O’zbekistonda davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana05.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1276099
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
hamkor2

Vazirlar Mahkamasi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi.
Milliy davlatchilik an’analarini o’zida mujassamlashtirgan ijroiya 
hokimiyatVazirlar Mahkamasi tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni 
amalga oshiradi.
O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tarkibiga 
O’zbeksiton Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o’rinbosari va 
o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Ministrlar Kengashi raisi kiradi.
Vazirlar
Mahkamasining tarkibi
O’zbekiston
Respublikasi 
Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri nomzodi Prezidentning taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar 
Mahkamasining a’zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali 
faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari,
Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qaror va 
farmoyishlar chiqaradi.


O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi Faoliyatini 
tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi. Prezident topshirig’iga binoan xalqaro 
munosabatlarda O’zbeksiton Respublikasi nomidan ish ko’radi.
O’zbekiston Respublikasi vazirliklari  
1. 
Adliya vazirligi
2. 
Ichki ishlar vazirligi
3. 
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
4. 
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
5. 
Moliya vazirligi
6. 
Mudofaa vazirligi
7. 
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
8. 
Sog’liqni saqlash vazirligi
9. 
Tashqi ishlar vazirligi
10. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
11. 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
12. 
Xalq ta’limi vazirligi
13. 
Iqtisodiyot vazirligi
14. 
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling