Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта
Simulyatsion mashg‘ulotning maqsadi -
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
М.Шорахимов (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simulyatsion taʼlimning prinsiplari (tamoyillari
- Simulyatsion taʼlimda
Simulyatsion mashg‘ulotning maqsadi -Kasbiy faoliyat uchun zarur
bo‘lgan amaliy ko‘nikma va malakalarni simulyatsiya orqali shakllantirish, takomillashtirish, nazorat qilish, malaka talablariga muvofiq tegishli kasbiy mutaxassis kompetensiyasini hosil qilishdan iborat. Simulyatsion professional taʼlimda o‘quv soatlari shunday taqsimlash lozimki, o‘quvchining nazariy tayyorgarlik bilan amaliy faoliyatni amalga oshirish bir- biriga uzviy bog‘liqligi taʼminlanadi. Bu jarayon oddiydan murakkabga va amaliyot bazasigacha ko‘p bosqichli ko‘nikmalar xosil qilish jarayonini o‘z ichiga oladi. Simulyatsion taʼlimning prinsiplari (tamoyillari): simulyatsion treningning to‘g‘ri ishlashi uchun samarali o‘qitish texnologiyasi tamoyillariga va quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilish lozim - o‘qitishning aniq maqsad va vazifalarining mavjudligi - simulyatsion taʼlimni amaldagi professional taʼlimning barcha darajalari bilan integratsiyalash (uyg‘unlashtirish); -Amaliy faoliyatni boshlashdan avval simulyatsion taʼlimda o‘rganib tajriba orttirish talab etiladigan amaliy mashqlar ruyxatini shakllantirib qonuniylashtirish; -Qonuniylik mazkur yo‘nalish rivojlanib borishi bilan takomil lashtirib borilishi maqsadida egiluvchan(moslashuvchan) bo‘lishi; -simulyatsion taʼlim yakunida o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha yetarli kompetensiyaga ega bo‘lganligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladigan maxsus sinov (attestatsiya) natijalari asosida asosiy faoliyatga kirishishga ruxsat berish; -simulyatsion taʼlimda baholash tartibining yagona tizimda amalga oshirilishi; -simulyatsion taʼlim ishtirokchilarinig faolligi monitoringini olib borish. Simulyatsion taʼlimda- virtual trenajerlar, simulyatsion robotlar, turli xil ishbilarmonlik o‘yinlari yordamida kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan modul birliklaridan foydalaniladi. Talablarning Amaliy ko‘nikma va kompetensiyalar ko‘p marotaba qaytarish, takrorlash, mashq qilish, ko‘p marotaba kuzatish, bajarish, imitatsion va virtual trening yordamida hosil qilinadi. Professional taʼlimda simulyatsion taʼlim – bu realistik modellashtirish hamda o‘qish jarayonida amaliyot darslarini imitatsiyalashga asoslangan turli murakkablikdagi va realistik o‘quv modellaridan foydalangan zamonaviy taʼlim texnologiyasidir. Talaba quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak: Shaxsiy kompyuterda ishlash bo‘yicha kerakli mahoratga. Malaka darajasi: paydo bo‘layotgan vaziyatlarda ishlab chiqarish surati to‘g‘risida kerakli bilimlarga ega bo‘lishi Kommunikativlik: hamkasblar va ustozlar bilan muloqot qilishda olingan bilimlar va vaziyatlarni amalga oshirish vakolatlaridan malakali va erkin foydalana olishi. Simulyatsion taʼlimni alohida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan pedagog – o‘qituvchilar olib borishi maqsadga muvofiqdir. Ular amaliyotdagi mutaxassislar bilan hamkor likda turli xil vaziyatlar uchun ssenariylar ishlab chiqish, metodik ishlarni tashkil qilish, injener-texnik xodimlar bilan o‘quv vositalari bilan ishlash jarayonida texnika xavfsizlik qoidalarini taʼminlash qoidalariga amal qilishlari lozim. Maqsad - immitatsion faoliyatni real holatga maksimal darajada yaqinlashtirishdan iborat. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling