So’rg’ichsimon
kanal
(canaliculus
mastoideus)
bo’yinturuq
chuqurchasidan
boshlanib, nog’ora-so’rg’ichsimon tirqishga ochiladi.
Undan
adashgan nervning quloq shoxi o’tadi.
Yangi tug’ilgan bola chakka suyagi o’zaro tog’ay qatlam bilan ajragan to’rt
alohida: palla, nog’ora, so’rg’ichsimon va toshsimon qismlardan iborat.
Pallasi
nozik, yupqa tashqi va ichki zich qatlamdan iborat bo’lib, g’ovak
moddasi
takomillashmagan. Bigizsimon o’simta bola tug’ilishidan avval va ikki yoshda
paydo bo’ladigan ikkita suyak nuqtasidan suyaklanadi.
Piramidaning
so’rg’ichsimon qismi yaxshi takomillashmagan bo’lib, so’rg’ichsimon o’simta
yo’q. Uch yoshgacha suyak bir tekis o’sadi. Nog’ora qismi o’sib,
tashqi eshituv
yo’lini suyak qismini hosil qiladi. Bolalikning birinchi davrida nog’ora
qismi
tuzilishi tugallanib kattalarnikiga o’xshash ko’rinishga ega bo’ladi.
Palla qismida
bo’g’im yuzasi va do’mbog’i hosil bo’ladi. Piramidani so’rg’ichsimon qismi
kichik bo’lsada, so’rg’ichsimon g’or tomonidan g’ovaklar paydo bo’la boshlaydi.
Bolalikning ikkinchi davrida suyak relefi kuchayib suyak qismlarining birlashishi
tugaydi. Balog’at davrida uning shaxsiy va jinsiy xususiyatlari paydo bo’ladi.
Adabiyotlar
1.A.G’ Ahmedov. Odam anatomiyasi. Toshkent 2009 y.
2.F.Bahodirov. Odam anatomiyasi. Toshkent 2009 y
3.Anatomya chelоveka T-1. Pod.red. M.R.Sapina. M.2001 y.
4.D.A. Jdanov. Lekstsii po funksionalnoy anatomii cheloveka. M.1979 y.
5. I.I.Bobrik, V.I. Minakov. Atlas anatomii novorojdennogo. Kiev 1990 y.
6.Osnovi anatomii rebenka po vozrastnim periodam. Perm. 1991y
7. A.G’. Ahmedov, S.A. Asamov. Suyaklar
tizimining tarraqqiyoti va
yoshga qarab o’zgarishi. Toshkent. 1995 y.