Pdf-xchange 0 Examples
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEMENTAR TESKARI FUNKSIYALARNING MAVJUDLIGI MASALASINI QUYI TA’LIMDA O’RGATISHNING INNOVATSION USULI HAQIDA.
ELEMENTAR TESKARI FUNKSIYALARNING MAVJUDLIGI
MASALASINI QUYI TA’LIMDA O’RGATISHNING INNOVATSION USULI HAQIDA. Axmedov S.A, talabalar Abdumannopova M.K., Taylaqova G.A. Andijon davlat universiteti Ma’lumki Quyi ta’limda asosan elementar funksiyalar sinfi o’rganiladi. Logarifmik va teskari trigonometrik funksiyalarni kiritishda mos ravishda ko’rsatkichli va trigonometrik funksiyalarga teskari funksiyani mavjudligi haqidagi tasdiqdan foydalanishga duch kelamiz. Bunda Oliy ta’limdagi teskari funksiyaning mavjudligiga oid teoremalarni qaysi biridan foydalansak o’quvchi va o’qituvchiga oson bo’ladi degan pedagogik muammoga duch kelamiz. Bo’lg’usi matematik mutaxassislarga matematik tahlil kursida dastlab quyidagi asosiy teorema o’rgatiladi: 1-teorema. Agar y=f(x) funksiya (a;b) intervalda aniqlangan, uzluksiz va qat’iy monoton bo’lsa, u holda qiymatlar sohasida aniqlangan birqiymatli, uzluksiz va qat’iy monoton bo’lgan x=x(y) teskari funksiya mavjud bo’ladi. Elementar funksiyalarga teskari funksiyalarni aniqlashda teorema shartlarini tekshirish zarur bo’ladi. Bu o’z navbatida qiziq bo’lsada, lekin texnik qiyinchiliklarga olib keladi. Matematik tahlil kursida differensiallanuvchi funksiyalar sinfi kiritilgandan so’ng 1-teoremani bu sinf uchun ifodasi quyidagicha bo’ladi: 2-teorema. Agar (a;b) oraliqda aniqlangan y=f(x) funksiya shu oraliqda differensiallanuvchi va noldan farqli xosilaga ega bo’lsa, u holda birqiymatli uzluksiz va differensiallanuvchi x=x(y) teskari funksiyaga ega bo’ladi va uning hosilasi quyidagicha aniqlanadi: x_y^'=1/(y_x^' ) Barcha elementar funksiyalar aniqlanish sohasida uzluksiz va differensiallanuvchi ekanligini hisobga olsak Quyi ta’limda 2-teoremadan foydalanish yuqorida qo’yilgan pedagogik muammoni hal qilishga katta yordam beradi deb hisoblaymiz. Xususan, y=a^x funksiyaga (-∞,+∞) oraliqda teskari funksiya mavjud, chunki y^'=a^x lna va y^'≠0 (a>0,a≠1). y=sinx uchun y^'=cosx (-π/2,π/2) da y^'>0, y=cosx uchun y^'=-sinx (0,π) da y^'<0, y=tgx uchun y^'=1/(〖cos〗^2 x) (-π/2,π/2) da y^'>0, y=ctgx uchun y^'=-1/(〖sin〗^2 x) (0,π) da y^'<0 bo’lib 2-teoremaning shartlari bajariladi va teskari trigonometrik funksiyalarni aniqlash mumkinligini oson tushuntirish mumkin. 2-teorema kirish testlarida uchraydigan berilgan funksiyaga bir qiymatli teskari funksiyani aniqlashda ham katta yordam beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling