Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
uloq, Kulqamish, Bibishirin, Kallamozor, Arabqishloq,
Arabtepa, Ko‘ktepa, Uzunquduq, Sho‘rob, Navbog‘, Qizilhovuz nomlarini keltiradi, biroq bu nomlar ichi- da juft nomlar yo‘q. O‘zbekiston toponimiyasida juft tarkibli nomlar juda kam kuzatiladi. Tadqiqotchi murakkab nomlar terminini hozir- gi tilda sodda ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, kelib chiqishiga ko‘ra qo‘shma komponentli va ma’nosi qorong‘ilashgan nomlar, deb izohlaydi. Dalil sifatida Boysun toponimiyasiga oid Kangni, Padang, Tang- mush, Gurgil, Chagsul, Chagat, Sarimas, Yetmon, Kofrun, Xo‘jadiyak nomlarini keltiradi. 2 Bizningcha, X.Xolmo‘minov sodda nomlar, qo‘shma toponimlar, murakkab nomlar terminlari o‘rnida sodda tarkibli toponimlar, qo‘shma tarkibli toponimlar, murakkab tarkibli toponimlar terminlarini qo‘llashi maqsadga muvofiq bo‘lardi. N.Begaliyev esa sodda gidronimlarni “tub va yasama so‘zlar (affikslar yordamida hosil bo‘lgan so‘zlar)dan hosil bo‘lgan gidronimlar” deb ta’riflaydi, sodda gidronimlarning quyidagi ikki turga bo‘linishini ko‘rsatadi: 1) sodda mahsulsiz (yoki tub) gidronimlar; 2) sodda mahsuldor yoki affiksal gidronimlar. 3 Bizningcha, bu o‘rinda sodda gidronimlarga to‘g‘ri ta’rif berilgani holda, gidronimlarni mahsulsiz yoki mahsuldor turlarga ajratilishi asossizroq, odatda so‘z yasovchi affikslargina mahsuldor (unumli) va mah- sulsiz (unumsiz) affikslarga ajratiladi. Gidronimlar mahsulsiz va mahsuldor bo‘lmaydi. Yuqorda keltirilgan, toponimlarning morfologik tuzilishiga oid tasniflar tahlilidan ko‘rinadiki, bu tas- niflar yondashuv asosining va tasnif natijasida yu- zaga kelgan guruhlarining turlichaligi bilan xarakter- lanadi. 1 Do‘simov Z. Xorazm toponimlari. – Toshkent: Fan, 1985. – B. 37-53. 2 Xolmo‘minov X. Boysun rayon mikrotoponimikasi // O‘zbek tili va adabiyoti, 1989. -№ 6. – B. 60-61. 3 Begaliyev N. Samarqand viloyati gidronimlari (lisoniy tahlil), filologiya fanlari nomzodi: Dis. Avtoref. Samarqand: 1994. – B. 62-64. N.Uluqov o‘zbek toponimikasidagi toponimlarning morfologik tuzilishiga doir tasniflarni yondashuv aso- si va xarakteriga ko‘ra uch guruhga ajratadi: 1. Yasalish usuli va modeliga asoslangan tasni- flar. 2. Yasovchi vositalarga va tarkibiy tuzilishiga aso- slangan tasniflar. 3. Tarkibi va tarkibidagi lug‘aviy birliklarga aso- slangan tasniflar. Yuqoridagi tasniflarga yondashgan holda, o‘zbek tili gidronimlarning tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratadi: 1. Sodda tarkibli gidronimlar. 2. Qo‘shma tarkibli gidronimlar. 3. Murakkab tarkibli gidronimlar. 4 Shunday ekan, toponimlarning tuzilishiga ko‘ra tasnifida uning tarkibidagi morfemalarga, ya’ni lug‘aviy asos, yasovchi affiks, topoformant va toponi- mik aniqlagichlarni hisobga olish lozim. Yuqoridagi tasniflarga ijodiy yondashgan holda, Surxondaryo gidronimlarini tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagi tur- larga ajratish mumkin: 1. Sodda gidronimlar. 2. Qo‘shma gidronimlar. 3. Tarkibli gidronimlar. Surxondaryo gidronimlari grammatik tuzilishi- ga ko‘ra sodda va qo‘shma gidronimlarga bo‘linadi. Sodda gidronimlar o‘z navbatida, qo‘shimchasiz gi- dronimlarga va qo‘shimchali gidronimlarga ajratiladi. Qo‘shimchasiz, affikssiz gidronimlar deganda bir- gina otdan iborat, boshqa biron unsur qo‘shilmagan geografik nomlar tushuniladi. Bunday gidronimlar bir necha xil bo‘ladi: a) oddiy geografik yoki ijtimoiy-iqtisodiy atamalar shaklidagi gidronimlar: Qoq (hovuz, Qoq suvli hovuz, qoq suvi bilan to‘lgan hovuz), Ziyorat (ko‘l) (tabarruk joylarga safar qilish) (Hisor tog‘ yonida), Zindon (ko- riz, zindon, chuqurlik yonidagi koriz.), To‘palang (suv ombor), Dabil (ariq, Pashxurt qishlog‘idan o‘tgan ariqning boshlanish joyi.), Jarma (yangi yerga jarma ariq qazib suv keltirgan va xo‘jaliklar yashab qolgan joy), Gumatak (soy), Qasaba (jilg‘a), Zax (jilg‘a), Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling