Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта
qaratilishi, yaʼni yoshlarning aynan ish beruvchi talab etayotgan bilim va
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
М.Шорахимов (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamkorlikdagi taʼlimni tashkil etish.
- Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish
- O‘qitish usullari va texnikasi
- O‘qitishni tashkil qilish shakllari
- O‘zaro aloqa vositalari
qaratilishi, yaʼni yoshlarning aynan ish beruvchi talab etayotgan bilim va
malakalarga ega bo‘lishiga eʼtibor qaratilishi lozim. Endi taʼlim sifati va samaradorligi, chinakam bilim berish, haqiqiy professional kadrni tayyorlash, ularda tadbirkorlik, daromad topish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni mehnat bozorida o‘rnini topib ketadigan mutaxassisga aylantirish ustivorlik kasb etadi. “ Iinnovatsion texnologiyalar simulyatsion o‘qitishni tashkil etish ” modulining taʼlim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga eʼtibor berish kerak. Taʼlimning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish taʼlim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat taʼlim standarti talablariga rioya qilgan holda tinglovchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uningning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi. • Tizimli yondashuv. Taʼlim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi. • Amaliy yondashuv. Shaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga taʼlim jarayonini yo‘naltirish; tinglovchig faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi. • Dialogik yondashuv. Taʼlim jarayonidagi ishtirokchi subyektlarning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi. • Hamkorlikdagi taʼlimni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, subyektlar munosabatida o‘qituvchi va tinglovchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi. • Muammoli yondashuv. Taʼlim jarayonini muammoli holatlar orqali tinglovchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning obyektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash taʼminlanadi. • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, yaʼni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Taʼlimda innovatsion muhit” modulining tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi. • O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, “aqliy hujum”, “Birgalikda o‘rganamiz”, pinbord, maʼruza (kirish maʼruzasi, vizual maʼruza, tematik, maʼruza-konferensiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy). • O‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslangan. • O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari (darslik, maʼruza matni, tayanch konspekti)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari. • O‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostikasi (tashxisi). • Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va tinglovchining hamkorlikdagi faoliyatini tinglovchilarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi. Taʼlim innovatsiyalari: · pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi; · o‘quv jarayonining o‘zgarishi; · pedagogik nazariyaning o‘zgarishi; · o‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi; · o‘quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi; · pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi; · taʼlim mazmunining yangilanishi; · o‘qitish shakl, metod va vositalarining o‘zgarishi; · taʼlim tizimi boshqaruvning o‘zgarishi; · taʼlim maqsadi va natijalarning o‘zgarishi. Ish beruvchi va bozor talablarini tez o‘zgarishlarni hisobga olgan holda taʼlim muassasalari talabalarni tez o‘zgaruvchan kasblarni zamonaviy kompetensiyalar orqali egallashlarini taʼminlashlari lozim. Buning uchun ular o‘z o‘quv reja va dasturlarini talab asosida qayta ko‘rib chiqishlari kerak. Ammo, reja va dasturlarning o‘zgarishi o‘z navbatida amaliy darslarda qo‘llaniladigan jihozlarni ham tez-tez yangilanishini talab qiladi. Bu esa o‘z navbatida jihozlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan katta mablag‘larni talab qiladi Professional taʼlim muassasalari bazasida zamonaviy o‘qitishni joriy qilish, “Simulyatsion markazlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling