O’zbekston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti h. Z. Zohidov nomidagi odam anatomiyas kafedrasi


Download 177.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana18.01.2023
Hajmi177.09 Kb.
#1099252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kalla suyagi anatomiyasi

Ponasimon suyak (os sphenoidale) kalla asosining o’rtasida joylashgan 
bo’lib, murakkab ko’rinishga ega. U deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashib, 
kalla tomini yon devorlari, hamda kalla asosi va yuz qismi chuqurchalarini hosil 
qilishda ishtirok etadi. Ponasimon suyakda tanasi, katta va kichik qanotlari va 
qanotsimon o’simta tafovut qilinadi. 
Ponasimon suyak tanasi (corpus) noto’g’ri kub shaklida. Uning ichida havo 
saqlaydigan ponasimon bo’shliq (sinus sphenoidalis) bor. Ponasimon suyak 
tanasining orqa yuzasi kattalarda ensa suyagini asosiy qismi bilan birikib ketadi.
Kichik qanot (ala minor) suyak tanasining yon tomonlaridan ikkita ildiz 
hosil qilib chiqqan juft plastinka shaklida.
Katta qanot (ala major) juft bo’lib tananing yon yuzasidan boshlanadi. Uning 
to’rtta yuzasi tafovut qilinadi. Miyaga qaragan yuzasida (facies cerebralis), ko’z 
kosasiga qaragan yuzasi (facies orbitalis) ko’z kosasining lateral devorini hosil 
qiladi. Yuqori jag’ yuzasi (facies maxillaris) uchburchak shaklida, qanot-tanglay 
chuqurchasiga qaragan bo’lib, unga yumaloq teshik ochiladi. Chakka yuzasi (facies 
temporalis) keng bo’lib, uni chakka osti qirrasi (crista infratemporalis)
ikki qismga ajratadi. Yuqorigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurchasi 
devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan qismi chakka osti 
chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi. 
Qanotsimon o’simtalar (processus pterygoideus) juft bo’lib, tanadan katta 
qanot boshlanadigan joydan pastga qarab vertikal yo’nalgan. Ularning ichki yuzasi 
burun bo’shlig’iga qaragan bo’lsa, tashqi yuzasi chakka osti chuqurchasiga 
qaragan. Ularning asosida oldindan orqaga qarab yo’nalgan qanotsimon kanal 
(canalis pterygoideus) o’tadi. Qanotsimon o’simtalar ikki: ichki plastinka (lamina 
medialis) va tashqi plastinkadan (lamina lateralis) iborat. 
Yangi tug’ilgan bola ponasimon suyagi to’rtta alohida qismdan iborat. 
Uning tanasi oldingi va orqa bo’lakdan iborat bo’lib, o’zaro yupqa tog’ay qatlam 
bilan ajragan. Kichik qanotlar tananing oldingi qismi bilan birikkan bo’lsa, katta 
qanotlar undan tog’ay qatlam bilan ajragan. Katta qanotlar yuzalari katta 
odamnikiga o’xshasada, ular yaxshi rivojlanmagan va nisbatan kichik. Qanotsimon 
o’simta oldingi va yon tomonga qiyshaygan. Emizikli davrda suyak tanasining 


oldingi va orqa qismlari o’zaro qo’shiladi. Uch yoshlarda katta qanotlar tanasi 
bilan birikib, ponasimon sinus paydo bo’laboshlaydi. Bolalikning birinchi davrida 
ponasimon suyak kattalarnikiga o’shash xususiyatga ega bo’lsada, uning relefi 
to’liq takomillashmagan. Bolalikning ikkinchi davrida suyak relefi kuchayadi va 
ponasimon sinus kattalashadi. Balog’at davrida suyak relefida shaxsiy va jinsiy 
belgilar paydo bo’ladi. 15-18 yoshlarda ponasimon va ensa suyaklari o’zaro 
qo’shiladi. 


Download 177.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling