Passiv diffuziya Yengilashtirilgan diffuziya


Ikkinchi guruh-maxsus oziq muhitlar


Download 30.82 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi30.82 Kb.
#1530995
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2.Anaerob mikroblar

Ikkinchi guruh-maxsus oziq muhitlar.
Bu muhitlar bakteriyalaroddiy oziq muhitlarda o’smaganda qo’llaniladi. Bularga qonli, zardobli agar, zardobli bulyon, assitik bulyon,assitik agar va boshqalar kiradi.
Uchinchi guruh- elektiv muhit.
Mikroorganizmlar ba’zi turlari bu muhitda boshqa turlarga nisbatan tezroq o’sadi va yetiladi. Masalan, 1% li ishqoriy peptonli suv muhitida vabo vibirionlari uchun, Ru va Leffler muhitlari difteriy(bo’g’ma) qo’zg’atuvchisi uchu elektiv bo’ladi.
To’rtinchi guruh- Selektiv muhit.
Ma’lum komponentlar ( safro o’t), bo’yoqlar, antibiotiklar va boshqalar) qo’shilganda faqat ba’zi mikroorganizm turlari rivojlanadi boshqa turlarga ta’sir qilmaydi. Myuller muhiti tif- paratif bakteriyalar uchun , furazolit- tiqinli agar korina bakteriyalar va mikrokoklar uchun selektiv hisoblanadi. Muhit tarkibiga antibiotiklar qo’shilganda zamburug’lar uchun selektiv bo’ladi ( Masalan, saburo muhiti va b).
Beshinchi guruh- differensial-diagnostik muhit.
Bu katta guruh bo’lib, mikroorganizmlarning biokimyoviy xususiyatlarini aniqlab differensatsiya qilishda foydalaniladi. Ular proteolotik (oqsil), peptolitik ( pipton), saxarolitik( shakar), gemolitik ( qon), lipolitik( yog’), reduksiya uchragan xususiyatlarini aniqlashda foydalaniladi.
( Endo, Levin, Plaskirev, Gissa muhitlari)
Oziq muhitlarning klassifikatsiyasi
Oddiy Murakkab
Suyuq:peptonli suv(PS), Go’sht peptonli, Bulyon(GPB)
Qattiq: Go’sht peptonli safro (GPS), Go’sht peptonli agar (GPA) Maxsus: Shakar, GPA( 1rasm) GPB, zardobli,GPA, qonli GPA (2 rasm)assetir GPA boyitilgan, to’yintirilgan: selenitli GPB, Myuller, Kauffman, Kitt Tarossi muhitlari.
Elektiv: Ru, 1% ishqoriy P,S(peptonli suv)
Differensial-diagnostik: 1) Saxarolitik (shakarli) xususiyatini aniqlash uchun. Giss (5 rasm), Endo(2 rasm), Levin ( 4 rasm) Ploskirev(3 rasm).
2. Proteolitik(oqsil) xossasini aniqlash (ivitilgan zardob GPS( go’sht peptoli safro) ( 8-rasm), Muskul bo’lakchasi, tovuq tuxumi oqi)
3. Peptolitik xossasini aniqlash uchun (( GPB, PS( peptonli suv))
4. Gemolitik xossasini aniqlash uchun (qon. GPA)
5. Reduksiyaga uchragan xossasini aniqlash uchun ( Har xil bo’yoqlar qo’shilgan muhitlar)
GPA
Endo muhiti
Ploskirev muhiti
Levin muhiti
Gissa muhiti
Tuxum sarig’ining turli agari
Qonli GPA
Jelatinning suyultirilishi indolning namoyon bo’lishi testi chapda-kuzatilmagan harorat ( manfiy test); o’ngda- manfiy natija, Markazda-musbat test
Turli tuman differensial-diagnostik muhitlar tayyorlash asosida. mikroorganizmlarning biokimyoviy identifikatsiya qilish uchun mikrobiologik labaratoriyalarda tijorat maqsadida test-sistemalar topilib keng tadbiq qilinmoqda.
Bulardan birini bajarish uchun ular maxsus polistriol yoki planshetga qo’yiladi va suvi quritiladi. Bularga stafilokokklar, korinobakteriyalar, enterobakteriyalar, enterotest1va 2 , anaerob-mikroblarni identifikatsiya qilishda APE-20 tizimidan foydalaniladi.
PBD ( Biokimyoviy differensial plastina) deb ataluvchi Rossiya sistemasi enterobakteriyalarning identifikatsiya qilishda ishlatiladi. Ruche va boshqa test sistemalari ham yaxshi taassurot qoldirgan.
Bakteriyalarning biokimyoviy identifikatsiya qilishda foydalanilgan test-sistema. Boshqa variantlarda xuddi shunday test-sistemalardan differensiatsiyalanuvchi substratlar qog’oz yoki polimerlarga so’rilishini (agsurbsiya) maqsad qilinadi. Bulardan Auxtob, Minitek, Morlok, MICRO-2D sistemalar keng tarqalgan. Bunday sistemalar foydalanishga qulay bo’lib, bir vaqtning o’zida mikrob belgilarining keng doirada tadbiq qiladi. Har qanday mikrobiologik labaratoriyalarda doim tayyor holda bo’ladi.
Ular oddiy va qulay, ko’p bo’lmagan hajmda ekish materiyalini talab qiladi. Shuning uchun, labaratoriya idishlari kam sarflanadi. Olingan natijalarni kompyuter yordamida qo’gatuvchini turini tezda aniqlab beradi.
Oziq muhitlarni tayorlash har qanday oziq muhit tarkibida ko’pincha tabiiy hayvon yoki o’simlik mahsulotlari va kononetlari kitadi. Bularga go’sht, baliq, un, tuxum, sut, qon, achitqi, ekstrati, kartoshka va shunga o’xshagan maxsulotlar kiradi. Bulardan maxsus yarimtayor ekstrat damlama shakldagi mahsulot tayyorlanadi. Shuningdek fermentli va kislotali gidrolizatlar (go’shtli suv, achiqili ekstrat, tipik xottinger gidrolizati, pepton va b. ) ham tayorlanadi.
Bulardan tasgqari oziq muhitlarga noorganik tur (mikrob hujayrasining talabiga ko’ra) ham qo’shiladi. Odatda, natriy xlorid tuzi 5,0 g/l, kH2po4-0,2-05 g/l, MgSO4 7H2O boshqa turlar 0,001 g/l qo’shiladi, kerakli paytda oziq tarkibiga uglevodlar (shakar, ko’p atomli spirtlar) amino kislotalar 0,5-1,0% miqdorda yana vitaminlar (0,001 mg (ml gacha) qo’shiladi. Oziq muhitning qattiqligini taminlash maqsadida suv o’tlaridan agar-agar qo’shiladi. Ular qulay bo’lib bakteryalar uchun oziq bo’lib hisoblanmaydi va oziq muhitni qatiqligini taminlaydi. Jelatinning manbai kologenga boy substradlar hisoblanadi, ular orasida togay, pay, suyak, va boshqalar. Jelatinni ishlatib olingan gel 32-34 C eriydi va 28 C da qotadi. Ammo ko’p sonly mikroorganizmlar jelatinni eritish hususyatiga ega, shuning uchun bu oziq muhiti to’la qonli hisoblanmaydi. Ko’pincha bunday jenatinli muhitdan bakteriyalarning proteolitik hususiyatlarini aniqlashda foydalanadi.
Oziq muhitni tayorlash murakab dinamik jarayon bo’lib, bakteriologlarning diqatini jalb qiladi. Dastlab distirlangan suvga kerakli miqdorda quruq muhitida solinadi diqqat bilan yaxshilab aralashtiriladi ,qizdirib eritiladi. Albatda oziq muhitning pH ni belgilah kerak. Bu ionametr yoki indicator qoziq yordamida aniqlanadi, Bunda sterilizasiya qilinganda muhit reaksiyasi 0,20 ga pasayishini etiborga olish kerak, qaysiki agar paxtali dokali filtrdan issiq paytida o’tkazish kerak. Agar zarurat bo’lsa tovuq tuxumining oqi yoki zardob yordamida muhitni tindirish kerak.
Oziq muhit maxsus idishga, kolba, flakonlarga quyiladi og’zi paxta-doka probka (tiqin) li qog’oz qolpoqcha bilan berkitiladi. Oziq muhitning tarkibiga qarabhar xil tarkibiga stilizasiya qilinadi. Odatda, tarkibiga uglevidlar, jelatin tutuvchi muhitlar 112 C haroratda 15 minut yoki bo’g oqimida 100 C da sterizatsiya qilinadi.
Uglevodsiz muhitlarni abtoklovda 115-120 C da 20 minut davomida sterizatsiya qilish mumkin. Agar oziq muhit tarbiya haroratda chidamsiz tabiiy oziq, zardob, mochevina kabi komponomentlar bo’lsa ular bakterya filtirdan o’tkazib yoki tayyor stril muhit qo’shilganholatda sterilisatsiya qilinadi.
Muhitning sterillanganligini nazorat qilish uchun ularni 37 C da termastatda bir necha kun shamolatish kerek. Bazi oddiy oziq muhitlarni tayorlashni misol qilib keltiramiz. Go’shtli suv, go’shtli-peptonli agar (GPA) qonli, zardobli, astsitik suyuqlik qo’shilgan muhit Xottinger bo’yicha tipik qaynatma go’shtli suv. Tayorlash uchun yangi mol go’shtli ishlatiladi. Oldin go’shtni yog’ fasiya, pay va boshqadan tozalashtiradi, mayda qilib kesiladi, go’sh maydalagichdan o’tkaziladi. Olingan farsh 1:2 nisbatda suvga solinadi, aralashtirib salqin joyda bir kun saqlanadi. Olingan damlama 30-60 minut qaynatiladi. Qaynatish davomida ko’pigi olinib turiladi, kiyin esa damlab quyiladi. Suyuqlik farshdan ajratiladi filtr qog’oz yoki qalin matodan o’tkaziladi birlami hazmga yetguncha bodoprod suvi 1 atmosfera (120 C haroratda ) 30 minut davomida sterilizatsiya qilinadi.
Setil gushtli suv tiniq, sariqroq, flakon devoir va tubida ivigan oqsilli cho’kma hosil bo’ladi. Shuning uchun muhit ishlatishdan oldin yana filtirlanadi. Muhitning faol reaksiyasi -6,2.

Download 30.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling