Q. Yu. Nazirov kamondan oʻq otish


Energiyaning sutkalik sarflanishini aniqlash


Download 2.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/99
Sana18.11.2023
Hajmi2.05 Mb.
#1785810
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99
Bog'liq
DARSLIK 2023 йил октябр 2

Energiyaning sutkalik sarflanishini aniqlash 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchilarga ovqatlanish, ovqatlanish 
tartibi, oziq moddalarning tarkibiy va miqdoriy qismlari katta amaliy ahamiyatga ega. 
Ovqatlanish qoidalariga amal qilish uchun har bir sportchi bir kunda qancha kaloriya 
(kilokaloriya) energiya sarflashini bilishi kerak. Shu bir kunda sarflangan energiya 
miqdori maʼlum boʻlgandan soʻng qanday oziq moddalar isteʼmol etishi, bir kunda 
necha marotaba ovqatlanishi, oziq moddalarning tarkibini aniqlash kerak boʻladi.
Asosiy modda almashinuvi va uni hisoblash 
Kundalik hayotimizda kechadigan har qanday harakat energiya sarflanishi 
hisobiga boradi, bu energiyani toʻldirish esa oziq moddalarda boʻladigan potensial 
kimyoviy energiya hisobiga boʻladi. Energiya issiqlik chiqarish yoʻli bilan hosil 
boʻladi. Shuning uchun ham organizm tomonidan har bir harakat jarayonida 
sarflanadigan va bu sarflangan energiyani toʻldirish uchun qabul etilgan oziq moddalar 
issiqlik birligi – kaloriya bilan ifodalanadi. Bu birlik ikki hil boʻladi – kaloriya (kal) va 
kilokaloriya (Kkal). Bir kilokaloriya (Kkal) bir kg suvni 1
0
koʻtarish uchun ketgan 
issiqlik miqdoriga teng. Bir kunda kerak boʻladigan issiqlik miqdori-asosiy modda 
almashinuvidan, ovqatlanayotgan vaqtda ketgan energiya miqdoridan va tanani 


88 
kundalik bajaradigan jismoniy ishlari jarayonida ketgan energiya miqdoridan iborat 
boʻladi. Bu yuqorida qayd qilinganlarga qisman alohida – alohida toʻxtalib oʻtamiz.
Tana tamomila tinch turgan vaqtda ichki aʼzolarning ish qobiliyati uchun ham 
energiya sarf boʻladi, (yurakning ishi, oʻpka harakatlari, buyrak funksiyasi, ovqat hazm 
qilish traktining funksiyasi) va tana hayotini minimal taʼminlash uchun ertalab va uy 
haroratida tana uchun ketgan energiya asosiy modda almashininuvi deb ataladi. 
Asosiy modda almashinuviga ketgan energiya juda koʻp holatlarga bogʻliqdir. Sogʻlom 
odam tanasidagi asosiy modda almashinishi oliy nerv faoliyati holatiga, boʻyiga, 
ogʻirligiga, jinsiga, yoshiga, ovqatlanganligiga, ichki sekretsiya bezlarining holatiga 
bogʻliqdir. Balogʻatga etgan sogʻlom odamda asosiy modda almashinishi taxminan 1 
kg vazn ogʻirligiga 1 soatda 1 Kkal miqdorida boʻladi. Asosiy modda almashinishini 
aniq bilib olish tanada gazlar almashinishiga asoslangan. Sogʻlom odamlarda gazlar 
almashinishiga asoslanib oʻlchangan juda koʻp tekshirishlar asosida jadvallar tuzilgan. 
Bu jadvallarga asoslanib modda almashinishini aniqlash uchun odamni jinsini, 
ogʻirligini, yoshini, boʻyining uzunligini bilish kerak boʻladi. Birinchi jadval 
yordamida jinsiga va vazn ogʻirligiga qarab sarflangan energiya miqdori aniqlanadi. 
Ikkinchi jadval yordamida boʻy uzunligi, jinsi va yoshiga asosan energiya miqdori 1-
jadvalda aniqlanadi. Har ikkala topilgan energiya miqdori qoʻshilsa asosiy modda 
almashinishi Kkal hisobida kelib chiqadi.

Download 2.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling