O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

Kallaning miya qismi suyaklari 
Kallaning miya qismini hosil qiluvchi suyaklar kalla gumbazi yoki qopqog’i 
suyaklari va kalla asosini hosil qiluvchi suyaklarga bo’linadi. Kalla qopqog’ini 
peshona suyagining palla qismi, tepa suyagi, en sa va chakka suyagining palla 
qismi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bolada 
kallaning qopqoq qismi asosiga nisbatan katta. Bola hayotining birinchi yilida 
kallaning qopqoq qismi tez o’sadi va bir yoshga to’lganda uning uzunligi katta 
odam boshining 1/2 uzunligiga teng bo’ladi. Keyingi davrlarda uning o’sishi 
sekinlashib 20 yoshda doimiy shaklni oladi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalar kalla 
qopqog’i suyaklari elastik bo’lib, ularda zich (kompakt) qavat yaxshi 
takomillashgan. Tashqi qatlam, diploe va ichki qatlam o’rtasida ma’lum chegara 
yo’q bo’lgani uchun bola kalla suyagi lat eganda ichki qatlami ko’chmaydi. Kalla 
qopqog'i suyaklarining tashqi yuzasi silliq bo’lib, faqat choklar sohasidagina biroz 
g’adir-budirliklar bor. Suyaklarning ichki yuzasi ham tekis bo’lib, bola 5-6 oylik 
bo’lgan vaqtda miya qattiq pardasi o’rta arteriyasi egati, vena bo’shliqlari egati
paydo bo’la boshlaydi. Katta bolalarda kalla qopqog'i suyaklari tashqi va ichki zich 
qatlamdan va ular o’rtasida joylashgan g’ovak moddadan iborat bo’ladi. 


Suyaklarni ichki yuzasida suyak usti pardasi bo’lmay, miya qattiq pardasi unga 
yopishib turadi. 
Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asosiy va yon qismlari, 
ponasimon suyak, chakka suyagining tosh qismi, g’alvir suyakning ilma-teshik 
plastinkasi hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bola kalla suyagining asosi sagital 
yo’nalishda cho’zilgan bo’lib, ko’ndalangiga toraygan. Bola hayotining birinchi 7 
yilida suyakning bu qismi bir tekis o’sadi va uning uzunligi katta odam kallasi 
asosini 1/2 uzunligiga teng. Bolalikning ikkinchi davrida kalla suyagi asosi o’sishi 
sekinlashadi va baloІat davrining ikkinchi yarmida u katta odam kallasi 
hususiyatlariga ega bo’ladi. 

Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling