O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hamkor2

Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi: O’zbekiston 
taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik jamiyat qurishdan 
iboratdir.
Demokratik jamiyat kurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va 
andozalar yo’q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson 
bo’lmaganidek, bir-biriga aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q, deganida haqlidir. 
To’g’ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: 
insonning o’z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni 
ko’pchilikka bo’ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat 
asosiy organlarining saylab qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi 
va boshqalar. O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga
umumjahon tsivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming 
yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma’naviy merosimiz ildizlarini, milliy 
xususiyatlarimiz va boy an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish 
yo’lidan bormoqda.
O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga 
asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyat va ehtiyojlarini to’la 
namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng 


imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga 
katta etibor berildi.
Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar 
yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o’ziga bog’liq bo’lib 
qoladi. Insonning jamiyatdagi o’rni uning solohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu 
uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
Mahalla. O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilgan 
"Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi qonuniga binoan
shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda 
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’tkaziladigan bo’ldi. 
Fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organi bo’lib, ular ikki yarim yil 
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001-yil may-iyun 
oylarida bo’lib o’tgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga saylovlarda 
7840 nafar oqsoqol va ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla 
oqsoqoli va uning maslahatchilari o’z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish
muhtoj oilalarga davlat mablag’lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat 
ko’rsatmoqdalar. Mahalla tizimi jamiyatning negiziga aylandi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling