O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hamkor2



O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga 
kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik 
jamiyati asoslarining barpo etilishi
Reja 
1.Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishi va uning tarixiy 
ahamiyati.
2.Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti.
3. O’zbekiston Respublikasi davlat ramzlari va Konstitutsiyasining 
qabul qilinishi.
4.Siyosiy islohotlar. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati 
asoslarining shakllantirilishi.
O’zbekiston mustaqil davlat. SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston 
rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi.  
1991-yil 25-avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. 
Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi 
O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan 
SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga 
bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, 
prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki 
qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay 
xalos qilindi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa 
muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini 


tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga 
taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991-yil 26-avgust kuni O’zbekistonning 
davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda 
Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
1991-yil 28-avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat 
komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning 
SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya 
tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. 
Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni 
to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy 
organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston 
Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan 
ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular 
O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama 
asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan 
mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi 
Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
«Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet 
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va 
ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali 
ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti 
tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin;


2) 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin 
va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb 
qat’iy belgilab qo’yildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi 
asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
mustaqilligini huquqiy 
jihatdan 
mustahkamlab berdi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling