1530 C) 1780-1541 D) 1473-1525 14.SHayboniylar sulolasiga mansub xonni toping A) Abulg’ozixon B) Shohmurod C) Abdullaxon D) Arabmuhammadxon 15.Buxoro xonligi qachondan boshlab Buxoro amirligi deb atala boshlangan? A) XVII asrning 60-yillaridan B) XVII asrning 80-yillaridan C) XVIII asrning 20-yillaridan D) XVIII asrning 50-yillaridan 16.Mashxur o’zbek shoirasi Nodirabegim kim tomonidan o’ldirilgan edi? A) Haydar B) Nasrullo C) Umarxon D) Xudoyorxon 17.Xonliklar davrida amal qilgan yer o’lchov birligini toping. A) Rabot B) Farsax C) Tanob D) Bayt 18.Sardoba nima? A) gumbazli savdo inshooti B) g’ishtdan qurilgan ko’prik C) daryoga qurilgan damba (to’g’on) D) suv saqlanadigan gumbazsimon inshoot 19.Mashhur Mir Arab madrasasi qaysi shaharda joylashgan? A) Toshkentda C) Samarqandda B) Buxoroda D) Xivada 20.Xivani xonligini o’z himoyasiga olishni so’rab Peterburgga elchisini jo’natgan Xiva xoni kim edi? A) Arab Muhammadxon B) Elbarsxon C) Abulg’ozixon D) SHohniyoz 7-9 ta to’g’ri javob – “qoniqarli” 10-14 ta to’g’ri javob – “yaxshi” 15-20 ta to’g’ri javob – “a’lo” Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling