Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/118
Sana19.01.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1102433
TuriЛитература
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.

ariq, daryo, buloq, jo‘y, shox, quduq koriz, hovuz kabi 
apellyativ gidronimik aniqlagichlar faol qo‘llanadi. 
Ular qo‘shma, shuningdek, murakkab toponimlarning 
ma’no tomonini aniqlovchi qismlardir. Bu, ayniqsa, 
quyidagi gidronimlarda yaqqol ko‘rinadi: Bo‘stonsoy, 
Zarangbuloq, G‘o‘rinbuloq, Panjobdaryo, Chuqurko‘l, 
Turkkoriz, Sharifjilg‘a, Qizilhovuz, Shirinquduq (Boy., 
Sher. t.) kabi.
O‘zbek tili gidronimik tizimida qo‘shma gidronim-
lar miqdoran ko‘p. Masalan, biz Surxondaryo viloyati 
hududidan to‘plagan 1000 dan ziyod gidronimlar-
ining 600 dan ko‘prog‘i qo‘shma gidronimlardir. Bu 
gidronimlar yasashda, yaratishda aniqlik va man-
tiqiylikka intilish mahsulidir. Qo‘shma gidronimlarn-
ing morfologik tarkibida ikkinchi komponent sifatida 
asosan gidronimik aniqlagichlar qo‘llanadi, Kamoli-
soy, Ro‘ziboysoy, Davlatsoy, Vaxshivordaryo, Shay-
matariq kabi.
Qo‘shma gidronimlarning morfologik asosi va 
shakllanish modeliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish 
mumkin:
I. ot + ot:
1) antroponim + gidronimik aniqlagich: Tairariq 
(Tohirariq) (Boy. t. Sayrob q.), To‘lashariq (Sher. t. 
Kampirtepa q.), Boybo‘ribuloqQunduzbuloq (Sher. 
t. Qizilolma q.), Fotimabuloq, Sotimbuloq (Sher. t. 
Zarabog‘ q.), Mavjakbuloq, Mavlonbuloq (Boy. t. 
Sho‘rob q.), Mo‘minbuloq, Qo‘zibuloq, Xanjarbuloq
(Sher. t. Xatak q.), Shodmonbuloq, Imomqulbuloq 
(Sher. t. Xo‘jaulkan q.), Sharifjilg‘a, Ravshanjilg‘a 
(Sher. t. Kampirtepa q.) Shamanisoy (Boy. t. Sayrob 
q.) ShaydiquduqXolmirzaquduq (Sher. t. Qizilolma 
q.) kabi;
2) toponim + gidronimik aniqlagich: Surxond-
aryo, Boysundaryo, Oltinsoydaryo, Sheroboddaryo
Muzrabotsoy, Oltinsoy (soy), Choshsoy, Bandixon-
soy, Darbanddaryo (Boy. t.), Machaydaryo (Boy. t.), 
Sharg‘undaryo (Sar. t.), Vaxshivordaryo (Oltinsoy t.), 
Elbayonsoy (Sho‘rchi t.), Dashnobodsoy (Sar. t.) kabi. 
3) etnonim + gidronimik aniqlagich: Aymoqariq 
(Sher. t. Kampirtepa q.), Qozoqsoy (Sar. t.), Turkkoriz 
(Sher. t. Pashxurt q.), Qipchoqsoy (Boy. t. Chilonzor 
q.), Turkmanquduq (Sher. t.), Oqlarariq (Den. t.), 
Ochamayshox (Jarqo‘rg‘on t.), Muqriariq (Termiz t), 
Oyinnishox (Sher. t. Qulluqsho q.), Duboyariq (Sar. 
t.) kabi.
II. Sifat + ot (sifat-gidronimik aniqlagich): Qizilar-
iq (Boy. t. Sayrob q.), Qizilhovuz (Sher. t. Xomkon 
q.), Qoraariq (Oltinsoy t. Mirshodi q.), Qorachashma 
(Sher. t. Pashxurt q.), Qizilsoy (Sher. t. Xo‘jaulkan 
q.), Chuchukquduq (Den. t.) kabi. 
III. Son + ot: Beshbuloq (Sher. t. Xomkon q.), 
Beshbuloq (Sher. t. Xo‘jaulkan q.), Beshbuloq (Sher. 
t. Vandob q.), Beshbuloq (Den. t.) kabi.


58
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Shuningdek, qo‘shma gidronimlar sirasiga izofali 
birikmadan yasalgan nomlar ham kiradi. Izofa termini 
arabcha bo‘lib, “qo‘shish va bog‘lash” degan lug‘aviy 
ma’nolarni anglatadi. Aniqlanmish bilan aniqlovchi, 
qaralmish va qaratqich munosabatlarini ifodalovchi 
tushuncha izofa deb ataladi.
1
Izofa qo‘shish, ko‘paytirish demakdir. Hozirgi tojik 
tilida, umuman, eron guruhi tillarida ham so‘zlarning 
aniqlovchili aloqaga kirishuvi izofa tarkibi (tarkibi izo-
fa) deb ataladi. Shuningdek, izofa tarkibini tashkil qil-
gan qismlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi -i, 
-yi ko‘rsatkichlari ham izofa deyiladi.
Forsiy izofa asosida yaratilgan nomlar o‘zbek tili 
gidronimiyasida ham uchraydi. Masalan, Jo‘yi bachi 
she’r, Jo‘yi Yusuf (Boy. t. Darband q.), Jo‘yi Chinor, 
Jo‘yi Kabutiy, Jo‘yi Kalon, Jo‘yi Qayirma (Boy. t. 
Sayrob q.), Jo‘yi Chinor (Boy. t. Panjob q.), Obida-
ra, Obikanchar, Obinargiz, Obizarang (Ko‘hitangtog‘ 
yonbag‘irlari), Sarijo‘y (Sar. t.) kabi gidronimlar ham 
forsiy izofa asosida yaratilgan.
Tarkibli gidronimlar. O‘zbek tili gidronimlarining bir 
qismini murakkab gidronimlar tashkil etadi. N.Begali-
yev bunday gidronimlarni sostavli (tarkibli) gidronim-
lar deb ataydi. U bunday nomlarning asosiy qismini 
ikki komponentli nomlar, ba’zida uch va undan ortiq 
komponentli nomlar tashkil etishini ko‘rsatadi.
Bizningcha, tarkibli gidronimlar sodda va qo‘shma 
tipdagi gidronimlardan farq qilib, birikmaga, ayrim 
hollarda gapga teng bo‘ladi. So‘z birikmasi va gap 
shaklidagi suv obyekti nomlari tarkibli gidronimlar 
hisoblanadi. Masalan. Dushanbe-Qoratog‘ kanali 
(Surxon. v.), To‘polong-Qoratog‘ kanali (Den. t.), Eski 
Xazarbog‘ kanali (Den. t.) kabi. 
O‘zbek tili tarkibli gidronimlarini shakliy tuzilishiga 
ko‘ra o‘z ichida quyidagi tiplarga ajratish mumkin:
Birikma shaklidagi gidronimlar. Surxondaryo gi-
dronimiyasida ham birikma shaklidagi gidronimlar 
salmoqli o‘rin tutadi. Masalan, Sangardak sharshara-
si (Den. t.), To‘palang suv ombori (Uzun t.), Chash-
midilli bulog‘i (Sher. t. Vandob q.), Yangiariq kanali 
(Sar. t.), Sherobod magistral kanali (Qumqo‘rg‘on 
t.), Amu-Zang kanali (Termiz t.), Janubiy Surxon suv 
ombori (Qumqo‘rg‘on t.) kabi.
O‘zbek tilida birikma shaklidagi tarkibli gidronim-
lar aniqlovchi-aniqlanmish xarakteriga ega bo‘lib, 
morfologik jihatdan quyidagi tarkibiy tuzilishiga ega:
a) atoqli ot (antroponim, toponim) + turdosh ot 
(gidronimik aniqlagich): Sherobod magistral kana-
li (Qumqo‘rg‘on t.), Aziz boboning bulog‘i (Sher. 
t. Kampirtepa q.), Odina boboning hovuzi (Sher. t. 
Kampirtepa q.), Imomqulbuloq (Sher. t. Xo‘jaulkan 
q.) kabi;
b) atoqli ot + atoqli ot + turdosh ot (gidronimik 
aniqlagich): Dushanbe-Qoratog‘ kanali (Surxon. v.), 
To‘polong-Qoratog‘ kanali (Den. t.) kabi.
Bunday gidronimlarda suv obyektining o‘rnini: 
boshlanishi, tugashi va yo‘nalishini ifodalovchi atoqli 
otlar juft holda qo‘llanadi.
v) sifat + atoqli ot + turdosh ot (gidronimik 
aniqlagich): Janubiy Surxon suv ombori (Qumqo‘rg‘on 
t.), Eski Xazarbog‘ kanali (Den. t.), Qizil Farg‘ona 
kollektori (Den. t.) kabi.
Bu tipdagi gidronimlar ko‘proq yirik suv obyekt-
larini ifodalaydi. Ularning tarkibida asosan janubiy
shimoliy, g‘arbiy, sharqiy, katta, eski kabi sifatlar 
qo‘llanadi va suv obyektining o‘rnini, oqim yo‘nalishi-
ni, hajmini ifodalaydi. Masalan, Janubiy Surxon suv 
ombori (Surxon. v.), Chap qirg‘oq kanali (Qiziriq t.), 
O‘n tarmoq kanali (Qiziriq t.) kabi.
2. Gap shaklidagi tarkibli gidronimlar: Xoskuy-
di (Sher. t.), Baytalo‘ldisoy (Sher. t. Qizilolma q.), 
Anoro‘ldi (Ko‘hitangtog‘ yonbag‘irlari), Arabo‘ldi 
(Sher. t. Pashxurt q), Eshako‘ldi (Sher. t. Kampirtepa 
q), Oto‘ldi (Sher. t. G‘urjak q.), Oxuno‘ldisoy (Boy. t. 
Machay q.), Kishibilmas (Sher. t. Kampirtepa q.), Bi-
yasig‘mas (Den. t.) kabi.
O‘zbek tili gidronimlari tuzilishiga ko‘ra sodda, 
qo‘shma va tarkibli gidronimlarga bo‘linadi, qo‘shma 
gidronimlar salmoqli o‘rin tutadi. Bu ham gidronim-
lar yasalishida kompozitsiya usulining faol qo‘llanishi 
mahsuli bo‘lib, gidronimlar yasalishining o‘ziga xos 
xususiyatidir.
Resume: The article discusses the structural structure of Surkhandarya hydronyms. Hydronyms of 
Surkhandarya are divided into simple, combined and complex hydronyms according to their structure. This is 
also a product of the active use of the composition method in the creation of hydronyms, and it is one of the 
unique features of the creation of hydronyms.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling