Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта
-mavzu: Simulyatsion o‘qitishning mohiyati, turlari va ularning ta’lim
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
М.Шорахимов (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Birinchi bosqich
2-mavzu: Simulyatsion o‘qitishning mohiyati, turlari va ularning ta’lim
jarayonida qo’llanikishi Simulyatsion taʼlim har bir talabaning professional faoliyatini yoki uning elementini professional standartlar va qoidalarga muvofiq bajarish uchun professional faoliyat modelini qo‘llaydegan professional treningda majburiy komponent hisoblanadi. Simulyatsiya taʼlim texnologiyalari yordamida o‘qitish ish joyida amaliy mashg‘ulotlarning anʼanaviy shakllarini o‘rnni bosa olmaydi. Biroq, bir qator amaliy ko‘nikma va malakalarni ustaxonada emas, balki oldindan ishlab chiqarish bosqichida, simulyatsiya markazida o‘zlashtirish maqsadga muvofiq va samaralidir Professional taʼlim muassasalari bazasida zamonaviy o‘qitishni joriy qilish, “simulyatsion markazlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Taʼlim oluvchilar o‘quv amaliyotlarini avval “Simulyatsion markazlar”da immitatsion o‘quv jihozlari yordamida bajarib, maʼlum kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgandan keyin amaliyotning navbatdagi bosqichida real ishchi holatda bajaradilar. Simulyatsion taʼlim o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va qiyin sharoitlardan chiqib ketishni rejalashtirish maqsadiga qaratilgan. Bunda har bir kasbning mavzular ketma-ketligiga qarab ko‘nikmalar ruyxati tuziladi va ularni o‘qitish uchun vaqt meʼyorlari ishlab chiqiladi. Ko‘nikmalar ruyxati ilm-fan va taraqqiyot rivojiga qarab o‘zgarib boradi. Har bir kasb bo‘yicha pedagog nazorati ostida amaliy ko‘nikmalar ruyxati asosida professional kompetensiyani shakllantirish uchun sarflangan vaqt bitta modul xisoblanadi. Kunlik o‘tiladigan modullar uchun vaqt belgilanadi. Har bir modul birliklari 4 bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: 1.Tayyorgarlik darajasi to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan boshlang‘ich nazorat, imitatsiya bo‘yicha instruktaj, topshiriqlar olish (ajratilgan vaqtning 20% gacha); 2.Topshiriqlarni bevosita bajarish (ajratilgan vaqtning 60% gacha) 3.Bajarilgan topshiriqlar muhokamasi (debrifing) (ajratilgan vaqtning 10% gacha); 4.Topshiriqlarni yakuniy bajarilishi (ajratilgan vaqtning 10% gacha). . 1. Birinchi bosqich – mashg‘ulotning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqanholda o‘rganilayotgan amaliy ko‘nikmani o‘rganish motivatsion asosi aniqlanadi, uning nazariy jihatlari muhokama qilinadi. Amaliy ko‘nikmalarni amalga oshirish uchun zarur asbob anjomlarni ishlatish mexanizmi, ishlatish va texnika xavfsizligi qoidalari bilan o‘quvchilar tanishtiriladi. Birinchi bosqichni amalga oshirish uchun barcha asbob anjomlar mavjud va ishchi holatda bo‘lishi lozim Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling