Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 120.44 Kb.
bet5/9
Sana13.10.2020
Hajmi120.44 Kb.
#133502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Харбий хизмат буйича


8-bob. Harbiy unvonlar

1-§. Harbiy unvon turlari

214. Harbiy unvon:

a) harbiy xizmatchining xizmatdagi va huquqiy mavqeyini, xizmat burchi bo‘yicha unga yuklatilgan mas’uliyat darajasini belgilaydi hamda uning kasbiy tayyorgarlik darajasi va harbiy burchni bajarish ko‘rsatkichi, shaxsiy tarkib tomonidan harbiy xizmatni o‘tash va kadrlarni joylashtirishni samarali tashkillashtirishning muhim sharti hisoblanadi;

b) harbiy yoki maxsus tayyorgarligi, xizmat muddati, qo‘shin turiga mansubligi, shuningdek harbiy xizmat tajribasiga mos ravishda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilariga shaxsan beriladi;

v) harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda mavqening katta-kichikligini belgilaydi.

215. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida qonun bilan harbiy xizmatchilarning (harbiy xizmatga majburlarning) quyidagi tarkiblari va ularga tegishli harbiy unvonlar joriy etilgan:



Harbiy xizmatchilar tarkibi

Harbiy unvonlar

qo‘shin unvonlari

kema tarkibidagi unvonlar

Oddiy askarlar tarkibi

oddiy askar

matros

Serjantlar tarkibi

kichik serjant

III darajali serjant

II darajali serjant

I darajali serjant

katta serjant


starshina

III darajali starshina

II darajali starshina

I darajali starshina

bosh starshina


Kichik ofitsyerlar tarkibi

leytenant

katta leytenant

kapitan


leytenant

katta leytenant

kapitan-leytenant


Katta ofitsyerlar tarkibi

mayor

podpolkovnik

polkovnik


III rang kapitani

II rang kapitani

I rang kapitani


Generallar tarkibi

general-mayor

general-leytenant

general-polkovnik

armiya generali






216. Yuridik yoki tibbiy yo‘nalishdagi harbiy hisob ixtisosligi bo‘lgan ofitsyerlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarning harbiy unvoniga mos ravishda “adliya” yoki “tibbiy xizmat” so‘zlari qo‘shiladi.

217. Rezerv, zaxira yoki iste’fodagi shaxslarning harbiy unvoniga mos ravishda “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “iste’fodagi” degan so‘zlar qo‘shiladi.

218. Harbiy unvon boshlang‘ich yoki navbatdagi bo‘lishi mumkin.

2-§. Boshlang‘ich harbiy unvonni berish tartibi

219. Harbiy unvonlarni berish uchun taqdimnomalar, boshqa hujjat va buyruqlarning shakl va mazmuni, shuningdek ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi (generallar tarkibi bundan mustasno) vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

Navbatdagi harbiy unvonning berilishini asossiz ravishda kechiktirgan komandirlar (boshliqlar) belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.

220. Quyidagilar boshlang‘ich harbiy unvonlar hisoblanadi:

a) boshqa harbiy unvoni bo‘lmagan muddatli harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun — “oddiy askar (matros)”;

b) serjantlar tarkibi uchun — “kichik serjant (starshina)”;

v) ofitsyerlar tarkibi uchun — “leytenant”;

g) generallar tarkibi uchun — “general-mayor”.

221. “Oddiy askar (matros)” harbiy unvoni muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish vaqtida harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga beriladi.

222. “Kichik serjant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:

a) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;

b) vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining tegishli dasturlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishni talab qilmaydigan serjantlar tarkibi lavozimlaridagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga, shuningdek intizomiy rag‘batlantirish tartibida;

v) oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlariga — o‘qishdagi yuqori natijalar va namunali harbiy intizom uchun.

223. “Leytenant” harbiy unvoni quyidagilarga beriladi:

a) harbiy xizmatchilarga — oliy harbiy ta’lim muassasasini tamomlab tegishli harbiy ixtisoslikni olgandan so‘ng;

b) oliy harbiy ta’lim muassasalarida ular bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmaydigan tegishli harbiy-hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitsyerlar tarkibining lavozimiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga tayinlangan harbiy xizmatchilarga — lavozimga tayinlanganidan so‘ng;

v) oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan hamda ofitsyerlar tarkibi lavozimiga tayinlangan oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi kurslarni tamomlaganidan so‘ng;

g) oliy ta’lim muassasalarning o‘quv bo‘linmalari va harbiy yig‘inlarda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan fuqarolarga (zaxiradagi leytenant);

d) tegishli harbiy hisob ixtisosligiga mos keladigan oliy fuqarolik ma’lumotiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlarga — oliy harbiy ta’lim muassasalari qoshidagi ofitsyerlar tarkibini tayyorlash kurslarini tamomlagach hamda rezerv ofitsyerlari tarkibiga kiritish uchun attestatsiyadan o‘tkazilgandan so‘ng.

3-§. Navbatdagi harbiy unvonni berish tartibi

224. Navbatdagi harbiy unvonlar harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon ular egallab turgan shtat lavozimi bo‘yicha ko‘zda tutilgan harbiy unvonga mos bo‘lsa va harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddati tugagandan keyin beriladi.

Yuqori turuvchi vakant lavozimni vaqtincha bajarish (lvb) yuklatilgan harbiy xizmatchilarga harbiy unvonlar avval egallab turgan lavozimiga muvofiq beriladi.

225. Harbiy xizmatchini navbatdagi harbiy unvonni berishga taqdim qilishda uning shaxsiy, kasbiy, ishchanlik, ma’naviy-ahloqiy fazilatlari, ma’lumoti darajasi, u mas’ul bo‘lgan uchastkadagi ishlar holati hisobga olinadi.

226. Harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddati quyidagicha belgilanadi:

“oddiy askar” harbiy unvonida — belgilanmagan;

“kichik serjant” harbiy unvonida — ikki yil;

“III darajali serjant” harbiy unvonida — uch yil;

“II darajali serjant” harbiy unvonida — to‘rt yil;

“I darajali serjant” harbiy unvonida — besh yil;

“katta serjant” harbiy unvonida – belgilanmagan;

“leytenant” harbiy unvonida — ikki yil (o‘qish davomiyligi besh yil bo‘lgan oliy harbiy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun — bir yil);

“katta leytenant” harbiy unvonida — ikki yil;

“kapitan” harbiy unvonida — uch yil;

“mayor” harbiy unvonida — to‘rt yil;

“podpolkovnik” harbiy unvonida — besh yil.

227. “Polkovnik” va undan yuqori bo‘lgan harbiy unvonlarda xizmat muddati belgilanmaydi.

228. Harbiy xizmatchilarning berilgan harbiy unvondagi xizmat muddati harbiy unvon berilgan (shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarilgan) kundan boshlab hisoblanadi.

229. Harbiy unvon berilgan xizmat muddatiga harbiy xizmatda bo‘lishning butun vaqti qo‘shiladi. Ko‘rsatilgan muddatga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:

a) harbiy xizmatchi asossiz tarzda jinoiy javobgarlikka tortilgan, harbiy xizmatdan noqonuniy bo‘shatilgan va keyinchalik harbiy xizmatga tiklangan hollarda harbiy xizmatdagi uzilish vaqti;

b) Qurolli Kuchlar rezervida (zaxirasida) bo‘lgan davri.

230. Berilgan harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatidan kamida ikkitasini o‘tagan ofitserga, xizmat yuzasidan ijobiy tavsiflar berilgan va uning harbiy-hisob ixtisosligi bo‘yicha vakant lavozim yo‘qligi sababli uni yuqori turuvchi lavozimga tayinlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vazirlik rahbarining qaroriga binoan shtatga ko‘ra unga o‘zi egallab turgan harbiy lavozim uchun ko‘zda tutilgan harbiy unvondan bir pog‘ona yuqori turuvchi “polkovnik” harbiy unvonigacha bo‘lgan harbiy unvon beriladi.

231. “III darajali serjant”, “II darajali serjant”, “I darajali serjant” va “katta serjant” harbiy unvonlari oldingi harbiy unvonda bo‘lishning belgilangan xizmat muddatini o‘tagan, komandirlik va harbiy ish mutaxassisi, bo‘ysunuvidagilarni tayyorlash va tarbiyalash ishida murabbiylik sifatlari va malakalarini namoyon qilgan, jangovar va kasbiy tayyorgarlikda yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, shtat toifasiga ko‘ra ularni berish mumkin bo‘lgan lavozimni egallagan harbiy xizmatchilarga, faqatgina ular vazirliklar tasarrufidagi ta’lim muassasalarining mutaxassislarni tayyorlash kurslarini tamomlaganidan keyin beriladi.

232. Navbatdagi “polkovnik” harbiy unvoni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining ikki yillik o‘quv dasturini, xorijiy davlatlarning harbiy akademiyalarini yoki magistrlik o‘quv dasturi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonlarga (tegishli yo‘nalish bo‘yicha), shuningdek chuqur kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ofitsyerlarga beriladi.

233. Oliy harbiy ta’lim muassasasidagi kurslarda o‘qiyotgan ofitsyerlarga navbatdagi harbiy unvon egallab turgan lavozimidagi shtat toifasini hisobga olgan holda ofitserni o‘qishga yuborgan komandirlarning (boshliqlarning) taqdimnomasiga asosan harbiy unvondagi xizmat muddati tugagandan so‘ng beriladi.

234. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida uzoq muddatli xizmat safarlarida bo‘lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlar harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar navbatdagi harbiy unvonlarni berishga vazirliklar kadr organlarining boshliqlari tomonidan taqdim qilinadilar.

235. Xizmat, harbiy burchni bajarishda alohida namuna ko‘rsatgan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga, hududiy yaxlitligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlari tomonidan navbatdagi harbiy unvonlar muddatidan avval berilishi mumkin.

236. Istisnoli holatlarda serjant va ofitsyerlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning harbiy unvonini bir pog‘onaga tushirish intizomiy jazo chorasi sifatida yoki attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra ushbu harbiy unvonni berish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

237. Harbiy burchni ado etishdagi jiddiy xatoliklar, hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilgani, favqulodda vaziyatlarda qonunlar va Umumharbiy nizomlari bilan zimmasiga yuklangan talab va majburiyatlarni bajarmaganligi uchun generallar tarkibiga mansub shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan harbiy unvonlaridan pastlatilishi mumkin.

Harbiy unvonlari pastlatilgan harbiy xizmatchilar pastlatilgan kundan boshlab kamida bir yil o‘tgach ijobiy tavsifnoma bo‘lgan taqdirda harbiy unvonni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan boshliqlar, ularga tenglashtirilgan va yuqori turuvchi boshliqlarning buyruqlari bilan oldingi harbiy unvonga qayta tiklanishlari mumkin.

Harbiy xizmatchini oldingi harbiy unvoniga tiklamay va navbatdagi harbiy unvon berilmay turib uni ikkinchi marta harbiy unvondan pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Harbiy unvoni pasaytirilgandagi xizmat muddati harbiy unvoni qayta tiklangandagi xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

238O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga ega fuqarolarni harbiy xizmatga qabul qilishda vazirlik rahbari tomonidan belgilangan attestatsiyadan qayta o‘tish tartibida uning maxsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilishi mumkin.

Harbiy unvonda xizmat qilish muddatiga maxsus unvonda xizmat qilish muddati ham qo‘shib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura, sud va adliya organlarining maxsus unvonlariga ega, harbiy xizmatga kirish paytda mavjud maxsus unvonga mos keladigan harbiy unvon berilmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga maxsus unvonda xizmat qilish (ishlash) davrlari keyinchalik attestatsiyadan qayta o‘tkazish tartibida navbatdagi harbiy unvonni berish uchun qo‘shib hisoblanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori, farmoyishi bilan generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan, harbiy yoki maxsus unvoni bo‘lmagan shaxslarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “polkovnik” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin.

Alohida holatlarda ilmiy daraja, ilmiy unvon yoki faoliyatning tor ixtisoslik turlari bo‘yicha ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan va ofitsyerlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan fuqarolarga haqiqiy harbiy xizmatga qabul qilishda o‘rnatilgan tartibda “mayor” va ungacha bo‘lgan harbiy unvon berilishi mumkin.

4-§. Mansabdor shaxslarning harbiy unvonlar berish bo‘yicha huquqlari

239. Harbiy xizmatchilarga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:

a) “oddiy askar” harbiy unvoni — harbiy unvoni bo‘lmagan fuqarolarga muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda, safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilariga yig‘inlar yakuniga yetganda yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga olish vaqtida — harbiy qism va muassasalar komandirlarining buyruqlari bilan;

b) serjantlar tarkibining harbiy unvonlari — shunday vakolatlar berilgan mansabdor shaxslar tomonidan;

v) kichik va katta ofitsyerlar tarkiblarining harbiy unvonlari — vazirlik rahbari va shunday vakolatlar berilgan boshqa mansabdor shaxslar tomonidan;

g) “polkovnik” harbiy unvoni — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlarining buyruqlari bilan beriladi.

Harbiy unvon berish bo‘yicha mansabdor shaxslarning vakolatlari vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

Generallar tarkibining harbiy unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.

240. Yuqori turuvchi mansabdor shaxs quyi turuvchi komandirlarga (boshliqlarga) harbiy unvonlar berish bo‘yicha berilgan barcha huquqlardan foydalanadi.

5-§. Harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish va fuqarolarni harbiy unvonda tiklash tartibi

241. Ofitsyerlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni, shu jumladan rezerv yoki zaxiradagi shaxslarni harbiy unvondan mahrum etish faqatgina ular og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgani uchun sudlanganida sudning qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

242. Serjantlar tarkibiga mansub harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan mahrum etish harbiy xizmatchi tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda sud yoki vazirlik rahbarining qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.

243. Ofitsyerlar yoki serjantlar tarkibining harbiy unvonidan mahrum etilgan fuqarolar oddiy askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hisoblanadi hamda oddiy askar harbiy unvonidagi kontrakt bo‘yicha (zaxiradagi, rezervdagi) harbiy xizmatchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.

244. Noqonuniy sudlanganligi sababli harbiy unvonidan mahrum etilgan fuqaro, uning oqlanganligi yoki noqonuniy hukm bekor qilingani to‘g‘risidagi sud qarori kuchga kirgandan so‘ng o‘rnatilgan tartibda harbiy unvondan mahrum etilgan kundan boshlab avvalgi harbiy unvoniga qayta tiklanadi.

Fuqaroni oldingi harbiy unvoniga tiklash uchun asoslar mavjud bo‘lganda mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni shaxsiy tarkib bo‘yicha buyruq chiqarish uchun uni harbiy unvondan mahrum etgan vazirlikka yuboradi.

Bunday holatda fuqaroni harbiy unvonda tiklash uni harbiy unvondan mahrum qilgan vazirlik rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin.

245. Harbiy unvonda tiklangan fuqaro tiklangan harbiy unvoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadi.



9-bob. Ta’tillar

1-§. Ta’til turlari

246. Tinchlik davrida harbiy xizmatchilarga quyidagi ta’tillar beriladi:

a) navbatdagi;

b) kasalligi tufayli;

v) kanikulyar;

g) oliy harbiy ta’lim muassasalarini bitirish munosabati bilan;

d) qo‘shimcha;

e) homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bola parvarishlash munosabati bilan;

j) qisqa muddatli (muddatli harbiy xizmatchilar uchun).

Harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha ham ta’tillar berilishi mumkin.



2-§. Navbatdagi ta’tilni berish tartibi

247. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’tilni berish ularning sog‘lig‘ini yaxshilash, jismoniy va axloqiy-ruhiy kuchini tiklash hamda har tomonlama dam olishining muhim va zarur omili sifatida qaraladi.

248. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til har yili ta’tillar rejasiga muvofiq harbiy qism komandiri (boshlig‘i)ning buyrug‘iga asosan beriladi.

249. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga har yili muddati o‘ttiz sutkaga teng navbatdagi ta’til berilib, bunda pul ta’minoti saqlanadi hamda ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur, biroq uch kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt beriladi.

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning har yilgi navbatdagi ta’tiliga qo‘shimcha tarzda, xizmat yillarining kalendar hisobiga ko‘ra:

o‘n yillik harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi besh sutkalik;

o‘n besh yillik harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n sutkalik;

yigirma yillik va undan ko‘p harbiy xizmatdan so‘ng — davomiyligi o‘n besh sutkalik qo‘shimcha ta’til beriladi.

Qo‘shimcha ta’tilning muddatini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, prokuratura va adliya organlaridagi xizmat ham harbiy lavozimga tayinlangan xodimlarga maxsus unvonlar berilgan kundan boshlab harbiy xizmat muddatiga qo‘shib hisoblanadi.

250. Kontrakt bo‘yicha haqiqiy harbiy xizmatga kirgan yilda navbatdagi ta’tilning davomiyligi kontrakt kuchga kirgan kundan boshlab yilning oxirigacha bo‘lgan vaqtga proporsional ravishda har to‘liq oy xizmat uchun ta’tilning ikki yarim sutkasi hisobida ta’til muddatini to‘liq bir kungacha yetkazish tomoniga yaxlitlash yo‘li bilan hisoblanadi. Bunda muddati o‘n sutka va undan ortiq bo‘lgan ta’til olish huquqiga ega harbiy xizmatchilarga ta’tilni o‘tkazish joyiga borish va qaytib kelish uchun harbiy tashish hujjatlari beriladi. Muddati o‘n sutkadan kam bo‘lgan ta’til harbiy xizmatchining xohishiga ko‘ra keyingi yili navbatdagi ta’til bilan birga qo‘shib berilishi mumkin.

251. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holati yoki kontrakt muddatining tugagani sababli kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan yili harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til taqdim qilinmaydi va foydalanilmagan ta’til uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya puli to‘lanadi.

Boshqa asoslarga ko‘ra kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilayotganda navbatdagi ta’tildan foydalanmagan harbiy xizmatchilarga foydalanilmagan ta’til uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya puli to‘lanadi.

252. Uzrli sabablarsiz, biroq ko‘pi bilan o‘n sutka muddat davomida xizmatda bo‘lmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til kelmagan kunlari soniga qisqartiriladi. Ta’tilni qisqartirish to‘g‘risidagi qarorni ta’til berish huquqiga ega bo‘lgan komandir (boshliq) harbiy qism bo‘yicha buyruq chiqarish orqali qabul qiladi.

253. Navbatdagi ta’til muddatini uzaytirish uchun asoslar bo‘lgan hollarda, ta’til muddati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tegishli ta’til sutkalariga uzaytiriladi.

254. Muddatli harbiy xizmatni tugatib (haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shamasdan turib) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirgan harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til harbiy qism komandiri tomonidan, ish va lavozimni qabul qilib olgandan so‘ng umumiy asoslarda beriladi.

255. Harbiy xizmatchilarga oliy harbiy ta’lim muassasalarini tugatish munosabati bilan beriladigan ta’tillar ular xizmatni o‘tash joylariga kelmasdan turib beriladi. Davomiyligi o‘ttiz sutka bo‘lgan ushbu ta’tillar joriy yilning navbatdagi ta’tili sifatida hisobga olinadi.

256. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’tillar ulardan foydalanish davrlarining almashinib turish zaruriyatini, shuningdek harbiy qism jangovar shayligini ta’minlashni hisobga olgan holda va ta’tillar rejasiga muvofiq yilning istalgan vaqtida beriladi.

257. O‘qishga yuborishga, xizmat muddati belgilangan joylarga almashishga nomzod sifatida tasdiqlangan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til u yerga ketgunga qadar ta’tildan to‘liq foydalanishni hisobga olgan holda, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotganlarga esa o‘quv yili tugagandan so‘ng beriladi.

258. Komandirlarning (boshliqlarning) ta’tillarni berish huquqi, shuningdek ta’tillarni berish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

Vazirliklar rahbarlariga ta’tillar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq beriladi.

259. Navbatdagi ta’til quyidagi toifadagi harbiy xizmatchilarga ularning xohishi bo‘yicha qulay vaqtda beriladi:

a) jangovar harakatlar ishtirokchisi;

b) nogironligi bo‘lgan farzandi bor harbiy xizmatchilarga;

v) o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan farzandini tarbiyalayotgan yolg‘iz harbiy xizmatchilarga;

g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega boshqa harbiy xizmatchilarga.

Harbiy xizmatchining iltimosiga ko‘ra va komandirning (boshliqning) roziligi bilan harbiy xizmatchiga navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar ketma-ket, ular o‘rtasidagi uzilishlarsiz berilishi mumkin.

260. Xotini homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til harbiy xizmatchilarning xohishini hisobga olgan holda ta’tillarni berish huquqiga ega bo‘lgan komandirning (boshliqning) qaroriga ko‘ra beriladi.

261. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining kasalligi tufayli yoki boshqa istisno holatlar sababli o‘tgan yil uchun navbatdagi ta’til berilmagan bo‘lsa, ushbu ta’til kelgusi yilning birinchi choragida beriladi.

262. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan er-xotin harbiy xizmatchilarga navbatdagi ta’til ularning xohishiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida beriladi.

263. Navbatdagi yoki qo‘shimcha ta’til vaqtida kasal bo‘lib qolgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ta’til ular tuzalganlaridan so‘ng foydalanilmagan ta’til sutkalari soniga uzaytiriladi. Bu holda ta’tilni uzaytirish davolovchi shifokor va davolash muassasasining boshlig‘i (bosh shifokor) tomonidan tasdiqlangan tegishli ma’lumotnomaga asosan ta’tilni bergan komandir (boshliq) tomonidan amalga oshiriladi.

264. Ta’tilda bo‘lgan harbiy xizmatchi yaqin qarindoshlarining (xotini, eri, ota-onasi, farzandlari, tug‘ishgan aka-ukalari, opa-singillari, erining yoki xotinining ota-onasi, qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) sog‘lig‘i holati yomonlashganligi yoki vafot etganligi, shuningdek harbiy xizmatchining oilasi yoki yaqin qarindoshi yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatga duchor bo‘lgan holatlarda harbiy xizmatchi ta’tilda bo‘lgan hudud mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i unga xizmat joyiga borish uchun zarur bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda o‘n sutkagacha bo‘lgan muddatga oilaviy ahvolga bog‘liq bo‘lgan sabab bilan ta’til berish huquqiga ega. Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i berilgan ta’til to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilgan harbiy xizmatchi harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy qism komandiriga zudlik bilan xabar beradi. Bunda ta’til unga oilaviy ahvoliga bog‘liq bo‘lgan sabab bilan berilgan ta’til sutkalari soniga uzaytiriladi.


Download 120.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling