226
D. 24% va undan yuqori.
20. Yangi oqsilli oziq-ovqat mahsulot turlari bu-
A. Xomashyo tarkibidagi oqsillar asosida ma’lum kimyoviy tarkibga
xususiyatga, strukturaga va biologik qiymatga ega bo‘lgan
mahsulot;
B. Xomashyo tarkibidagi oqsillar asosida olingan va fiziologik
qiymatga ega mahsulot;
C. Sun’iy mahsulotlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari;
D. Turli mikroorganizmlarni laboratoriya sharoitida o‘stirib,
olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari.
21. Lipidlar deb ………… aytiladi.
A. Uch atomli spirt – glitserin va bir asosli yuqori karbon
kislotalardan hosil bo‘lgan murakkab efirlar aralashmasiga;
B. Yuqori molekulyar, azot ushlovchi organik birikmaga;
C. Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan organik tabiatli
moddalarga;
D. Quyi molekulali azot ushlovchi organik birikmaga.
22. Mahsulotning ozuqaviy qiymati tushunchasi bu…….
A. Kimyoviy
tuzilishi, hazm qilish darajasi, kaloriyaligi
B. Havfsizlik, saqlashdagi barqarorligi;
C. Tovar ko‘rinishi, kimyoviy tuzilishi, ozuqaviy qiymati;
D. Saqlashdagi barqarorligi.
23. Xomashyoni qayta ishlashda fermentativ jarayonlarni to‘xtatish
yo‘llari.
A. qizdirish, muhitning pH ni o‘zgartirish;
B. Sovitish;
C. Muzlatish;
D. Gomogenizatsiya.
24. Yog‘da eruvchi biologik aktiv moddalar:
A. Karotin,
tokoferol, retinol;
B. Xlorofill, niatsin, tokoferol;
C. Niatsin, tiamin, retinol;
D. Xlorofill, niatsin, tiamin.
Do'stlaringiz bilan baham: