Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Philological research: language, literature, education 2022; 5-6(5-6) Qabul qilingan sana
РЕЗЮМЕ. В статье расматривается вопрос о стилистических особенностях английского языка:
формирование, строение, речевые свойства публицистического, художественного, газентого, научно- го, официального стилей. Philological research: language, literature, education 2022; 5-6(5-6) Qabul qilingan sana: 08.11.2022 Nashr etilgan sana: 28.11.2022 ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725 SURXONDARYO GIDRONIMLARINING TARKIBIY TUZILISHI Majidova Shahnoza Komilovna, Termiz davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Gidronimlar geografik xaritalar va planlarning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bilan bir- galikda qonuniy hujjatlarda, hukumat qarorlarida, ma’muriy boshqaruv organlari faoliyatida, xilma-xil ma’lumotnomalarda, ilmiy, ta’lim, axborotga oid va boshqa ko‘plab nashrlarda uchrab turadi. Gidronim ham so‘z, lekin suv havzalari va in- shootlarini ifodalaydigan atoqli ot. O‘zbekiston hudu- didagi barcha gidronimlar o‘zbek tili imlosining amal- dagi qoidalari asosida yoziladi. O‘zbek tili gidronimlari tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va tarkibli gidronimlarga bo‘linadi, miqdoran qo‘shma gidronimlar salmoqli o‘rin tutadi Z. Do‘simov toponimlarning tuzilishiga ko‘ra tas- nifini struktural-tipologik tasnif, deb ataydi va bu jihat- dan toponimlarni quyidagicha guruhlaydi: 1. Affikssiz toponimlar va tub nomlar: Qal’a, Alan, Bo‘z, Jam, Adak, kabi. 2. Affiksal toponimlar yoki yasama nomlar: Tuyachi, Ko‘salar, Toshloq, Tangzor. 3. Prefiksal toponimlar: Poyariq, Bevatan, Sardaha. 4. Indikatorli toponimlar yoki toponim-kompozit- lar. Muallif izohicha, bunday nomlar o‘ziga obyekt yoki uning biror xususiyatini ko‘rsatuvchi toponimik indikatorlar (aniqlagichlar)ni birlashtirgan holda kela- di: Bekobod, Uzunko‘l, O‘rta Chirchiq kabi. Uningc- ha, bu guruhga tojikcha izofali nomlarni ham kiritish mumkin: Shahrisabz, Den.. (Dehinav), Kitob (Kifti ob) kabi. 5. Birikmali toponimlar. Z. Do‘simov ko‘rsatishicha, bunday nomlar butun turkiy tillarga xos bo‘lib, obyekt haqida biror hodisani yoki uning xususiyatini ifodalaydi: Qo‘yqirilgan qal’a, Odam o‘lgan ko‘l, Qizketgan (kanal) va h.k. 1 Mazkur tasnifda guruhlarning nomlanishida gram- matik an’analarga muvofiqlik buzilgan, “Indikatorli toponimlar” guruhida topoformat va indikator aral- ashtirib yuborilgan, guruhlarga berilgan izohga ko‘ra, “Birikmali toponimlar” guruhiga kirishi lozim bo‘lgan O‘rta Chirchiq toponimi indikatorli toponimlar gu- ruhiga kiritilgan. Bizningcha, prefiks ham affiksligiga ko‘ra 2-, 3-guruhlarni birlashtirib “Affiksli toponimlar” deb nomlansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Shuning- dek, Poyariq toponimidagi poy prefiks emas. Tojik- cha izofali nomlarni ham birikmali toponimlar sirasiga kiritilsa to‘g‘riroq bo‘lardi. 1 Do‘simov Z. Toponimlar tasnifi masalasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti. 1978, -№1. – B. 19-20. 1 The belles-lettres style is now generally applied (when used at all) to the lighter branches of literature. 56 Тилшунослик • Языкознание • Linguistics Z. Do‘simov, boshqa bir o‘rinda, Xorazm toponim- larini morfologik strukturasiga ko‘ra quyidagi gu- ruhlarga ajratadi: 1. Apellyativ nomlar. 2. Formantli nomlar. 3. Ind- ikatorli nomlar. 1 Bu tasnif avvalgisidan ancha mukammalroq. X. Xolmo‘minov Boy. mikrotoponimiyasi asosida toponimlarni tuzilishiga ko‘ra uch turga ajratadi: 1) sodda nomlar; 2) qo‘shma toponimlar; 3) murakkab nomlar. X. Xolmo‘minov qo‘shma toponimlarga kompozit- siya usuli bilan yasalgan qo‘shma hamda juft nomlar kirishini ko‘rsatadi va misol sifatida Dortosh, Fotimab- Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling