O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
hamkor2

12-modda. O’zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va kredit siyosatini 
amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig’imlar O’zbekiston 
Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi.  
13-modda. O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, 
konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalar o’rnatadi, ular bilan muxtor vakillar 
ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lishi 
mumkin.  
14-modda. O’zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
mustaqil subyekti bo’lib, chet el investitsiyalarini amalga oshirish shartlarini, 
investorlarning huquqlarini belgilaydi, o’zining konversiya qilinadigan valuta 
jamg’armasini yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirboshlanadigan valutani 
sotadi va sotib oladi.  
15-modda. O’zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasiga muvofiq holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi.  
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy 
chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar bir xil fuqarolik 
huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari 
himoyasida bo’ladilar.  
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham 
O’zbekiston Respublikasining himoyasida bo’ladilar.  
16-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini 
aniqlaydi, o’z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog’i, madhiyasini ta’sis etadi, o’z davlat 
tilini belgilaydi.  
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddasdir va 
ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi.  
17-modda. O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston 
Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston 


Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar 
teng huquqlilik asosida, ular o’rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar 
vositasida quriladi.  
Qoraqalpog’iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli 
qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.  
Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.  
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov  
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 
30sentabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi.
Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari 
«O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi 
Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb 
belgilab qo’yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. 
Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida 
yana bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 
mln. kishini tashkil etardi. 2015-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling