Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi Reja
Download 205.81 Kb.
|
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dekstranaza- (1,6
- Aspergillus
- Penicillium notatum
- Protenizalar
- Bacillus subtillis
Glyukoamilaza-(1,4-a-D-glyukan-glyukanogidrolaza) asosan zamburug‘larda keng о‘rganilgan. Asp.niger zamburug‘ida u molekulyar massasi 100 000 dalton atrofida bо‘lgan ikkita glikoproteinlardan iborat. Demak, bu fermentni xususiyatlari bir-biridan farq qiladigan ikkita formasi (shakli) mavjud.
Dekstranaza-(1,6-a-D-glyukan-glyukanogidrolaza) dekstrindagi 1,6-glikozid bog‘iga ta’sir qiladi. Laktoza yoki b-galoktozidaza (b-D-galoktozid-galoktogidrolazalar) laktozani glyukoza va galaktozaga aylantiradi. Bu ferment E.Coli, Asp.niger, Sacch.cerevisiae, Curvularia inaqualis, Alternaria tenuis va ayrim boshqa mikroorganizmlarda sintez bо‘ladi. Invertaza-(b-D-fruktofuranozid-fruktogidrolaza) saxarozani glyukozaga va fruktozaga parchalaydi. Uni Aspergillus turkumi vakillari (Asp.awamori, Asp.batatae, Asp.niger), achitqi zamburug‘i Bacillus subtilis va Bac.diastaticus larning alohida shtammlari hosil qiladi. Sellyulolitik fermentlar (sellyulozalar) - faol oqsillarning murakkab kompleksidar. Sellyuloza molekulasining har xil bog‘lariga ta’sir qiladi, S komponent (ekzonukleaza) tabiiy holdagi sellyulozaga (paxta, filtr qog‘ozi) ta’sir qiladi, Sx-komponenti (endonukleaza) eriydigan shaklga о‘tkazilgan kletchatkani (karbosimetilsellyulozani) gidrolizlaydi. Sellyuloza bilan bir qatorda mikroorganizmlar sellobiaza (b-glyukozidaza) hosil qiladi, bu ferment sellyulozani va gemitsellyulozani parchalaydi. Sellyulozani gidrolizining oxirgi bosqichi, glyukoza hosil bо‘lishi bilan tugallanadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan sellyulotik ferment preparatlari odatda S1 va Sx va shunga о‘xshash sellobiaza va gemitsellyulaza fermentlari bо‘lib, bu preparatlarning rN kо‘rsatkichi 3,0 dan 8,0 gacha. Mana shu rN lar oralig‘ida ular turg‘undirlar. Sellyulozani hosil qiluvchilar kо‘pincha mitselliali zamburug‘lardir, shulardan Penicillium notatum, P.vuriabili, P.iriense, Trichoderma roseum, Verticillium alboatrum va boshqalardir. Pektinazalar - pektinni parchalovchi fermentlar sintez qiladi. Pektolitik fermentlar kompleks hosil qiladi, uni alohida komponentlari pektin molekulasini har xil joylaridan parchalaydi. Pektinazalar (poligalakturonazalar) mikroorganizmlarda keng tarqalgan bо‘lib, о‘simliklarda kam uchraydi. Protenizalar yoki teazalar-(peptid-gidrolazalar oqsil molekulasidagi peptid bog‘larini uzish reaksiyasini kataliz qiladi, natijada erkin aminokislotalar di- va polipeptidlar hosil qiladi. Bunday fermentlar juda kо‘p. Ulardan ayrimlari kristall holatda olingan. Mikroorganizmlar proteinazasi о‘zlarining xossalari bitlan tubdan farq qilishi mumkin. Ular neytral bо‘lishi mumkin (Bacillus subtillis, Asp.terricola), kislotali (Asp.foetidus) va ishqorli, ya’ni rN ning har xil darajasida faoldirlar. Ayrim mikroorganizmlar bir qancha proteinazalar sintezlash qobiliyatiga egadirlar. Masalan: Actinomyces fradiae 6 ta proteinaza sintezlaydi. Download 205.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling