Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Kasalligi tufayli ta’til berish tartibi


Download 120.44 Kb.
bet6/9
Sana13.10.2020
Hajmi120.44 Kb.
#133502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Харбий хизмат буйича


3-§. Kasalligi tufayli ta’til berish tartibi

265. Kasalligi tufayli ta’til muddati kasallikning xususiyatiga qarab belgilanadi. Tinchlik davrida davolash muassasalarida uzluksiz davolanish va kassaligi tufayli ta’tilda bo‘lishning muddati hammasi bo‘lib to‘rt oydan oshmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan alohida kasalliklar bo‘yicha uzoqroq muddat davolanishda bo‘lish hollari bundan mustasno. Bu muddat davolash muassasaning xulosasiga asosan vazirlik rahbarining qarori bilan uzaytirilishi mumkin. Uzluksiz davolanishda va kasalligi tufayli ta’tilda bo‘lishning belgilangan muddati tugashi bilan harbiy xizmatchilar ularning harbiy xizmatga yaroqliligi masalasini hal qilish uchun harbiy-tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tishi lozim.

266. Kasalligi tufayli ta’til navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi.

267. Jangovar harakatlarda qatnashish, terrorchi tashkilotlarning qurollangan tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajarish yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish vaqtida jarohatlangan (yarador bo‘lgan, travma olgan, kontuziya bo‘lgan) harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatga yaroqliligini aniqlash bo‘yicha tibbiy ko‘rik statsionar davolanishning muddatidan qat’i nazar, u tugagandan so‘ng o‘tkaziladi.



4-§. Kanikulyar ta’tillar berish tartibi

268. Kanikulyar ta’tillar oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv semestrlari tugagandan so‘ng quyidagi muddatlarga beriladi:

a) yozgi kanikulyar ta’til — o‘ttiz sutka;

b) qishki kanikulyar ta’til — o‘n besh sutka.

Yozgi kanikulyar ta’til asosiy, qishkisi esa qo‘shimcha hisoblanadi.

269. Kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. Asosiy kanikulyar ta’tilni o‘tkazish joyiga (o‘qish yakunlanadigan yili — ta’tilni o‘tkazish va harbiy xizmatni o‘tash joyiga) bepul borish va qaytib kelish huquqi har yili beriladi.



5-§. Qo‘shimcha ta’tillarni berish tartibi

270. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga quyidagi qo‘shimcha ta’tillar beriladi: oliy ta’lim muassasalarigaoliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutlariga kirish imtihonlarini topshirish va ularda tahsil olish vaqtida (biroq yiliga ko‘pi bilan bir marta); ijodiy; oilaviy sharoiti tufayli; jangovar harakatlarda qatnashganligi uchun; rag‘batlantirish tariqasida.

271. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarini topshirishga ruxsat etilgan harbiy xizmatchilarga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni topshirish uchun o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatga o‘quv ta’tili beriladi.

Doktoranturaga qabul qilinayotgan harbiy xizmatchilarga o‘quv ta’tili berilmaydi.

Harbiy xizmatchining kirish imtihonlarini topshirishiga ruxsat etilgani to‘g‘risidagi ta’lim muassasasi boshlig‘i tomonidan imzolangan xabarnoma o‘quv ta’tili berish uchun asos hisoblanadi.

272. O‘quv ta’tilining muddati ta’lim muassasasi joylashgan joyga borish va qaytish vaqtiga uzaytiriladi.

273. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga dam olish va bayram kunlaridan tashqari haftada bitta bo‘sh kun beriladi. Beriladigan bo‘sh kunlar harbiy qism komandirining (boshliqning) buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarga malakaviy imtihonlarni topshirish uchun xizmat joyidan ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi joylashgan joygacha borish va qaytish vaqtini hisobga olmagan holda o‘ttiz sutka beriladi.

274. Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga harbiy xizmatni ilmiy ish bilan muvaffaqiyatli ravishda birga qo‘shib olib borish sharti bilan, u ilmiy daraja izlanuvchisi bo‘lgan o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashining tavsiyasiga binoan komandir (boshliq) tomonidan vazirlik rahbari belgilagan tartibda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar beriladi:

a) fan doktori (DSc) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun olti oygacha;

b) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bo‘yicha izlanuvchi uchun — dissertatsiyani tugatish uchun uch oygacha.

275. Uchuvchilar tarkibi va ayrim boshqa mutaxassislar orasidan bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning alohida toifalari uchun, ular tomonidan inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi vazifalar (ish, mashqlar) bajarilgandan so‘ng tibbiy reabilitatsiya olib boriladi, ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklarning sanatoriylari, dam olish uylari va bazalarida profilaktik dam olish tashkillashtiriladi.

Bunday sog‘lomlashtirish tadbirlarining zaruriyati tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha harbiy-tibbiy xizmatlar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida belgilanadi.

Harbiy xizmatchilarga tibbiy reabilitatsiya doirasida profilaktik dam olish uchun qo‘shimcha sutkalarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

276. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchiga o‘n sutkagacha, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisiga yig‘inlar davomida uch sutkagacha bo‘lgan muddatga, ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelishga ketadigan vaqtni hisobga olmagan holda, oilaviy sharoiti munosabati bilan ta’til beriladi:

a) yaqin qarindoshi sog‘lig‘i holatining og‘irlashgani yoki vafot etishi (halok bo‘lishi);

b) harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshining boshiga tushgan yong‘in yoxud boshqa tabiiy ofatlar sodir bo‘lishi;

v) harbiy xizmatchi oilasining yonida bo‘lishi zarur bo‘lgan boshqa favqulodda holatlarda — harbiy qism komandirining qarori bilan.

Bunday ta’til berilishiga sabab bo‘lgan sharoitlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

277. Jangovar harakatlarda qatnashgan, qurollangan noqonuniy tuzilmalarini aniqlash va yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyalarni o‘tkazish mobaynidagi jangovar vazifalarni bajargan, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qo‘shimcha ta’tillar beriladi.

278. Muddatli harbiy xizmatchilarga rag‘batlantirish tariqasida ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun zarur vaqtni hisobga olmagan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga bitta ta’til berilishi mumkin.

279. Qo‘shimcha ta’tillar navbatdagi ta’tillar hisobiga qo‘shilmaydi.



6-§. Homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarishlash uchun ta’tillar berish tartibi

280. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish, bolani parvarishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ta’til beriladi. Bunda ularga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.

281. Bola (bolalarni) asrab olgan ayol harbiy xizmatchiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bolani parvarishlash uchun ta’til beriladi.

282. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili pul ta’minoti saqlangan holda, bolani parvarishlash ta’tili esa pul ta’minoti saqlanmagan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda beriladi. Ayol harbiy xizmatchilarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili ularning bildirgisi va tegishli tibbiy muassasalarning ma’lumotnomalariga asosan beriladi. Ayol harbiy xizmatchilar bolani parvarishlash uchun berilgan ta’til muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishish huquqiga ega.

Qonunchilikda belgilangan alohida hollarda bolani parvarishlash ta’tili erkak harbiy xizmatchilarga ham berilishi mumkin.

283. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari vaqti harbiy unvonlar, oddiy askar, serjant va ofitsyerlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat muddatiga umumiy ish staji uchun foizli ustama haq to‘lash, uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lash, shuningdek og‘ir iqlim sharoitli joylarda xizmat qilganini hisobga olgan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

Ayol harbiy xizmatchilarning farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun jami uch yildan ko‘p bo‘lmagan ta’tilda bo‘lish vaqti oddiy askar, serjant va ofitsyerlar tarkibi lavozimlaridagi xizmat umumiy ish staji uchun foizli ustama haq to‘lash, shuningdek og‘ir iqlim sharoitli joylarda xizmat qilganini hisobga olmagan holda pensiyani hisoblashda xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi. Bunda xizmat muddati uzluksiz xizmati uchun bir martalik pul mukofotini to‘lashda ularga qo‘shib hisoblanmaydi.

284. Homiladorlik va tug‘ish ta’tillari navbatdagi ta’til hisobiga qo‘shilmaydi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki bevosita undan keyin ayol harbiy xizmatchilarga ularning xohishiga ko‘ra joriy yil uchun navbatdagi ta’til beriladi.

285.Bolani parvarishlash uchun ta’til tugaydigan yildagi navbatdagi ta’til kalendar yilning oxirigacha bu ta’til tugagan kundan boshlab kalendar yilining oxirigacha bo‘lgan vaqtga proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ikki yarim kun hisobida hisoblanadi va ushbu Nizomning 250-bandida belgilangan talablar hisobga olingan holda beriladi.

286. Ayol harbiy xizmatchilar kasal bolani parvarishlash uchun tibbiy muassasaning tegishli hujjatlari bilan tasdiqlangan butun davr uchun maoshi saqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddat va tartibda xizmat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi.

287. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan erkak harbiy xizmatchining turmush o‘rtog‘i tug‘ruq vaqtida vafot etgan taqdirda, shuningdek agar u o‘n to‘rt yoshgacha (nogironligi bo‘lgan bolani o‘n olti yoshgacha) bo‘lgan bir yoki bir nechta bolalarni onasisiz (u vafot etgan yoki halok bo‘lgan, onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat davolash muassasasida bo‘lgan va bolalarga onalik parvarishi berilmagan boshqa holatlarda) tarbiyalayotgan bo‘lsa, uning iltimosiga ko‘ra uch oygacha muddatga bir marta qo‘shimcha ta’til beriladi.

7-§. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tartibi

288. Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olishga faqatgina favqulodda xizmat zarurati yuzaga kelgan holatda vazirlik rahbarining qarori bilan yo‘l qo‘yiladi.

Harbiy xizmatchini ta’tildan chaqirib olish tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

289. Harbiy xizmatchi ta’tildan chaqirib olinganda uning foydalanilmagan qismi joriy yilda beriladi.



10-bob. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish

290. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatdan rezervga, harbiy hisobdan chiqarilgan taqdirda esa iste’foga bo‘shatiladi.

Rezervda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan yoki harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan yoxud boshqa davlatning fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar iste’foga bo‘shatiladi.

291. Harbiy xizmatchini haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:

a) yosh bo‘yicha — u harbiy xizmatda bo‘lishining belgilangan yosh chegarasiga yetganda, shu jumladan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda uzaytirilgan harbiy xizmat muddati tugashi bilan;

b) muddatli harbiy xizmatning muddati tugashi bilan — chaqiruv bo‘yicha muddatli harbiy xizmatning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddati tugashi bilan (bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda);

v) kontrakt muddati tugashi bilan — bo‘shatish uchun boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda, agar amaldagi kontraktning tugash vaqtida harbiy xizmatchi yoki vazirlik tomonidan yangi kontrakt tuzmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa;

g) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy xizmatchidan xizmatda foydalanishning imkoni va uni bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda;

d) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra — u harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganligi munosabati bilan;

e) tomonlardan birining (harbiy xizmatchi yoki vazirlik) tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan;

j) intizomsizligi sababli kursantlar oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi munosabati bilan, bo‘shatishga boshqa asoslar bo‘lmagan taqdirda;

z) harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakat sodir etganda;

i) davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasidan mahrum qilingan taqdirda;

k) ozodlikdan yoki harbiy unvondan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lgan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirganda;

l) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda yoxud boshqa davlatning fuqaroligi mavjud bo‘lganda.

292. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo choralarini nazarda tutuvchi sud hukmi qonuniy kuchga kirgan yoki uning aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmasdan oldin jinoiy ish to‘xtatilgan yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish rad etilgan bo‘lsa, uni harbiy xizmatdan bo‘shatish yoki harbiy xizmatda qoldirish to‘g‘risidagi qaror attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega mansabdor shaxs tomonidan qabul qilinadi.

Ko‘rsatilgan qaror qonuniy kuchga kirgan sud ajrimi yoki hukmi, tergov yoki dastlabki tergov organining qarori kelib tushgan kundan boshlab ikki oylik muddatda qabul qilinadi.

293. Sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosini olgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan asoslarda hukmda belgilangan jazo muddati tugagunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. Bunday holatda komandir (boshliq) jazo muddatining qolgan qismini boshqa jazoga almashtirish yoxud jazoni o‘tashdan ozod qilish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun sudga materiallarni taqdim etadi.

294. Agar sud hukmi bilan xizmat bo‘yicha cheklash jazosi tayinlangan harbiy xizmatchiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirguniga yoxud komandirning (boshliqning) hukm ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqquniga qadar jazoni o‘tashdan ozod etilgan holda amnistiya akti qo‘llanilgan bo‘lsa, harbiy xizmatchini bo‘shatish masalasi attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda qo‘mondonlik tomonidan hal etiladi.

295. Harbiy xizmatchiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilayotgan yoki jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan davrda, agar bo‘shatishning sabablari jinoiy ta’qib bilan bog‘liq bo‘lmasa, u qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin.

296. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish ular xizmatni o‘tayotgan vazirliklar rahbarlari, shuningdek vazirliklar rahbarlari tayinlagan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

297. Harbiy xizmatchilarni haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar bu huquqdan faqat o‘zining bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan harbiy xizmatchilarga nisbatan foydalanishlari mumkin.

298. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchida harbiy xizmatdan bo‘shash uchun bir necha asoslar bo‘lsa (yosh bo‘yicha, kontrakt muddati tugashi bilan, tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, harbiy-tibbiy komissiya tomonidan u harbiy xizmatga yaroqsiz deb topganligi, harbiy xizmatchining tashabbusiga ko‘ra kontrakt muddatidan oldin bekor qilinganligi munosabati bilan), u o‘zi tanlagan asosda xizmatdan bo‘shashi mumkin.

299. Huquqlarini buzmagan holda xizmatdan bo‘shatish imkoniyatini obyektiv istisno qiluvchi sharoitlarda (tibbiy muassasada statsionar davolanish, homiladorlik, tug‘ish va bolani parvarishlash ta’tilida, asirlikda, garovga olingan holatda yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa vaziyatlarda bo‘lish) bo‘lgan harbiy xizmatchilar mazkur holatlar bartaraf etilmagunga qadar haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilishi mumkin emas.

300. Sud O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ayblanuvchi yoki sudlanuvchi harbiy xizmatchini lavozimidan chetlatish huquqiga ega.

Sudning qaroriga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etilgan harbiy xizmatchi ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha bo‘shatilmasa, ushbu muddat davomida tegishli komandirning (boshliqning) ixtiyoriga o‘tkaziladi.

301. Harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

302. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim qilishdan oldin u tomonidan harbiy xizmatni o‘talgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritiladi, zarur hollarda kalendar hisobida va alohida imtiyozli sharoitlardagi xizmat muddatiga kiritilishi uchun uning xizmat davrlari hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

Harbiy xizmatchiga u bo‘shatilgunga qadar hisoblab chiqilgan xizmat muddati to‘g‘risida ma’lum qilinadi. Xizmat muddatini hisoblash bo‘yicha harbiy xizmatchining e’tirozlari komandir (boshliq) tomonidan ko‘rib chiqiladi va harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etilgunga qadar u bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.

303. Harbiy-tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va shu sababli bo‘shatilgan harbiy xizmatchini harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarish harbiy qism tomonidan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq olingan kundan boshlab bir oydan (oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmatchilarni — uch kundan) kechiktirmasdan amalga oshiriladi.

304. Oliy harbiy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin o‘qishni tugatgandan so‘ng tuzilgan kontrakt bo‘yicha ko‘zda tutilgan muddat tugamasdan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bo‘shatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni o‘qitish uchun sarflangan budjet mablag‘larini davlatga qoplab beradi.

305. Harbiy qismni yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketgan, shuningdek uzrli sabablarsiz uch sutkadan ko‘p vaqt davomida xizmatga kelmagan muddatli harbiy xizmatchi (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi — o‘n sutka va undan ortiq vaqt davomida) barcha ta’minot turlaridan chiqariladi, biroq xizmatga kelmaslik sababi aniqlangunga qadar harbiy xizmatdan bo‘shatilmaydi va harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqarilmaydi.

306. Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, biroq belgilangan tartibda ish va lavozimini topshirmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘shatish to‘g‘risida buyruq yoki yozma ravishda xabarnoma olingan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgach shaxsiy tarkib ro‘yxatlaridan chiqariladi. Bunda hisob hujjatlari harbiy hisobga qo‘yish joyiga yuboriladi. Harbiy qismdan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda uni undirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

307. Havo desanti yoki maxsus harbiy qism va bo‘linmalarda xizmatni o‘tab, rezervga yoki iste’foga bo‘shatilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlaridagi maxsus hisobga qo‘yiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi hisobda turgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mudofaa ishlari organlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmatining hududiy bo‘linmalariga yetkaziladi.

308. Muddatli harbiy xizmatchi chaqiruv bo‘yicha o‘rnatilgan harbiy xizmat muddati tugamay turib harbiy xizmatdan muddatidan avval bo‘shatilishi mumkin emas, ushbu Nizomning 291, 293 — 295-bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar, shuningdek harbiy xizmatni o‘tash davrida qonunga muvofiq harbiy xizmatchida (oddiy askarlar tarkibi) chaqiruvdan ozod qilish huquqining paydo bo‘lishi holatlari bundan mustasno.

309. Oliy harbiy ta’lim muassasasidan o‘qishdan chetlashtirilgan harbiy xizmatchini qonunda ko‘zda tutilgan asosda bo‘shatish oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘i yoki ushbu harbiy xizmatchini bo‘shatish huquqiga ega bo‘lgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

310. Kamida yigirma kalendar yili mobaynida harbiy xizmatni benuqson o‘tagan ofitsyerlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga harbiy xizmatdan bo‘shatilayotgan vaqtda tegishli buyruqlar bilan harbiy kiyim-kechak kiyish va farqlovchi nishonlarni taqish huquqi beriladi.

Haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shayotgan harbiy xizmatchilar ko‘p yillik va vijdonan (benuqson) xizmat qilgani uchun shunday vakolatga ega boshliqlar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlanishi mumkin.

Ularni bo‘shatish va rag‘batlantirish choralari to‘g‘risidagi buyruqni e’lon qilish harbiy qism komandiri tomonidan tantanali ravishda amalga oshiriladi.

311. Fuqaroni haqiqiy harbiy xizmatga qayta tiklash harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Harbiy xizmatdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqni bekor qilish buyruqni chiqargan mansabdor shaxs yoki uning bevosita boshlig‘i tomonidan mustaqil ravishda yoxud sud qarori yoki prokuror protestiga asosan amalga oshiriladi.

312. Nogiron farzandlari yoki bolalikdan nogiron farzandlari bo‘lgan ayol harbiy xizmatchilarni ushbu farzandlari o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar, shuningdek o‘n to‘rt yoshdan kichik farzandlari bo‘lgan yolg‘iz onalar va otalarni ularning roziligisiz tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

313. Vafot etgan (halok bo‘lgan) harbiy xizmatchi vafot etgan (halok bo‘lgan) kunning ertasiga, belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan harbiy xizmatchi esa tegishli sud qarori qonuniy kuchga kirgan kunning ertasiga harbiy qism shaxsiy tarkibi ro‘yxatlaridan chiqariladi.

314. Sodir etgan jinoyati uchun sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish yoki harbiy unvondan mahrum etish jazosini olgan harbiy xizmatchi sud hukmi kuchga kirgan kundan boshlab tegishli asosga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatiladi.

11-bob. Qurolli Kuchlar rezervidagi xizmat

1-§. Qurolli Kuchlar rezervini shakllantirish

315. Qurolli Kuchlar rezervi O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq shakllantiriladi.

Rezervchilarni harbiy ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq mudofaa ishlari organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan, shuningdek boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan chiqariladi.

316. Qurolli Kuchlar rezervi harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan quyidagi fuqarolar orasidan shakllantiriladi:

a) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar;

b) haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va rezervga kiritilgan muddatli harbiy xizmatchilar;

v) safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan harbiy xizmatga majburlar;

g) muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ofitsyerlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha to‘liq o‘quv kursini tamomlaganlar.

317. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra harbiy xizmatga majburlar Qurolli Kuchlar rezervida bo‘lishining quyidagi yosh chegaralari belgilangan:



Tarkib

1-daraja rezervi

2-daraja rezervi

Oddiy askarlar va serjantlar

35 yoshgacha

45 yoshgacha

Kichik ofitsyerlar

40 yoshgacha

50 yoshgacha

Katta ofitsyerlar

50 yoshgacha

55 yoshgacha

Generallar

55 yoshgacha

60 yoshgacha

Download 120.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling