Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi Reja


О‘sayotgan mikroorganizmlarni о‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan kislorod bilan ta’minlash


Download 205.81 Kb.
bet6/15
Sana20.06.2023
Hajmi205.81 Kb.
#1635851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi

О‘sayotgan mikroorganizmlarni о‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan kislorod bilan ta’minlash;

  • Gaz kо‘rinishidagi moddalar bilan ifloslangan havoni chiqarib tashlash;

  • Mikroorganizmlarning о‘sish jarayonida hosil bо‘ladigan issiqlikni qisman bartaraf qilish yoki chiqarib tashlash.

    Mikroorganizmlarni qattiq ozuqa muhiti sirtida о‘stirishda vujudga kelgan issiqlikni chiqarish masalasi katta ahamiyatga ega.


    Shuning uchun mikroskopik zamburug‘larni о‘stirishda ularning о‘sish bosqichlariga katta e’tibor berish kerak, chunki aynan shu guruh mikroorganizmlar qattiq ozuqa muhiti sirtida о‘stiriladi.
    Birinchi guruh – zamburug‘ sporasi yoki konidiyalarini bо‘kish va rivojlantirishdir. Uning muddati 10-12 soatga chо‘ziladi. Bu bosqich aytarli issiqlik ajralishi bilan kuzatilmaydi va ozuqa muhiti komponentlari о‘zgarmaydi.
    Ozuqa muhiti sirtida pо‘panak hosil bо‘lishi bilan ikkinchi bosqich (tropofaza) mitseliyalarning faol о‘sish bosqichi boshlanadi. U odatda 12-40 va shu bilan birga ozuqa muhitidagi moddalarni kо‘p miqdorda iste’mol qilishi, issiqlik, is gazi va suv ajratishi bilan davom etadi. Bunda mikroorganizm ozuqani mitseliyalari bilan tо‘liq о‘rab oladi. Aynan mana shu bosqichda kо‘p miqdorda issiqlik ajraladi va umumiy ajraladigan issiqlikning 75-80 % ni tashkil qiladi.
    1 tonna kultura bir soat davomida faol о‘sish bosqichida 7,6 m3 ga yaqin kislorodi о‘zlashtiradi yoki havoga bо‘lgan nisbatda esa 36,5 m3 ni о‘zlashtiradi. Zamburug‘larni mо‘tadil о‘sishi umumiy havoning sarfi о‘rta hisobda 1 tonna kultura uchun 600-650 m3 ni tashkil qiladi.
    Uchinchi bosqich (idiofaza) kulturani morfologik va biokimyoviy ixtisoslashishi kuzatiladi, ya’ni bunda mikroorganizmlar koloniyalarni va ikkilamchi metabolitlarni hosil qiladilar. Ushbu bosqichda mikroorganizmlar hujayra tashqarisiga chiqariluvchi fermentlarni hosil qiladilar. Bunda о‘stirish xonalarida haroratni 3-40S ga tushirish va havo almashtirishni 3-5 martaga kamaytirish zarur.
    Mikroorganizmlarni suyuq ozuqa muhitlarida о‘stirish davomida ham havo bilan ta’minlashga va is gazi bilan ifloslangan havoni fermentyordan chiqib ketish rejimiga e’tibor berish kerak. Masalan, bir kultura har xil aeratsiya sharoitlarida bir xil fermentni har xil xususiyati bilan hosil qilishi mumkin. Umuman olganda, havo bilan ta’minlash mikroorganizmni о‘stirish jarayonini va ferment hosil qilishni tezlashtiradi.
    О‘stirish davomiyligi ham muhim kо‘rsatkichlardan biri bо‘lib, u maksimum ferment ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi. U juda kо‘p omillarga bog‘liq: ozuqa muhiti tarkibi va uni produsentga uzatish usuli, muhitni havo bilan ta’minlanganlik darajasi, produsent turi, ferment xususiyati va boshqalardir. О‘stirish davomiyligi kо‘pincha produsentning fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Masalan, B.mesentericus PB uchun - 36 soat bо‘lsa, Asp.awamori uchun esa 144 soatni tashkil etadi.


    Download 205.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling