O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozara oldidan talabalar uchun tarqatma materiallar O’zbekiston qaramlik (1918-1990) yillarida. (asosiy tushunchalar va atamalar) RSFSR.
3-bosqich
Yakuniy (10 min.) |
3.1.Seminar mashg’ulotini yakunlaydi, savollar bo’yicha xulosalar chiqaradi, munzara ishtirokchilarini baholaydi. 3.2.Mustaqil ish uchun vazifa beradi. | |
3.1.Eshitadilar. Xulosalarni yozib oladilar. 3.2.Topshiriqni yozib oladilar. |
Munozara oldidan talabalar uchun tarqatma materiallar
O’zbekiston qaramlik (1918-1990) yillarida.
(asosiy tushunchalar va atamalar)
RSFSR. (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi). 1917 yil oktyabrda V.I.Lenin boshchiligida Bolsheviklar tomonidan davlat to’ntarishi o’tkazilgach Rossiya Imperiyasi (1721-1917) tugatilib uning o’rnida RSFSR tashkil etildi. Rossiya davlatining bu rasmiy nomi 1917 yildan 1991 yilgacha amalda bo’ldi. 1991 yildan Rossiya Federatsiyasi (RF) deb yuritilmoqda.
SSSR. (Soyuz Sovetskix Sotsialisticheskix Respublik). Jahon siyosiy xaritasida bu nom 1922 yil 30 dekabrda paydo bo’lib, RSFSR, UkSSR (Ukraina), BSSR (Belorussiya) va ZSFSR (Zakavkaze Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi) larning ittifoqi sifatida tashkil etiladi. Keyingi yillarda uning tarkibiga birin-ketin qator «ittifoqchi» sovet respublikalari karitiladi. O’zSSR 1925 yil mayda ittifoq tarkibiga qabul qilinadi. 1940 yilga kelganda uning tarkibidagi respublikalar soni 15 taga yetadi. Zo’ravonlikka asoslangan bu sun’iy davlat juda qisqa umir ko’rib 1991 yilga kelib parchalanib ketdi
Sotsializm (lot. socialis – ijtimoiy) –xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy) mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglikka, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta’limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni ideal (barchaga manzur, oqilona) jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamomila ajratiladi. Oqibatda inson o’z individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U “omma”ga aylanib, o’z “meni”ni ham yo’qotadi. Jamiyatda zo’ravonlik, tobelik kuchayadi.
XX asrning 20-30 yillarida SSSRda, ikkinchi jahon urushidan keyin SHarqiy Yevropaning barcha mamlakatlarida, shuningdek, Osiyoning ba’zi mamlakatlarida sotsializm tuzumi o’rnatildi. Sotsializm to’g’risidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismiga yoyildi. Sotsializm qurilishi e’lon qilingan mamlakatlarning barchasida davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashtirilgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlik, ma’naviy-diniy qadriyatlarning inkor etilib, oyoq osti qilinishi, o’zgacha fikrlovchilarga toqat qila olmaydigan bir guruh shaxslarning yakka hukmronligi va diktaturasi o’rnatildi.
Totalitar rejimlarning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy bo’hronga (krizis-inqirozga), dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolishiga olib keldi. O’zbekiston ham shu jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham hunarmandlar, savdogarlar, tadbirkorlar va erkin kasb egalari tugatildi. Zo’rlik asosida qurilgan bu tuzumda quloq qilish, o’zbek ayollarini ozodlikka chiqarish, jamoalashtirish siyosati va boshqa ko’rinishdagi qatag’onlarni sotsializm qurish yo’lidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi.
XX asrning 80-90-yillari chegarasiga kelganda sotsializm jamiyatning ob’ektiv taraqqiyoti qonuniyatlariga zid, oxiri yo’q va sarob g’oya ekanligini yuqorida keltirilgan mamlakatlar xalqlari o’z hayotlarida sinab ko’rib, bu g’oyadan ixtiyoriy va ommaviy ravishda voz kechdilar.
Download 3.87 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling