O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik
partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
hamkor2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi.
partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004-yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti-Oliy Majlisi 1995- 2004yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi: O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish; qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish; parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash; shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish; amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish; joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004-yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi. Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. Ikki palatali parlamentning shakillantirilishi. Prezident Islom Karimov 2000-yil 25-may kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o’tgan 10-yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002-yil 4-5-aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali-quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo’yildi. Quyi palataQonunchilik palatasi, yuqori palata-Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002-yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003-yil aprelda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003-yil 29-avgustda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004-yil dekabr-2005-yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77-moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 27yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yxatga olindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27-yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod sharifxo’jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005-yil 27-yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling