O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
hamkor2

Milliy valyuta. O’zbekistonda milliy valyutani muomalaga kiritish uchun 
ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Shu boisdan O’zbekiston mustaqillikning dastlabki 
payti-1991-1993-yillarda sobiq itttifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo’lib turdi. 
Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin 
pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. 1993-yil 
may oyi boshlarida 800-900 rublning qadri 1 AQSh dollori darajasiga tushib ketgan 
edi.
O’zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 
1993-yil 1-noyabrda O’zbekistonda so’m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi 
oldin muomalada bo’lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati 
so’m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish 
tadbirlarini ko’rdi.


O’zbekiston Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O’zbekiston 
Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to’g’risida»gi Farmoniga 
muvofiq 1994-yil 1-iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi 
– So’m muomalaga kiritildi.
Taraqqiyotning “O’zbek modeli”. Mustaqillikning dastalbki kunlaridayoq 
O’zbekiston qanday taraqqiyot yo’lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat 
quradi, uning qiyofasi qanday bo’ladi, degan savollar ko’ndalang turardi. Jahon 
tajribasi shuni ko’rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo’lgan 
bir xil taraqqiyot yo’li, bir xil andoza bo’lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan 
har bir mamlakat o’ziga xos taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda 
o’z andozasini ishlab chiqishga intiladi. O’zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va 
amaliy jihatdan puxta asolangan o’ziga xos yo’lni ishlab chiqish zarur edi. 
O’zbekistonning taraqqiyot yo’li bozor iqtisodiyoti va demokratik tamoyillar qaror 
topgan ilg’or davlatlar tajribasiga, respublikamiz iqtisodiyotining haqiqiy holati va 
imkoniyatlariga, xalqning mentaliteti va tarixiy an’analariga, aholining tub 
o’zgartirishlarga tayyorlik darajasiga tayangan holda Prezidentimiz Islom Karimov 
tomonidan ishlab chiqildi.
O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li Islom Karimovning asarlari
ma’ruza va nutqlarida yangi ma’no-mazmuni bilan to’ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 
1993-yilda nashr etilgan «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga 
xos yo’li» nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini 
asoslab berdi.
1. 
Iqtisodiyotni mafkuradan to’la xoli qilish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, 
o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. 
Davlat – bosh islohotchi, iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori.
3. 
Qonun ustivorligi, islohotlarning mustahkam huquqiy asoslarga qurilishi, 
qonun oldida hammaning baravarligi va hammaning qonunga bo’ysunishi.
4. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat 
yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustivorligi.


5. 
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o’tish, ya’ni 
islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li nazariy va amaliy 
jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning «o’zbek modeli» bundan oldin 
yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z 
mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo’l 
xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning «O’zbek modeli» 
deb qabul qilindi.
Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat asoslarining barpo etilishi 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekiston o’z siyosiy mustaqilligini 
mustahkamlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan 
chuqur siyosiy islohotlar o’tkazish yo’lidan bormoqda.
Milliy huquqiy davlat qurilishida quyidagi omillarga tayanildi:
> Xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillar inobatga olindi;
> Rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga tayanildi;
> Ko’p ming yillik o’zbek davlatchiligi tarixi va o’ziga xos ma’naviy-axloqiy
qadriyatlariga asoslandi;
> Vakillik hokimyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi-qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini barpo etish yo’lidan bordi;
> Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi prezidentlik 
boshqaruv usulini yaratish yo’li tanlandi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan 
qonun chiqaruvchi hokimiyat organi-Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. 
O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan 
borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994yillarda qonun 
chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 
200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling