O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


O’zbekiston Respublikasining QONUNI


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hamkor2

O’zbekiston Respublikasining QONUNI  
  
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI 
ASOSLARI TO’G’RISIDA  
  
O’zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi bayonotiga asoslanib, 
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi ushbu qonunni qabul qiladi.  
1-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston 
Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir.  
2-modda. O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada 
davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham 
vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi.  
3-modda. O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining 
milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari 
tizimini mustaqil belgilaydi.  
4-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz 
va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib 
o’zgartirilishi mumkin emas.  
5-modda. O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O’zbekiston Respublikasi Davlat 


idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga 
ajratish tartibi asosida quriladi.  
6-modda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy 
gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.  
Suveren O’zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini 
shakllantirish va ularga rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga 
oshirish huquqini o’zida saqlab qoladi.  

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling