Pedagogik diagnostika
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munosabatlar yoki proporsiyalar shkalasi.
- Социометрик шкалалар.
Intervallar shkalasi. To`g`ri intervallar faqat intervallar shkalasida bo`lishi mumkin.
Agar A buyum 25 gradus darajada, B buyum 50 gradus temperaturada bo`lsa ular o`rtasidagi miqdor 75 gradus va 100 gradus temperaturadagi buyumlar o`rtasidagi farq qatori, ya’ni har bir farq 25 gradusni tashkil qiladi. Lekin biz 50 gradus 25 gradusdan ikki barobar issiq degan xulosani chiqara olmaymiz. Intervallar shkalasi turli miqdorlarning proporsiyalari haqida xulosa chiqarishga yordam bermasada, biz o`rtacha arifmetik miqdorni topishimizga yordam beradi. Bu shkala nominal va tartibli shkaladan ancha ustun bo`lib hisoblanadi. Munosabatlar yoki proporsiyalar shkalasi. Munosabatlar shkalasi proporsiyalar haqida xulosa chiqarishga (ikki barobar ko`p, ikki barobar kam, to`rt barobar og`ir kabi) imkon beradi. Buni uzoqlikni (metr, santimetr kabi) va og`irlikni (kilogramm, gramm) o`lchovlarida ko`rishimiz mumkin. Agar doskaning uzunligi 3 metr bo`lsa, u 1,5 metrlik doskadan ikki barovar uzun. Yoki 170 grammlik buyum 100 grammlik buyumdan 1,7 barovar og`ir. Bu shkala yordamida barcha statistik hisoblar olib boriladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nominal shkalada modal miqdorni, ya’ni eng ko`p uchraydigan o`lchovni ko`rsatish mumkin. Tartib shkalasi ikki tomonda ham teng miqdordagi o`lchov qoladigan medianani topishga yordam beradi. Intervallar va munosabatlar shkalalari o`rtacha arifmetik o`lchamni topishga yordam beradi. Shunday qilib, ta’limning o`ziga xos tomoni, u tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida pedagogik faoliyat, shaxsning shakllanishini o`ziga birlashtirib, ana shu uchta asoslardan real pedagogik jarayonni tuzadi, bu jarayon turli ta’lim–tarbiya konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtiriladi va ta’lim tizimi muassasalarida tatbiq etiladi. Социометрик шкалалар. Шкаланинг бундай тури синф раҳбарлари учун жуда муҳимдир. Чунки улар асосида синф раҳбари синфдаги ўкувчилар ўртасида вужудга келган ижтимоий муносабатларни ўрганади. Масалан, социометрия методикаси синфдаги ўкувчилар ўртасида вужудга келган ижтимоий муносабатларни аниқлашга имконият беради. Ўрганилаётган муносабатлар характерига қараб, ўқитувчи ўқувчиларга қўйидаги саволлар билан мурожаат этиши мумкин: «Бир партада ким билан ўтиришни истардингиз?», «Булғуси мунозара дарсида кимни эксперт сифатида кўришни ҳоҳлайсиз?» Шунга ўхшаган саволларга жавоб бераётиб, ўкувчилар махсус бланкаларга таклиф қилинаётган ўртоқларининг исми, шарифини ўзлари тақдим қилаётган рақамлари бўйича киритишлари лозим (биринчи навбатда, иккинчи навбатда). Сўров натижалари асосида қуйидаги матрица тузилади( айланага ўзаро ҳамкорликка асосланган танламалар олинади):
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling