G’alvirsimon labirintlar (
labyrinthus ethmoidalis) juft bo’lib, havo saqlovchi
g’ovakli katakchalardan
(cellulae ethmoidales) iborat.Ular
oldingi (cellulae
ethmoidales anterior), o’rta
(cellulae ethmoidales media) va orqa katakchalarga
(cellulae ethmoidales posterior) bo’linadi. G’alvirsimon
labirint
perpendikulyar plastinkaning o’ng va chap tomonlarida ilma teshik plastinkaning
chekkalariga birikkan xolda joylashadi. Uning burun bo’shlig’iga qaragan medial
yuzasi perpendikulyar plastinkadan tor vertikal yoriq vositasida ajralib turadi.
Yangi tug’ilgan bola g’alvir suyagi to’rt qismdan iborat.
Emizikli davrda
suyak bir tekis o’sadi. Ilma-teshik plastinka suyaklanib, labirintlar bilan qo’shiladi.
Uch yoshda burun bo’shlig’ini shilliq pardasi labirint katakchalariga kiradi va
uning tog’ayi so’rila boshlaydi. Bolalikning birinchi
davrida perpendikulyar
plastinka suyaklanib dimog’ suyagigacha o’sib boradi. Davr oxirida labirint
kataklari ichidagi tog’ay so’rilib bo’ladi va g’ovaklar hosil bo’ladi. Balog’at
yoshida suyak taraqqiyoti tugab kattalarnikiga o’xshab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: