Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта
SIMULYATSION O‘QITISHNI TASHKIL ETISH
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
М.Шорахимов (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kompetensiya – talabaning
SIMULYATSION O‘QITISHNI TASHKIL ETISH
1-Mavzu: Professional taʼlim tizimida innovatsion texnologiyalar: simulyatsion o‘qitishni tashkil etishning zarurligi(nazariy 2 soat) Oxirgi yllarda butun dunyoda shu jumladan Respublikamizda ham iqtisodiyot sohasining jadal surʼatlar bilan rivojlanishi kuzatilmoqda. Xalqaro mehnat bozori talablari, integratsion jarayonlarning jadallashuvi, raqamlashtirish, sanoatdagi texnologik inqiloblar davrida zamon talablariga mos malaka va ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashni, kasb-hunar taʼlim sohasida yangi tizimni - xalqaro andozalarga mos professional taʼlim tizimini talab qildi. Respublikamiz rahbarlari tomonidan professional taʼlim sohasi zimmasiga muhim masala, qisqa muddatda barcha professional standartlar va ish beruvchilar talablariga mos keladigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish. Shu tariqa - hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy taraqqiyotga munosib hissa qo‘sha oladigan o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash; - yoshlarni malakali mehnat orqali o‘z hayot farovonligini taʼminlashga o‘rgatish; - o‘z mehnat faoliyatiga innovatsion va kreativ yondashish, yaratuvchanlik, intellektual, madaniy, maʼnaviy potensialni rivojlantirish kabi kompetensiyalarni shakllantirish metodologiyasini yaratish vazifasini qo‘ymoqda. Mazkur vazifalarni amaga oshirish maqsadida professional taʼlim tizimi tubdan isloh qilinib, yangi turdagi taʼlim muassasalari va taʼlim texnologiyalari barpo etilmoqda . Bu esa o‘z navbatida taʼlim muassasalarining asosiy vazifasi qilib yangilanayotgan iqtisodiyot uchun zamonaviy professional kompetensiyalarga (Kompetensiya – talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari hamda shaxsiy sifatlarining maʼlum sohada muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo‘ladigan qobiliyatlar majmuasi) ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash talabini qo‘ymoqda. Sobiq kasb-hunar kollejlarini bitirgan (aʼlo baholarga tugatgan bo‘lsa ham) o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari hayotda, real ish o‘rnida o‘z o‘rnini topib ketishida turli murakkabliklar va to‘siqlarga duch kelganlar. Misol uchun shu paytga qadar aksariyat hollarda bitiruvchilar kollejda kasbiga oid bilim va ko‘nikmalarni yetarli darajada olgan bo‘lsa ham, ish joyiga ko‘nikishi uzoq davom etgan yoki qiyin kechgan. Aksariyat hollarda ish beruvchilar ularni qayta tayyorlovdan o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Chunki kollejda anʼanaviy va eski standartlar asosida olingan bilim real ish o‘rnida zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga mos kelmagan yoki bu bilimni amalda umuman qo‘llab bo‘lmagan. Yangi professional taʼlimda asosiy vazifa taʼlim sifati va samaradorligiga Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling