O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hamkor2

Saylov tizim. O’zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo 
etildi. 1991-yil 18-noyabrda "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 
to’g’risida", 1993-yil 28-dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to’g’risida" va 1994-yil may oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
Kengashlariga saylov to’g’risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining 
kafolatlari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to’lgan fuqarolarning saylash 
huquqiga ega ekanligi, O’zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-
to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilishi 
mustahkamlab qo’yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam 
bo’lmagan fuqaro O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to’lganlar Oliy 
Majlisga, 21 yoshga to’lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib 
saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o’zida ikkidan ortiq vakillik 
organlarining deputati bo’lishi mumkin emas.
Ommaviy axborot vositalari. Demokratik institutlarning muhim tarmog’i 
bo’lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. 2004-yilda Respublika 
ommaviy axborot vositalari tizimida 609 nomda gazeta va 162 nomda jurnal chop 
etildi, 3 axborot agentligi, 50 dan ortiq teleradiokompaniya va studiyalar ishladi. 
Jurnalistlarning erkin ijod qilishi, mamlakat ravnaqi yo’lida xizmat qilishi uchun 
shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari to’g’risida qabul qilingan 
qonunlar ularni "to’rtinchi hokimiyat" darajasida faoliyat ko’rsatishiga 
ko’maklashmoqda.
2014-yilga kelib mamlakatimizda ommaviy axborot bositalari soni 1991-yilga 
nisbatan 3,5 barobar, shu jumladan, gazetalar 2,5 marta, jurnallar esa 3,5 karra 
ko’paydi.


O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va 
siyosiy madaniyatining oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat 
tashkilotlarining shakllanishida ham namoyon bo’lmoqda.
Mustakillik 
yillarida 
mamlakatimizda 
siyosiy 
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling