O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
hamkor2
7-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi
uning mulkidir. Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi. 8-modda. Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog’ida bo’lib kelgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa fondlari hamda o’zga mol- mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va energetika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir. 9-modda. O’zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish respublika qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida joylashgan, Ittifoq qaramog’ida bo’lib kelgan davlat korxonalarini aksiyali jamiyatlarga aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o’tkazish faqat O’zbekiston Respublikasi qonunlarida ko’zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi. 10-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zaxirasini yaratadi. O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg’armalarida o’z ulushiga ega. 11-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z pul birligi – milliy valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog’ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling