Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi Reja


Hayvonlarni ozuqasida foydalaniladi


Download 205.81 Kb.
bet5/15
Sana20.06.2023
Hajmi205.81 Kb.
#1635851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Proteinaza fermentining sulfogidril birikmalar yordamida aktivlanishi

Hayvonlarni ozuqasida foydalaniladi;

  • Ferment bilan ozuqaga ishlov berib, ularni hazm bо‘lishi oshiriladi.


    Fermentlar ishlab chiqarish texnologiyasi
    Fermentlarni produsentlarini о‘stirish ularni qattiq va suyuq ozuqa muhitlariga ekish usullari bilan olib boriladi. Qattiq ozuqa muhitlarining yuza qismida faqat aerob mikroorganizmlarni о‘stirish mumkin.
    Suyuqlik ichida о‘stirish asosan mikroorganizmlar suyuq ozuqa muhitida о‘stiriladi va bunda ham aerob, ham anaerob mikroorganizmlarni о‘stirish mumkin. Fermentlarning aksariyat produsentlari aerob bо‘lgan mikroorganizmlardir va shuning uchun qattiq va suyuq ozuqa muhitlarida о‘stirilganda uzluksiz havo bilan ta’minlab turiladi.

    Fermentlar produsentlarini о‘stirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
    Fermentlarning hosil bо‘lish jarayoniga tashqi muhit sharoiti, ozuqa moddalari tarkibi, ularning miqdori, metabolitlarning chiqishi, muhitda faol kislotaning о‘zgarishi, harorat, muhitning erigan kislorod bilan tо‘yinishi, produsent kulturasining holati va о‘stirish muddatlari, shuningdek boshqa omillar ta’sir etadi.
    Bu fermentlarning ahamiyati va ferment bо‘lgan ta’sir darajasi turlicha bо‘lib, ular asosan mikroorganizmni о‘stirish usuli produsentlarning fiziologik xususiyatlariga bо‘ysungan holda kechadi. Biroq, ba’zi umumiy qonuniyatlarga e’tibor berib о‘tish kerak.
    Mikroorganizmlarni о‘stirishda qattiq va quruq ozuqa muhitlarining namligi juda katta ahamiyatga ega. Agarda muhitning namligi 11-20 % atrofida bо‘lsa, mikroorganizmlar umuman о‘smaydi. Birmuncha kо‘proq о‘sishni namlik 30 % bо‘lganda kuzatish mumkin. Namlikning 40-45 % bо‘lishi mikroorganizm kultursining mо‘tadil о‘sishiga va spora hosil qilishiga juda qulay sharoit hisoblanadi. Bu holat spora hosil qiluvchi ferment produsentlarining ekish materiallarini olishda ishlatiladi. Muhitning namligi 53-58 % bо‘lganda hosil qilingan fermentlarning tо‘planishi kuzatiladi. Namlik 60-68 % bо‘lganda fermentlarning biosintezi pasaya boshlaydi va bu holat ozuqa muhiti ichiga kiradigan havoning yomon о‘tishi bilan tushuntiriladi.
    Kulturalarni qattiq ozuqa muhitida о‘stirish natijasida uning tarkibidagi quruq moddalarning miqdori kamayib, SO2 va suvga aylanadi. Shu sababli, agarda mikroorganizmni о‘stirish yopiq idishlarda (kolba, maxsus kyuvetalar) va h. k. olib borilsa, bug‘lanish natijasida namlikning ortishi kuzatiladi. Agarda о‘stirish jarayoni ochiq idishlarda olib borilsa, kulturani ozuqa muhitining qurib qolishi va hosil bо‘lgan mahsulot faolligi kamayishi kuzatiladi. Namlikning darajasi va mо‘tadilligi har bir о‘stirilayotgan produsentning fiziologik xususiyatlariga, ozuqa muhit tarkibi va boshqa omillarga bog‘liq bо‘lib, har bir omil tadqiqot yо‘li bilan aniqlanadi.
    О‘sayotgan kulturani havo bilan ta’minlash darajasi kо‘pincha о‘stirish usuli va ferment produsentlarining fiziologiyasi bilan belgilanadi. Bu jarayon asosan uch maqsadni oldiga qо‘yadi :
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling