Pedagogik diagnostika
Download 1.85 Mb.
|
ДИАГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ranjirovka shkalasi.
Shkalalash. Shkalalash o’lchovi metodlaridan biri. Uning yordamida aniq psixologik hodisalarning sifat ko’rsatgichi miqdoriy baholash tarzida namoyon bo’ladi. Shkalalashning asosiy uch turi mavjud. Bular: baholash shkalasi, ranjirovka shkalasi, sotsiometrik shkalalar va h.k.
Baholash shkalasi. Bu turdagi shkaladan matematik metodlar yordamida tadqiqot natijalariga ishlov berishda foydalaniladi. Ushbu shkala qo’llanilishda oddiyligi bilan ajralib turadi va aksariyat hollarda real pedagogic va psixologik holatlar sonlar sistemasi bilan modellashtirilganda ishlatiladi. Masalan, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun quyidagi baholash shkalasidan foydalanish mumkin: O’ta salbiy, muholiflik kayfiyati (-2) O’rtacha salbiy (-1) Loqayd (0) O’rtacha ijobiy (+1) Ijobiy (o’ta kuchli) Baholash shkalasidan foydalanilganda o’qituvchi har bir shkalani alohida tafsiflab o’tishi joyiz. Baholash shkalasining yana bir ko’rinishi – bu reytingdir. Reyting – o’lchovining diagnostika metodlaridan biri sifatida bugungi kunda o’quv-tarbiya ishlarida keng foydalanilib kelinmoqda. Undan ruhiy holat, pedagogik holat, pedagogik vaziyat, intellectual salohiyat, o’quv – biluv darajasi, o’zlashtirish ko’rsatgichlarini aniqlash maqsadida fpydalaniladi. Reyting baholashda o’qituvchi mutasaddi ekspetlar guruhi, yoki ruhiy holat to’g’risida xolisona xulosalar va baholar sistemasidan oqilona foydalanishi zarur. Masalan, reytingdan o’qitish metodlari samaradorligini aniqlash, o’zlashtirish ko’rsatgichlarini o’rgagish, tashxislar vositalari to’g’risida aniq xulosa olish uchun va ta’lim istiqbollarini belgilashgda foydalaniladi. Ranjirovka shkalasi. Ranjirovka shkalasi o’zga ko’rsatkichlar bilan solishtirilganda, qiyoslanganda hosil bo’ladi. Ko’rsatkichlar salmog’iga ko’ra qatorlashtiriladi (sаralanadi). Маsalan, sinfdagi o’quvchilar ayrim sifatlariga ko’ra ranjirovka qilinganda kоrrеlyatsiya 1 o’tkazishga imkoniyat yaratiladi. Коrrеlyatsiya natijasida – o’quvchilar оrasida ruhiy holat, sifatlovchi va tavsifiy belgilar hamda boshqa hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik vujudga keladi. Buning uchun tashhislovchi o’qituvchi quyidagicha jadval tuzishi lozim.
Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling