Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
о ‘ngda - nanotrubkani gorizontal ко 'rinishi va uni kattalashtirilgan
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nanobosma usulida hujayra membranaiariga qanday joy ajratilgan
о ‘ngda - nanotrubkani gorizontal ко 'rinishi va uni kattalashtirilgan
fragmenti. Nanobiotexnologiyaning eng muhim yutuqlaridan biri - boshqa riluvchan oqsil-lipidli nanotrubkalar yaratilishi bo‘ldi. Membranalami va mikrotrubkalami lipidli qo‘shqavatini elektrik zarya- dini o‘zgartirib, nanokonstrukturalar ochiq yoki yopiq nanotmbkalar yaratishga erishdi (80-rasm). Bu esa, nanotrubkaga modda kiritish yoki undan moddalami chiqarib olishni boshqarish imkonini yaratdi. Hozirgi vaqtda, nanotrubkalami ichki bo‘shlig‘iga dorivor moddalar yoki gen kiritib, ulami organizmni kerakli qismiga yetkazib bera oladigan konstruksiyalarini yaratish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Liposomalarga o‘xshab boshqaruvchan oqsil-lipidli nanotrubkalar, kerakli moddalami plazmatik membranalar orqali, tirik hujayrani aniq bir uchastkasiga yetkazib berish imkonini yaratadi. 136 Biologik membranalami nanokonstruksiyalarda ishlatilishini xilma- xilligi va bu sohada olib boriladigan ishlami kengayib ketishi, tadqiqotchilar oldiga yangi va yanada murakkab vazifalar qo‘ydi. Shunday vazifalardan biri - biologik membranalar nanobosmani amalga oshirishda yordam ko‘rsatish mumkinmi? - degan savolga javob topish bo‘ldi. Bu savolga javob topishga birinchilardan bo‘lib, AQSH va Germaniya mamlakatlarining xalqaro jamoasi kirishdi va ular nanobosmani yoki nanolitografiyani asl (original) usulini yaratdi. Nanobosma usulida hujayra membranaiariga qanday joy ajratilgan? Lipidlar xuddi hujayra membranalarini tuzilishida qatnashgan- laridek «siyoh» vazifasini bajaradi. Kremniydan yoki shishadan yasalgan plastinkalarga surtish uchun tadqiqotchilar atom-kuchli mikroskopdan foydalangan. Buning uchun alohida tadqiqot sharoiti tanlangan. Muhitni namligini va nanoobrazni qurish tezligini nazorat qilib, tadqiqotchilar ma’lum ketma-ketlikka rioya qilgan holda bir necha qavat lipidlarni cho‘ktirgan. Lipidlar substrat sirtida cho‘ktirilganlarida lipidli qo‘shqavatlar hosil qilgan. Lipidlarni bu ikki qavatidagi molekulalararo o‘zaro ta’sirni qaytargan. Lipidlardan nanoobrazlar har xil materiallarda (masalan, kremniy, polistirol) bosib chiqilgan. Zaruriyat bo‘lganida nanobosma (nanopechat) usuli yordamida katta miqdorda hujayra membranalarini olish ham mumkin. Tadqiqotchilami fikrlariga ko‘ra, nanopechat usuli hujayra membranalarini qanday faoliyat ko‘rsatayotganligini tushunishni osonlashtirish, hatto bunday tushunchani yaqinlashtirish ham mumkin. Buning asosida, dorivor moddalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri organizm hujayrasiga yetkazib berishni yangi usullarini yaratish ham mumkin. Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling