Pedagogik qobiliyatning shakllantirish yo’llari. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Reja


Download 0.92 Mb.
bet6/79
Sana20.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1105349
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Umumiy Pedagokika maruzalar majmuasi

Boshqaruv funksiyalari

Boshqaruv tamoyillari

Boshqaruv funksiyalari

Boshqaruv metodlari








  1. Ta’lim muassasasini boshqarishga doir me’yoriy hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha amaliy topshiriqlar

1-topshiriq. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to‘grisidagi Nizom asosida kuyidagi jadvalni to‘ldiring.

Bo‘limlarning nomlanishi

Bo‘lim mazmuni

Umumiy qoidalar


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi, vazifalari va uni tashkil etish


Akademik litsey va kasb-xunar kollejlariga o‘quvchilarni qabul qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni


Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish


Urta maxsus, kasb-hunar ta’limini mablag‘ bilan ta’minlash va moddiy-texnika ta’minoti


Xalqaro hamkorlik


2-topshiriq. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lgshi muassasasining Ustavi asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring.

Bo‘limlarning nomlanishi

Bo‘lim mazmuni

Qisqacha ta’lim muassasasi haqidaga ma’lumotlar


Ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari


Ta’lim muassasasini boshqarish


Uquv-tarbiya va ilmiy-uslubiy
ishlarni tashkil etish


Uqituvchi. Huquq va burchlari


Uquvchi. Huquq va burchlari


Uquv-ishlab chiqarish ustalari, ma’muriy va yordamchi xodim-larning huquq va burchlari


Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning huquq-lari,
majburiyat va mas’uliyat-lari


Ta’lim muassasasining moddiy va moliyaviy xo‘jalik ta’minoti


Pedagogik kengash, Megodik kengashi va metod birlashmalarining maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari

  1. Pedagogik kengashni tashkil etishning maqsadi nimada?

  2. Pedagogik kengashning maqsad va vazifalariga nimalar kiradi?

  3. Pedagogik kengash qanday huquqlarga ega?

  4. Pedagogik kengash hujjatlariga nimalar kiradi?

  5. Metodik kengash qanday boshqaruv organi?

  6. Metodik kengashning maqsadi nima?

  7. Metodik kengashning vazifalariga nimalar kiradi?

  8. Metodik kengash hujjatlariga nimalar kiradi?



1-Mavzu: Pedagogika tarixi fani xaqida. Fanning maqsadi va

vazifalari. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari.


Reja:
1.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
2.Fanning maqsadi va vazifalari.
3.Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalari.


Tayanch so‘z va iboralar: Pedagogika tarixi, yodgorliklar, “Avesto”, zardushtiylik, Turk xoqonlik, millat, faxr.


O‘z tarixini bilmaydigan,keshagi kunini
unutgan millatning kelajagi yo‘q.Bu haqiqat
kishilik tarixida ko‘p bora isbotini topgan.
Islom Karimov
Bizning xozirgi yurtimiz O‘zbekiston qadimgi Turon,Turkiston davlatlarining,shu zaminda vujudga kelgan, hukm surgan davlatlarning bevosita vorisi hisoblanadi.O‘lkamiz tarixida nomlari qolgan bu davlatlar; Alp Er To‘nga asoslang qudratli Turk xoqonli Xorazmiylar davlati, Xio‘niylar, Eftalitlar, Qarluqlar, O‘gizlar, Samoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarhoniylar, Mangitlar, Qo‘qon xonligi, Xiva xonligi…
O‘zbekistonning hozirgi hududidagi davlatlar o‘troq bo‘lib yashash imkoniyati kengligi sababli bu yerlarda shaharlar va ular bilan bog‘liq atributlar- imoratsozlik, turli kasb-korlarning vujudga kelishi, savdo, dehqonchilik va sug‘orish tizimi, umuman, madaniy hayotning shakllanishi va rivojlanishi jadal kechdi. O‘zbekiston shaharlarining ko‘pi ikki, ikki yarim ming va undan oshiq yoshdaligi ham tarixiy qadriyatlarimiz, osori-atiqalarimiz behisobligi va noyobligi ko‘rsatgichidir.
O‘zbek milliy mentalitetiga xos eng muhim jihatlardan biri, hech shubxasiz, ajdodlarimiz tarixiga oid, ular tomonidan yaratilgan, urvoqdakkina bo‘lsa ham, ma’naviy, madaniy yodgorliklarni qadrlash, po‘palash, asrab-avaylashdir. Bunga jahon tarixi guvoh. Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur kabi jahongirlar nafaqat o‘z yurtida, balki zabt etgan mamlakatlarida ham ulkan bunyodkorlik ishlarini, madaniy yodgorliklarni amalga oshirganligi bilan mashhur. Mana shunday bunyodkor jahongirlari bilan faxrlana oladigan millat kamdan-kam topilsa kerak. Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tamonidan Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afg‘oniston kabi mamlakatlarda Navoiy, Kamoliddin Behzod, Bobur, Bedil, Lutfiy singari buyuk bobokalonlarimiz qabrlari obodonlashtirib, ziyoratgohlarga aylantirilgani millatimizning “sulton suyagini xorlamas” maqoliga to‘la amal qilishi namunasidur.
Hozirda yurtimizda 7330 moddiy madaniy ob’ektlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning aksari Yunesko ro‘yxatiga kiritilgani ko‘xna tariximizning nechog‘lik boy va betakrorligidan dalolatdir.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodining ko‘xna davrlardan to bizning kunlargacha yetib kelgan nodir namunalari “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustam”, “Nurali”, “Sherali” singari dostonlari, ertak va qissalari, qo‘shiq va laparlari, askiya va payrovlari, termalari, maqol va matallari, shuningdek qadimgi xalq o‘yinlari, teatr san’ati, qurchoqbozlik, masaxarabozlik, dorbozlik, raqs, kurash, ot sporti turlari, xalq amaliy san’ati va boshqalar millatimizning ibtidodan zukko, noziktab, mohir, tadbirkorligi isbotidir.

O‘zbek xalqi tarixan ta’lim-tarbiya sohasida o‘ziga xos dorilfunun yaratgan. Zotan, o‘zbek madaniyati, chunonchi sharqona milliy tarbiya nazariyasi va amaliyoti uzoq moziygacha borib yetgan tarixiy ildizlar orqali oziqlanadi. Uning tarbiyaviy g‘oyalari o‘tgan har bir tarixiy davr va bosqichlar davomida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan holda tomir otdi.


O‘zbekistonda pedagogik tafakkur va ta’lim-tarbiya taraqqiyoti tarixini shartli ravishda, asosan, quyidagi uch davrga bo‘lib o‘rganish mumkin:
Oktyabr to‘ntarilishigacha bo‘lgan davr (1917 yilgacha).
Sho‘ro tuzumi davri (1917 yildan 1991 yilgacha).
Mustaqillik davri (1991 yildan keyin).
1-davr Zardushtiylik dinining chuqur ildiz otishi va shu dinning muqaddas kitobi “Avesto” ning Markaziy Osiyoga, Eronga yoyilishi bilan boshlanadi. VI-VII asrlar Markaziy Osiyoda Islom dinining yoyilishi bilan xarakterlanadi. VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlanib bordi. Ayniqsa, aniq fanlarga qiziqish keskin ortdi. O‘sha davrda Al-Xorazmiy, Al-Kindiy, Zakariya ar-Roziya, Al-Beruniy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Az-Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga keldi. XV-XVI asrlarga kelib turkiy xalqlar Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Haydar Xorazmiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Abulg‘oziy Bahodirxon singari allomalarni voyaga yetkazdi.
Shunday qilib,o‘tmishdagi progressiv pedagoglar va atoqli mutafakkirlarning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarini o‘rganish pedagogik tafakkurning o‘sishiga, pedagoglik madaniyatining ortishiga imkon berdi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling