O‘zbekiston tarixi


Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari. 
O‘rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to‘g‘risida qadimgi yozma tariximizning 
eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, qadimshunos olimlarning o‘lkamizning turli 
hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning muhim natijalari muhim manba 
hisoblanadi. Shuningdek qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida bu masalani 


oydinlashtirish, etarli asosli fikrlarni aytish mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda Yunon, Rim 
mualliflaridan Gerodot, Polibiy, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, 
Forsiy mixxat yozuvlari, shuningdek o‘lkamizda keng ko‘lamli arxeologik tadqiqotlar olib 
borgan Ya.G‘ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning 
ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir.
Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so‘nggi ming yillik boshlarida, aniqrog‘i VIII-
VII asrlarda Vatanimiz hududlarida Katta Xorazm va Baqtriya nomi bilan mashhur bo‘lgan 
davlatlar vujudga kelib, o‘ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o‘tganligidan guvohlik beradi.
Xorazm davlati egallagan hududlar hozirgi Xorazm erlari bilan chegaralanib qolmay, 
balki undan ancha janubga, ya’ni Marv (Turkmaniston), Hirot (Afg‘oniston shimoli) atroflariga 
qadar ham yoyilgan. 
Miloddan avvalgi so‘nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», 
quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o‘ziga xos sun’iy sug‘orish inshooti tizimi hamda 
dastlabki shaharsozlik timsoli bo‘lgan shahar-qal’alar-Qal’aliqir, Ko‘zali- qir, Jonbosqal’a va 
boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki, bu 
singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o‘zgarishlar davlat 
boshqaruvi yo‘li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Qadimshunos olim Ya.G‘ulomov 
tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni birnecha o‘nlab metrdan iborat 
bo‘lgan kanal o‘zani, obod dehqonchilik madaniyati Xorazm davlati qadimdan insoniyatning 
yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da 
Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o‘z hududiyo chegaralariga ega bo‘lgan o‘lkalardan, 
viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimda 
Oks (Amu) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, 
cho‘lli, sahroli erlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. 
Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yashagan Xorazmiylar dehqonchilikda katta tajribaga 
ega bo‘lib, ular donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug‘doy, suli, arpa, meva-sabzavotchilik 
mahsulotlarini mo‘l-ko‘l etishtirganliklari qayd etib o‘tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, 
paxsalardan keng foydalanilgan, binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlariga maxsus ishlov 
berilib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta’minlangan. Bu ko‘hna hudud bag‘rida 
ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o‘tib, saqlanib kelayotgan ko‘plab asori atiqalar, 
shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, 
tog‘-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho zumrad toshlar ishlov 
berilib, yuksak sifat ko‘rsatkichiga etganidan keyingina u muhim tayyor mahsulot sifatida 
foydalanishga chiqarilgan. Xorazm zumradi Sharqning bir qator, jumladan, Eron, Xitoy, 
Hindiston, Misr singari mamlakatlariga ham yuborilgan. 
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ullangan, ularning tuya, ot, qo‘y-
echkilardan iborat suruvlari bo‘lgan. Savdo bozorlarida g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, 
hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan. 
Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolar to‘g‘risida hozirgacha aniq 
ma’lumotlar yo‘q. Rivoyatlarga ko‘ra Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi Siyovushiylar 
bo‘lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta’kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o‘g‘li bo‘lgan. 
Siyovarshon o‘limidan so‘ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o‘ch olib, 
hokimiyatini egallab Xorazmda Siyovushiyolar sulolasiga asos solgan. 
O‘rta Osiyoning yana bir boshqa davlati - Baqtriya podshohligi bo‘lgan. Uning tarkibiga 
Hozirgi Surxondaryo, Tojikiston janubi, Afg‘oniston shimoli-sharqiy qismi, shuningdek 
Sug‘diyona va Marg‘iyona erlari ham kirgan.
Baqtriyadagi ko‘pdan-ko‘p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur shahar bo‘lib 
mamlakatning poytaxti bo‘lgan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan, 
unda podshoh qal’asi alohida joylashgan. 
Rim tarixchisi Kurtsiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryosi nomidan shahar, 
viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, 


qadimgi davlatlar nomlari ko‘pincha daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib 
chiqqan bo‘ladi. 
Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi manbalarda tilga 
olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni birlashtirgan tushunchani anglatadi. 
«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo‘lgan, 
baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-mulohazalar Baqtriyaning o‘z 
davrining yirik davlatlaridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi- hayotga mo‘l-ko‘lligi, 
unumdor erlari ko‘p bo‘lganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi 
bog‘dorchilik, mevachilik mahsulotlari etishtirishda omilkor bo‘lgan. Qashqadaryo vohasining 
miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Erqo‘rg‘on 
singari aholi manzilgohlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu joylarda o‘troq turmush kechirgan 
qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug‘ullanganlar. Xuddi shunday fikrni So‘g‘diyona 
hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay tabiiy-jug‘rofiy sharoitga ega bo‘lgan 
Omonqo‘ton, Gurdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti 
ancha to‘laqonli kechgan.
Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko‘plab miqdorda qazib olinib, ular 
tegishli ishlovdan so‘ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot 
holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-
ehtiyoj katta bo‘lgan. Baqtriyada qimmatbaho ma’danlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi 
bu yurtda maxsus hunarmandchilik turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog‘ining rivoj topishiga olib 
kelgan. Buni 1877 yilda Kofirnihonda (Tojikiston) topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi 
timsolida ham kuzatish mumkin. Topilmalar orasidagi 180 taga yaqin zargarlik buyumlari 
qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning hiyla o‘sganligidan dalolat beradi. Bu xazina 
aslida Baqtriya shahrida mahalliy Mitra xudosi sha’niga bag‘ishlab barpo etilgan serhasham 
ibodatxonaga tegishlidir. 
Shunday qilib, Xorazm va Baqtriya davlatlarida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, 
madaniy jarayonlar ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ilgarilab borib, o‘z 
davlatchilik tuzilmalarini vujudga keltirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib borganligidan 
guvohlik beradi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, shaharsozlik, mehnat taqsimoti, 
ishlab chiqarish qurollarining takomillashib borishi ulug‘ bobokalonlarimiz o‘lmas dahosi, 
salohiyatining yorqin ifodasidir. Bular O‘zbekiston hududidagi dastlabki davlatchilik tarixiy 
tajribasining muhim jihatlari, namunalari sifatida alohida qimmatga egadir. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling