O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
Uzmu-16-2022(3-bolim)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. G‗arb og‗zaki
ijodi janrlarida ham mavjud. S.Yu.Neklyudovning ―Сирота в сказках. Фольклор и постфольклор‖ (―Ertaklarda yetimlar obrazi: Folklor va postfolklor‖) nomli maqolasida ―Ayozbobo‖ ertagida ―Yetim bola‖ obrazi tahlil qilingan [6], Olga Buxinaning ―Сироты в детской литературе‖ (―Bolalar adabiyotida yetimlar‖) maqolasida Yakob va Vilgelm Grimmlarning ―Золушка‖ (―Kuloyim‖), Kiplingning (―Jungli kitobi‖) kabi ertaklardagi ―Yetim bola‖lar obrazini, tahlil qilingan [2]. V.I.Nikolayevna ―Тема сиротства в детской литературе‖ (―Bolalar adabiyotida yetimlik mavzusi‖) nomli maqolasida P.P. Bajovaning ―Серебряное копытце‖ (―Kumush toychoq‖), G.X.Andersenning ―Дикие лебеди‖ (―Yovvoyi oqqushlar‖) [7] ertaklaridagi o‗z holiga tashlab qo‗yilgan yetimlar taqdirini o‗rgangan. Dunyo xalqlarida yetim bolalarga bo‗lgan munosabatda tipologik xususiyatlar hamda o‗ziga xos farqli jihatlar ham kuzatiladi. Tadqiqot metodologiyasi. Ikki milliy adabiyotda mavjud bo‗lgan holatlar, tasvirlar, badiiy obrazlar o‗zaro qiyosiy-tipologik, germenevtik talqin, sentimental yondashuv asosida tahlil qilindi va o‗rganildi. Dikkens talqinida ―Yetim bola‖ obraziga munosabat hamda G‗.G‗ulom ijodida ―Yetim bola‖larga bo‗lgan jamiyatning munosabati o‗zaro adabiy ta‘sir doirasida talqin etildi. Tahlil va natijalar. Dikkensning ―Oliver Tvistning boshidan kechirganlari‖ asari ingliz adabiyotida ijtimoiy yetim bolalar bilan bog‗liq muammolarini ochib tashladi. Adib o‗z davrining eng dolzarb masalalaridan biri kambag‗allar, yetimlarning ahvolini yurakdan his qilib Oliver Tvist obrazini yaratdi. Asar qahramoni boy oilaning zurriyodi bo‗lib, yetimligi tufayli ko‗p azob-uqubatlarga giriftor bo‗ldi. Dikkensning asarlarida mana shunday holatlar ingliz jamiyatidagi kamchiliklar sifatida ochib berildi. Ijodkor asarda Oliver Tvistning xatti-harakatlari orqali inson va jamiyat, hayot va o‗lim kabi masalalarni ham o‗rtaga tashladi. Asarda Oliver Tvistni ovqatga qorni to‗ymay, yana qo‗shimcha ovqat so‗ragan holati tasvirlanadi, buni ko‗rgan nazoratchi bolani qo‗lidan mahkam changallab, bidlni chaqiradi. Dikkens asarlari tahlili bilan shug‗ullangan Tugusheva vaziyatni bunday izohlaydi: ―Bu oddiy so‗zni aytish undan ulkan jasurlik talab qilardi. Asosiysi, nimjongina bolakay amaldagi Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling