O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

 Uyqu kanali (canalis caroticus) orqali ichki uyqu arteriyasi o’tadi. U 
piramidaning pastki yuzasidagi kanalning tashqi teshigidan boshlanib yuqoriga va 
oldinga yo’nalib, ichki teshik bilan kalla ichiga kiradi.
Mushak-nay kanali (canalis musculotubarius) piramidani oldingi 
chekkasi bilan palla qismi o’rtasidagi burchakdan boshlanib orqaga va lateral 
yo’naladi. Uni bo’ylamasiga gorizontal joylashgan to’siq ikki yarimkanalga 
bo’ladi. Ustki nog’ora pardani taranglovchi mushak yarim kanalida (semicanalis 
musculi tensoris tympani) shu nomli mushak yotadi. Pastki eshituv nayi yarim 
kanali (semicanalis tubae auditivae) eshituv nayini suyak qismini hosil qiladi. 
Ikkala yarim kanal ham nog’ora bo’shlig'ining oldingi devoriga ochiladi.
Yuz nervi kanalidan (canalis facialis) shu nomdagi nerv o’tadi. U ichki 
eshituv yo’lining tubidan boshlanib, orqadan oldinga gorizontal yo’naladi. Katta 
toshsimon nerv tirqishi sohasida to’g’ri burchak ostida bukilib tizzacha hosil qiladi. 
Keyin kanal orqaga va lateral yo’nalib, nog’ora bo’shlig'ini aylanib pastga vertikal 
tushadi va piramidaning pastki yuzasidagi bigizsimon-so’rgichsimon teshikda 
tugaydi.
Uyqu-nog’ora kanalidan (canaliculi caroticotympanici) shu nomdagi 
arteriya va nervlar o’tadi. U uyqu kanalining orqa devoridan uning tashqi teshigi 
sohasidan boshlanib nog'ora bo’shlig'iga ochiladi. 
Nog’ora tori qanali (canaliculus chordae tympani) yuz nervi kanalidan 
bigiz-so’rg’ichsimon teshik ustidan boshlanib, oldinga yo’naladi va nog’ora 
bo’shlig’iga ochiladi. Undan nog’ora tori o’tadi. 
Nog’ora kanali (canaliculus tympanicus)  piramidaning pastki yuzasidagi 
tosh chuqurchaning tubidan boshlanib, yuqoriga ko’tariladi. Nog’ora bo’shligining 
pastki devorini teshib o’tib, unga kiradi. Undan til-yutqin nervining nog’ora shoxi 
o’tadi. 

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling