O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hamkor2

Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi. O’zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O’zbekiston Respublikasida 
demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning 
hayoti, qadrqimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb 
belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga 
ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekistonda yagona fuqarolik 
o’rnatilgan. Har bir foqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir 
joydan ikkinchi joyga ko’chish, so’z va e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, bu huquqlar 
davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki 
hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan.


O’zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, 
mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa 
huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.
1995-yil 23-fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida 
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi ta’sis etildi 
va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 
1997-yil 26-aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning "Inson huquqlari buyicha vakili 
(Ombudsman) to’g’risida" gi qonun bilan belgilab berildi. Vakil BMTning inson 
huquqlari bo’yicha markazi, EHXTning demokratik institutlar va inson huquqlari 
bo’yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan 
"Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga 
shikoyat qilish to’g’risida"gi qonuni Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga 
xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil oktabr oyida e’lon qilingan 
"Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish 
to’g’risida"gi Farmonga binoan inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.
O’zbekistonda foqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va 
burchlari bilan bog’langan. Davlat o’zining foqarolar oldidagi vazifalarini 
bajarmoqda. Fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. 
Shuningdek, fuqarolarning ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab 
qo’yilgan.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning 
huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. 
Davlat har bir inson zimmasiga tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab 
asrash, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, soliq va yig’imlarni 
to’lash majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida "O’zbekiston 
Respublikasini himoya qilish-O’zbekiston Respublikasi har bir foqarosining 


burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni 
o’tashga majburdirlar", deb belgilab qo’yilgan.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling