62
Тилшунослик • Языкознание •
Linguistics
ing nihoyatda koʻpligi bilan xarakterlanadi. Albatta bu
fakt ma’lum tarixiy sharoit bilan bogʻliq. Fikrimizcha,
antroponimlarning sermahsulligi Xorazmda xususiy
mulkchilik, feodal yer egaligining va umuman feodal
munosabatlarning rivojlanganligini koʻrsatadi.
1873-yilda Xiva xonligiga qarshi rus hukumati har-
biy yurish boshladi va natijada u Rossiyaga qoʻshil-
di. Xorazmga ruslarning kelishi xonlikdagi aholining
turmushi, urf-odati va madaniyatida oʻz izini qoldirdi.
Xorazm xalqi ijtimoiy hayotidagi bu oʻzgarishlar un-
ing tiliga, ayniqsa tilning leksik tarkibiga ta’sir etishi
tabiiy edi. Endi rus tilidan
va rus tili orqali boshqa
Yevropa tillaridan kirib kelgan soʻzlar paydo boʻldi
1
.
Oʻris, Nemislar, Uraliski va hokazo.
Xullas, etnografizmlarning vujudga kelishida tarix-
iy omillar oʻz izini qoldirdi. Jumladan, xon, pashshob,
oqsoqol, qoranda (mardikor), bevatan (yollanma ish-
chi), vaxm (vaqf yer), mechiy qavm (mahalla), solgʻiy
(soliq), kengsa (idora) singari koʻplab soʻzlar sheva-
lar leksikasida saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: