O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
hamkor2

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati. «Xalq birligi» harakatining "Birlik" 
va "Edinstvo" haftalik gazetalari nashr etilmoqda
O’zbekiston Prezidentining 1996-yil 17-apreldagi farmoniga muvofiq 
respublika yoshlarining "Kamolot" jamg’armasi nodavlat hayriya-jamoat 
birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg’armasining vazifasi 
yoshlarining manfaat va ehtiyojlarini o’rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar 
tuzish va davlat ko’magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo "Kamolot" 
yoshlar jamg’armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy 
ma’nodagi etakchisiga aylana olmadi.
Prezident Islom Karimov 2001-yil 24-yanvar kuni Toshkentda yoshlar 
masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan 
yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda 
bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot-
O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning 
Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy 
maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, 
jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini 
himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o’z aql zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon 
etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi 
bulishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, 
Toshkent shahar, tuman va shahar bo’limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, 
huquq-tartibot organlarida boshlang’ich takilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 
yoshgacha bo’lgan O’zbekiston fuqarolarini o’z saflarida ixtiyoriy ravishda 
birlashtirgan holda faoliyat ko’rsatmoqda.
Jamoat tashkilotlari. O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat 
ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan 
xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar 


ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat 
ko’rsatmoqda.
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama 
muhofaza qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor 
iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-
fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni 
qo’llabquvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-martdagi 
O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan 
Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasining 
asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va 
madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik 
yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy 
taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar 
qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar 
joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita 
qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va 
boshqa uyushmalar ishlamoqda.
1996-yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan 
Faxriylar kengashi-"Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi.
2014-yilga kelib mamlakatimizda jamiyatimizning turli sohalarida 8 ming 100 
dan ortiq nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu 2010-yilga 
nisbatan 1,6 marta ko’pdir. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" 
xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli 
yoshlarni qo’llab-kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr-shafqat va 
salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" 
jamg’armalari va boshqalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati 
asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil 


etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish 
ustuvor vazifa bo’lib turibdi.


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. B. Axmеdov. “O`zbеkiston xalqlari tarixi manbalari”. T. O`qituvchi. 1991 yil. 
2. A.A. Madraimov. “Manbashunoslikdan ma'ruzalar majmuasi”. T. 2001 yil.
3. A. Habibullaеv. “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik”. T. 2000 yil. 
4. O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000. 
5. O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997. 
6. O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T., 
“Universitet”, 1999. 
7. 
www.ziyonet.uz
 
8. 
www.arxiv.uz
 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling