O‘zbekiston tarixi


«Avesto» - qadimgi tariximizni o‘rganishda noyob manba


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/180
Sana20.09.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1682786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   180
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-O zbekiston tarixi maruzalar matni

«Avesto» - qadimgi tariximizni o‘rganishda noyob manba. 
O‘z mazmun, mohiyatiga ko‘ra yakka xudolik, insoniylik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, 
yurtparvarlik g‘oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan 
muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi
1
. «Avesto» kitobi mil. 
av. so‘nggi ming yillik boshlari va o‘rtalarida yashagan hududimizdagi qadimgi xalqlarning 
o‘ziga xos turmush tarzi, xo‘jalik mashg‘uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu, 
marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiyo manbadir.
Yurtboshimiz uqtirganidek: «Eng mo‘’tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»ning 
yaratilganligiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo 
oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan 
ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk 
ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim 
inkor eta olmaydi»
2

Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob 
manba qachon, qaerda, kim tomonidan yaratilgan? Tarixiy manbalarni chuqur o‘rganish, eng 
1
«Авесто» сўзи ўрнатилган, қатъий белгиланган қонун-қоидалар деган маънони билдиради. 
2 Ислом Каримов. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. 10-бет. 


avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug‘rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining 
mashg‘ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o‘rganish bu buyuk 
ta’limotning haqiqiy Vatani O‘rta Osiyo o‘lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini tasdiqlamoqda. 
Gap shundaki, «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning 9 tasi O‘rta Osiyoga 
taaluqlidir. Bular Gava (Sug‘da), Xvarizam (Xorazm), Bahdi (Baqtriya); shuningdek Hisor, 
Pomir, Tangritog‘ (Tyonshon) tog‘lari, chuqur ko‘llar - Kaspiy, Orol, Issiqko‘l, keng daryolari - 
Amudaryo va Sirdaryolardir. «Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahuramazda tilidan shunday 
deyiladi: «Men Ahuramazda eng afzal makon va mamlakatlar sirasidan Ayranamvejoni, 
...so‘ngra sug‘dlar yashovchi Gavani, keyin esa Mouruni, to‘rtinchi bo‘lib Baxdini, ...beshinchi 
bo‘lib Mouru va Baxdi oralig‘idagi Nisayani...yaratdim»
1
Keltirilgan bu dalil «Avesto»ning 
vatani bizning yurtimiz bo‘lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta’limotining 
asoschisi tarixga payg‘ambar nomi bilan kirgan Zardo‘shtra ismli shaxsdir. Zardushtra «Oltin 
tuyali» yoki «Oltin tuya etaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Zardushtra o‘z dini zardushtiylik 
g‘oyalarini aholi o‘rtasida tashviq-targ‘ibot qilgan, bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab 
kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo‘lgan. Shu boisdan ham 
Zardo‘sht Eronmi, Midiya, Mesopotomiyami yoxud O‘rta Osiyo o‘lkasi bo‘ylabmi, ishqilib ko‘p 
yurtlar kezib, o‘z ta’limotini yoyishga intilganligi shubhasiz. 
Bunda yana shu narsa e’tiborga molikki, Zardo‘shtiylik dinini birinchilardan bo‘lib qabul 
qilgan, uni o‘z fuqarolariga yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir. 
Beruniy keltirgan rivoyatga ko‘ra, Zardo‘sht Baqtriya podshohi Vishtasp (Gushtasp) va 
malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta’limotining muqaddasligini isbot etish uchun xudoga 
iltijo qilib, o‘z tanasiga qizdirilgan misni bosishni so‘raydi. Olovli mis esa uning tanasini 
zararlamagach, Vishtasp va uning xotini, ulardan so‘ng butun Baqtriya aholisi zardo‘shtiylik 
e’tiqodini qabul qiladi.
Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O‘tmish 
xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida 
«Avesto» to‘liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik 
Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug‘i bilan zardo‘shtiylik ibodat xonalari vayron 
qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya 
podshohlari Vologez I va Valgash III davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan 
qismlari to‘plangan. Sosoniylar davrida (III- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy 
tilida yangidan kitobot holiga keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 kitobidan «Yasna» - 
«Qurbonlik keltirish», «Visparat» - «Hamma hukmronlar», «Yasht» - «Qadrlash», «Videvdat» - 
«Devlarga qarshi qonun» nomli kitoblari etib kelgan. 
«Yasna» kitobi 72 bobdan iborat bo‘lib, ulardan 17 tasi «Gotalar», ya’ni payg‘ambar 
Zardo‘shtning «Muqaddas qo‘shiqlari», uning diniy nasihatlaridan iborat. «Visparat» 24 bobdan 
iborat bo‘lib, zardo‘shtiylarning ayrim xudolariga bag‘ishlangan madhiyalardir. Ular bayram va 
diniy marosimlarda ijro etilgan. «Yasht»ning 21 bobida yozuvsiz zamonlarga oid qabilalarning 
tasavvurlari bayon etilgan. Unda afsonaviy qahramonlarga va ulug‘ xudolarga bag‘ishlangan 
madhiyalar to‘plangan. «Videvdat» to‘liq saqlangan kitobdir. Uning tarixiy sanasi «Yasna» va 
«Yasht» qismlariga nisbatan yosh hisoblanadi. Bu kitob 22 bobdan iborat.
«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya’ni mil. av. so‘nggi 
ming yillik boshlarida o‘lkamizning turli hududlarida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqichga o‘ta borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, 
Sug‘diyona singari viloyatlarida urug‘-qabilalarning o‘troqlashuvi, sun’iy sug‘orish tizimiga 
asoslangan dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, dehqonchilikdan 
chorvachilikning ajrab mustaqil xo‘jalik tarmog‘i sifatida o‘sib borayotganligi, qishloqlardan 
shahar-qal’alarga, so‘ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga kelishi yaqqol ko‘zga 
tashlanmoqda edi.
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Т.:Шарқ, 2000, 28-бет 


Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida shu turli urug‘-qabila va elatlarni ma’nan va 
ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg‘or qarashlar, mushtaraklik tuyg‘ularini, e’tiqod 
tamoyillarini singdirib borish g‘oyatda muhim edi. 
«Avesto» ta’limoti bir tomondan, erli qabila, elatlarni turli mahalliy ko‘rinishdagi bid’at 
va xurofotlar ta’siridan xalos bo‘lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, 
mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora 
kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning 
ustiga «Avesto»da zardo‘shtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda 
o‘lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar 
uchraydi. Bu esa alohida e’tiborga loyiqdir. Masalan, «Avesto» jamiyatni 4 asosiy qismga 
bo‘ladi: uy, oila jamoasi - «Nmana», urug‘ jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar itifoqi - 
«daxiyu». «Daxiyu» tushunchasi «viloyat», mamlakat ma’nosini ham anglatadi. Mamlakatni 
idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan. 
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig‘ilishi - v’yaxa deyilgan. 
«Avesto» qadimgi jamiyatning 4 asosiy toifasini alohida ajratib ko‘rsatadi: kohinlar (ruhoniylar), 
askarlar, chorvadorlar va hunarmandlar. «Avesto»da jamiyatda binokorlar bo‘lganligiga ham 
alohida ishora bor. 
Manbaning turli ma’lumotlariga ko‘ra, qadimgi qishloqlarda zargarlik, kulolchilik, 
to‘quvchilik, temirchilik singari hunarmandlar ham o‘ziga xos tarzda rivoj topgan. «Avesto»dagi 
bosh ma’buda - ezgulik, yorug‘lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahuramazda bilan yomonlik, 
yovuzlik, qorong‘ulik, razolat timsoli - Ahriman o‘rtasidagi doimiy murosasiz kurash g‘oyasi 
zardo‘shtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Zardo‘sht payg‘ambar 
sifatida Ahuramazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, 
odamlarga etkazishga da’vat etkuvchidir. Zero, Zardo‘sht har bir masalada fikr yuritganda 
Ahuramazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o‘rinda u bunday xabar beradi: «Biz 
Ahuramazdani ulug‘laymiz, u chorvani, suvni va o‘simlikni, yorug‘likni va erni yaratgan ... ». 
«Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Er, suv, xavoni bulg‘ash, olovga 
tupirish eng og‘ir gunoh sanaladi.
«Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo‘lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat’iyan man etadi 
va uning daxlsizligini himoya qiladi. Zardo‘sht dinida ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli 
bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘qdir. 
Zardo‘shtiy dinida olov muqaddaslashtirilgan bo‘lib, u insonning baxtu-saodati ramzi 
sifatida ulug‘langan. Shu bois ajdodlarimizning ko‘plab to‘y-tomoshalari, xursandchilik 
marosimlari olov yoqish, uni atrofida keng davra qurish bilan bu odatlar o‘tkazilgan. Bu 
odatlarning ba’zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, aholi manzilgohlarining eng 
gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo‘lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to‘la 
bo‘lgan.
Zardo‘shtiylik ta’limotiga ko‘ra, doimiy farog‘atli hayot inson uchun uzoq notanish 
hayoliy jannatda emas, balki insonlar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo‘ladi. Bu maqsad, 
marraga etish uchun esa odamlar juda ko‘p murakkab va jiddiy sinovlardan o‘tishlari kerak 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o‘tmishdoshlarimizning keng qamrovli 
hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta’lim - tarbiyasi, boshqaruv tizimini o‘rganishimizda 
dasturilamal manba bo‘lib xizmat qiladi. Unda umumbashariy g‘oyalarning chuqur aks etganligi 
sababidan ham bu asar keng hududlar bo‘ylab yoyilib, Sharqu G‘arbda e’tirof topib, turli 
xalqlarning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib borgan. 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling