Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Taza Urgȁnch, Ȁnbȁr Manaq, Shavat, Gʻazavat, Vȁzir
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
Taza
Urgȁnch, Ȁnbȁr Manaq, Shavat, Gʻazavat, Vȁzir kabi shaharlar, shuningdek Shavat arna, Gʻazavat arna, Йaрмыш, Urgȁnch arna, Mangʻit arna kabi yirik kanallarning vujudga kelishi xuddi shu davr XVII asrning oxirlari bilan bogʻliqdir. Bu davrga xos toponimik nomlarda “avad” komponentining juda ser- mahsul ekanligini koʻramiz. Haqiqatan ham Xorazm toponimiyasidagi bu elementlarning vujudga kelishini XVI-XVII asrlar bilan bogʻlash mumkin. Shu davrga- cha boʻlgan nomlarning birortasida ham bu element- ni uchratmaymiz. Nazdimizda qala elementidan keyin Xorazm toponimlari yasalishida abad muhim oʻrin tutadi. Gʻulomov toponimlar tarkibida bu kom- ponentning qoʻllanishini ma’lum tarixiy sharoit bilan aloqador boʻlsa kerak deb hisoblaydi. Bu soʻzning ishlatilishi oldingi vayronalarni tiklash, qayta qurish bilan bogʻliq, kanallarning Xonobod, Gʻoznobod, Shohobod deb atalishi yangi qurilish emas, balki es- kining qayta tiklanganini, obod qilganini koʻrsatadi 5 . Haqiqatan Gʻaznobod kanali moʻgʻullar istilosigacha Madra deb yuritilgan. Shundan soʻng uning boshqa nomi paydo boʻladi. Qutlugʻ Temurning 1343-yildagi vaqfnoma hujjatida Nahri Nosiriy deb tilga olingan. Kanalning Gʻaznobod nomi Anushaxonning oʻgʻli Arapxon yorligʻida uchraydi. Demak, 1643-1668-yil- lar orasida bu kanal qayta nomlangan. Bu gidronim Abulgʻoziy nomi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin 6 . Shunday ekan kanal Abulgʻozi davrida qayta tiklangan degan xulosa chiqarish mumkin. Shunday qilib, Xorazm toponimiyasida “obod” komponentining vujudga kelishi ma’lum tarixiy sharoit bilan bogʻliqdir. 1593-yilda Arab Muhammad hukmronligi davrida Xorazmning poytaxti Koʻna Urganchdan Xiva shah- riga koʻchirildi. Shundan keyin xonlik ham shu nom 4 Ishayev A. Qoraqalpogʻistondagi o’zbek shevalari. – Toshkent, 1977. – C. 35. 5 История Хорезма. – C. 82. 6 Gʻulomov Y. Xorazmning sugʻorilish tarixi. – B. 211. 61 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics bilan yuritila boshladi. XVIII asrda Xiva xonligi siyo- siy hayoti turkman urugʻlari bilan Xorazmda hokimyat uchun toʻxtovsiz kurash davri sifatida xarakterlana- di. Bu davrda Xiva xonligidagi siyosiy va iqtisodiy krizis oʻzining eng soʻnggi nuqtasiga borgan edi. Xonlik bir qancha mustaqil viloyatlarga ajraldi. Xo- razmning shimolidagi kuchli viloyatning markazi Qoʻngʻirot shahri boʻldi. Bu viloyat Orol viloyati deb nomlanib, juda koʻplab atrofidagi oʻzbek va boshqa turkiy xalqlar (qozoq, qoraqalpoq kabi)ni birlashtir- gan. Xorazmda qipchoq shevalaridagi Y-lashish va J-lashish, ya’ni ularning ikkiga boʻlinishi shu tarixiy sharoit bilan bogʻliq boʻlsa kerak. Har holda Xorazm shevalarida J-lovchilarning paydo boʻlishi shu davrd- agi Orol viloyati bilan bogʻliq. Bu yerdagi Qoʻngʻirot oʻzbeklari yoki Orol oʻzbeklari deb ataluvchi bu qa- bilalar birlashmasida qoraqalpoq va qozoq qabi- lalarining ta’siri sezilarlidir. Ayrim tadqiqotchilarning Shimoliy Xorazm shevalarini “qozoqlashgan” deyishi yoki ularni “Orol oʻzbeklarining oraliq shevasi” deb nomlashi ham shu murakkab etnolingvistik jaray- on bilan izohlanadi. Haqiqatan ham bu viloyatning shakllanishi uchun asos boʻla oladigan biror etnik uyushma boʻlishi mumkin. Bu uyushma qoraqalpoq biylari va oʻzbek qabila boshliqlarining hamkorligi- da tuzilgan boʻlishi haqiqatga ancha yaqin. Tarixan Dashti Qipchoq hududi (XI-XVI asrlar), soʻngra Oltin Oʻrda hamda Noʻgʻay oʻrdalari, noʻgoy, oʻzbek (qip- choq), qoraqalpoq va qozoq tillarining shakllanishida muhim bosqich boʻlgan. Keyinchalik ham ma’lum tar- ixiy davrlarda mazkur xalqlar hamkorlikda hayot ke- chirganlar. Masalan, qozoq xoni Tovke (1680-1718) davrida qozoq va qoraqalpoq xalqlari birgalikda yashaganlar. Shuningdek, qoraqalpoqlar Amudary- oning quyi oqimidagi yerlarga oʻrnashib qolgandan keyin ham qozoqlar bilan kichik juz qozoqlari birga bu hududda yashaganlar. Xorazm etnotoponimlari tarkibida uchraydigan qozoq va qoraqalpoq xalqi urugʻ va qabilalariga oʻx- shash etnonimik parallellarning vujudga kelishi shu davr bilan bogʻliq. Xorazm shevalarida bunday et- nonimik oʻxshashlikdan tashqari qator leksik-gram- matik mosliklar ham mavjudki, bu koʻpgina tilshuno- slarning diqqatini tortgan edi. Masalan, F.Abdullayev janubiy Xorazm hududida qipchoq oʻzbeklari urugʻla- rining nomi bilan ataluvchi Xitoy, Qoʻngʻirot, Mangʻit, Chigʻatoy, Nukus, Qipchoq kabi qator nomlarining mavjudligini qayd etgan edi. Janubiy Xorazm bu urugʻlarning paydo boʻlishini ham Xorazm tarixidagi Orol oʻzbeklari viloyati bilan bogʻlash kerak. Haqiqa- tan Orol yoki Qoʻngʻirot oʻzbeklari deb atalgan oʻz- beklarning bir qismi keyinchalik Janubiy Xorazm tumanlariga ham koʻchgan edi. Shunday qilib, Xo- razm toponimiyasida uchraydigan “orolli” nomi bilan bogʻliq toponimlar asosida ma’lum bir etnik guruh nomini izlash mumkin emas. Orolli yirik qabilalar it- tifoqini birlashtirgan Orol viloyati nomi bilan bogʻliq. 1740-yilda Eron shohi Nodirshoh Oʻrta Osiyoga hujum boshlaydi. U Buxoroni bosib olgach, Xiva xoni lashkarlarini Xozarasp yaqinida tor-mor qiladi. Shun- dan soʻng Xorazm ma’lum davrgacha Eron shohligiga qaram boʻlib qoladi. Xorazm shevalari leksikasidagi, jumladan toponimiyasidagi fors-tojik tiliga xos koʻp- gina elementlarning vujudga kelishini shu davr bilan bogʻlash haqiqatga ancha yaqin. Bu masalaga ba’zi tilshunos olimlar ham toʻxtalib oʻtishgan. Masalan, A.M.Sherbak Xorazm shevalari leksikasidagi eron elementlarining ma’lum qismi ancha keyin, asosan XVII-XIX asrlarda paydo boʻlganligini qayd etadi. Darhaqiqat, bu davrdagi tarixiy sharoit ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bu paytda Xiva turli koʻchmanchi qabi- lalarning qoʻl bozori hisoblanardi. Ular Xivada oʻzlar- ining tutqun qoʻllari bilan savdo qilardilar. 1779-yilda keltirib sotilgan tutqunlarning koʻpchiligi kelib chiqishi jihatdan eroniylar edi. Ular keyinchalik Xorazmga oʻrnashib, shu yerda qolib ketganlar. Hozirgi davrda Qoʻshkoʻpir tumanining Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling