Ma’ruza rejasi:
1.Mavzuning dolzarbligi
-5 daqiqa
2.Kalla suysklarining taraqqiyoti
-15 daqiqa
3.Kallaning miya
qismi suyaklari
-10 daqiqa
4.Ensa suyagi
-15 daqiqa
5.Tepa suyagi
-5 daqiqa
6.G’alvirsimon suyak
-10 daqiqa
7.Ponasimon suyak
-15 daqiqa
8.Chakka suyagi
-15 daqiqa
Ma’ruzaning maqsadi
Talabalarda kalla suyaklarining
umumiy anatomiyasi, ularning taraqqiyoti,
kallaning miya qismi suyaklarini tuzilishi va yoshga qarab o’zgarishi
haqidagi
bilimlarni shaklantirish, ularning odam organizmidagi ahamiyatini tushintirish.
Ma’ruzaning qisqacha mazmuni
Kalla suyaklari tuzilishi jihatidan skeletning eng murakkab,
ahamiyati
jihatidan eng kerakli qismidir. Kalla suyaklari tuzilishining murakkabligi uning
vazifasiga bog'liq. Uning ichida odam uchun zarur bo’lgan bosh miya joylashgan.
Kalla skeletining bu qismi neyrokranium deb ataladi.
Kalla suyagining ayrim
qismlari odam uchun zarur bo’lgan sezgi a’zolari: eshituv-muvozanat, ko’ruv va
hid bilish a’zolarini saqlab turuvchi suyak qoplama hamdir.
Kalla skeletining
ikkinchi qismi uning yuz qismi yoki vistseral qismi bo’lib, bu qismida ovqat
hazm qilish va nafas a’zolari tizimining boshlang’ich qismlari joylashgan. Yuz
qismi yana
chaynov apparatiga ham kiradi, chunki bu qism suyaklariga chaynov
muskullari birikkan. Kalla skeletining ikki qismi bir-biridan faqat vazifasiga qarab
emas, balki taraqqiyoti jihatidan ham farq qiladi.