O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

Peshona suyagi (os frontale) toq bo’lib, kalla qopqog’ini oldingi qismi va 
oldingi kalla chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi. Unda uch qism: vertikal 
joylashgan serbar, juft ko’z kosasi va burun qismlari tafovut qilinadi.
Peshona suyagi serbar palla qismining (squama frontalis) tashqi qavariq
yuzasi yon tomonlarida chakka yuzasiga o’tib ketadi.
Ko’z kosasi qismi (pars orbitalis) juft gorizontal joylashgan yupqa 
plastinkadan iborat. O’ng va chap ko’z kosasi qismlari o’zaro g’alvirsimon o'yma 
bilan ajralib turadi.
Burun qismi (pars nasalis) taqasimon shaklda. U ko’z kosasi qismlarini 
o’rtasida joylashib g’alvirsimon o’ymani old va yon tomondan chegaralaydi. 
Uning oldingi tishli qismi burun suyaklari va yuqori jag’ suyagining peshona
o’simtasi bilan birikadi.
Yangi tug’ilgan bola peshona suyagi bir-biri bilan chok vositasida qo’shilgan 
ikki simmetrik bo’lakdan iborat bo’lib, har birida palla, ko’z kosasi va burun qismi 
tafovut qilinadi. Uning pallasi uchburchak shaklida bo’lib, tashqi tomonida 
peshona bo’rtig’i bor. Pallaning ichki yuzasi silliq. Ko’z kosasi qismi uchburchak 
shakldagi yupqa plastinkadan iborat bo’lib, uning miyaga qaragan yuzasi tekis. 
Ko’z kosasining yuqori qirrasi o’tkir. Burun qismi chekkasi notekis kichkina 
o’simta shakliga ega. Bu bo’laklarning o’zaro birikishi bola hayotining 6-oyidan 
boshlanib, 7-8 yoshlarda tugaydi. Agar ular birikmay qolsa o’rtasidagi metopik 
chok (sutura metopica) umr bo’yi qolishi mumkin. Erta bolalik davrida suyak 
ko’z kosasi qismining miyaga qaragan yuzasi qavariq bo’ladi va unda barmoq 
izlari yaxshi ko’rinadi. Bu davrda peshona bo’shlog’i hosil bo’laboshlaydi. 
Pallaning ichki yuzasi o’zgarib, peshona qirrasi paydo bo’ladi. Bolalikning 
birinchi davrida metopik chok birikishi munosabati bilan peshona suyagini o’sishi 
sekinlashadi. Peshona sinusi kattalashib qosh usti ravog’i paydo bo’ladi. Palla 
chekkalarida tishlari ko’payadi. Bolalikning ikkinchi davrida peshona bo’ligini 
hajmi kattalarnikini 1/2 qismiga teng bo’lib, uning taraqqiyoti 25 yoshlarda 
tugaydi. 

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling