O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
hamkor2

Oliy 
Majlis
1992-yil 
8-dekabrda 
qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy 
Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston 


Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir 
palatali parlament-O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari 
ko’rildi. 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar 
to’g’risida", 1994-yil 22-sentabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha 
ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan 
iborat bo’lishi belgilandi.
1994-yil 25-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
birinchimarta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda 
saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar 
nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi-marta nomzodlarni tanlab 
olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan 
saylov okruglarida 1995-yil 8 va 25-yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy 
Majlisga 250 deputat saylandi.
Oliy Majlis 1995-1999-yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga 
qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, 
u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish 
to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999-yil dekabrda 
saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt-beshta siyosiy partiya, hokimiyat 
vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar 
nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, 
"Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 
20, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik 
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling