Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


Download 120.44 Kb.
bet9/9
Sana13.10.2020
Hajmi120.44 Kb.
#133502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Харбий хизмат буйича


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
3-ILOVA

Oliy harbiy ta’lim muassasasida kursant sifatida harbiy
xizmatni o‘tash to‘g‘risida
KONTRAKT

Seriya DA №000000
























1._________________________________________________________________________________________
kursantning harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi
___________________________________________________________________________________________ tug‘ilgan kun, oy va yili

O‘zbekiston Respublikasi bilan (keyingi o‘rinlarda — Davlat)

____________________________________________________________________________________boshlig‘i
oliy harbiy ta’lim muassasasining nomi
________________________________________________________________________________ vakilligida
oliy harbiy ta’lim muassasasi boshlig‘ining harbiy unvoni, ismi va sharifining bosh harflari, familiyasi
_________________________________________________________________________ da ixtiyoriy ravishda
oliy harbiy ta’lim muassasasi
____________________________________________________________________________ muddat davomida
kontrakt muddati

o‘qish muddati davomida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida mazkur kontraktni tuzdilar.

2. _________________________________________________________________________________________
kursantning ism va sharifining bosh harflari, familiyasi,






















o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligining himoyachisi — keyinchalik ofitser sifatida xizmatni davom ettirishda harbiy va maxsus zaruriy bilim va malakalarga ega bo‘lish uchun vijdonan yondashish va ularni mukammal o‘zlashtirish;
b) ushbu kontraktda belgilangan o‘qish muddati davomida kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari hamda oliy harbiy ta’lim muassasa bo‘ysinadigan vazirlik yoki idora rahbarining buyruqlarida belgilangan barcha umumiy, lavozimi bo‘yicha va maxsus majburiyatlarni vijdonan bajarish;
v) o‘qish muddati tugagach, u yuborilishi lozim bo‘lgan vazirlik yoki idora bilan ofitsyerlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash uchun besh yil muddatga kontrakt tuzish;
quyidagi huquqlarga ega:
a) harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan huquq va erkinliklardan foydalanish;
b) shaxsiyatiga nisbatan hurmat, komandirlar (boshliqlar) va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan unga nisbatan haqqoniy munosabatda bo‘lish;
v) qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat hisobidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko‘ra moliyaviy va moddiy tomondan ta’minlanish;
g) qonunchilikka muvofiq nafaqa bilan ta’minlanish, ijtimoiy va huquqiy himoyalanish;
d) O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan standartlar talablariga muvofiq ta’lim olish;
e) hayotini va sog‘lig‘ini saqlash;
j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
z) texnik xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beruvchi xizmat sharoitlariga ega bo‘lish;
i) davlat tomonidan sug‘urtalanish;
k) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
l) qonunchilikda belgilangan boshqa kafolat va kompensatsiya to‘lovlarini olish.
3. Davlat qonunchilikka muvofiq holda o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) ushbu kontraktni tuzgan kursant va uning oila a’zolarining huquqlarini ta’minlash;
b) kursantning zamonaviy standartlar talablariga javob beruvchi harbiy va maxsus ta’lim olishini ta’minlash;
v) kursantning o‘qishi va yashashi uchun zarur sharoitlar yaratish;
g) kursantning sug‘urtalanishini ta’minlash;
d) kursantni belgilangan pul va moddiy ta’minot bilan ta’minlash;
e) kursantning harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplab berishni ta’minlash;
j) kursantning oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, ofitsyerlar tarkibiga mansub lavozimlarda harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini yaratish.
quyidagi huquqlarga ega:
a) xizmatni o‘tash sharoitlaridan kelib chiqqan holda kursantni qonunchilikda belgilangan alohida huquq va erkinliklaridan cheklash;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartib va shartlarga muvofiq kontrakt tuzish va uni bekor qilish;
v) kursant bilan kelib chiqqan nizolarni tomonlarning kelishuvi yoki sud orqali hal qilish;
g) kursantni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar-xizmat vazifalarini bajarishga yuborish;
d) oliy harbiy ta’lim muassasasida o‘qish muddati tugagach, kursantni Qurolli Kuchlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududiga ofitser sifatida harbiy xizmatni o‘tash uchun yuborish.
4. Davlat manfaatlarini himoya qiluvchi mansabdor shaxsning majburiyatlari:
a) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiruvchi nomzodni o‘qish va keyinchalik harbiy xizmatni o‘tash shartlari bilan tanishtirish;
b) nomzodni harbiy xizmatning zararli va xavfli sharoitlari, kasbiy kasallikka chalinishi mumkinligi hamda harbiy xizmatni bajarish bilan bog‘liq huquqiy cheklashlar haqida ogohlantirish.

5. Kontrakt shartlarini bajarmagan taqdirda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
6. Ushbu kontrakt tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7. Kontrakt qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
8. Kontrakt ikki nusxada tuzildi va qayd etildi: 1-nusxa harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlari yig‘majildida saqlanadi, 2-nusxa harbiy xizmatchiga topshirildi.
9. Tomonlar























______________________________________
harbiy xizmatchining harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, sharifi

______________________________________ sana



(M.O‘.)

______________________________________
vakolatli mansabdor shaxsning lavozimi, ______________________________________
harbiy unvoni, imzosi, familiyasi, ismi, sharifi ______________________________________ sana






















Mazkur kontraktning kuchga kirganligi to‘g‘risidagi buyruq __________________________________________
___________________________________________________________________________________________
tegishli mansabdor shaxsning buyrug‘i sanasi va raqami

Mazkur kontrakt ______________________________________________________________________ sababli
kontraktni amalda bekor qilish uchun asos
_______________________________________________________________________________bekor qilindi.
kontraktni bekor qilish sanasi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
4-ILOVA

Uzoq muddatli kurslar va dasturlar doirasida
harbiy xizmatchilarni xorijda tayyorlash to‘g‘risida
MAXSUS KONTRAKT

Seriya SA №000000



Ushbu kontrakt keyingi o‘rinlarda “vazirlik” deb nomlanuvchi bir tomondan, _____________________________________________________________________________________ bilan

harbiy xizmat ko‘zda tutilgan vazirlikning, idoraning nomi

_____________________________________________________________________vakilligida
egallab turgan lavozimi, harbiy unvoni, familiyasi, ismi, sharifi

va ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda “tahsil oluvchi” deb nomlanuvchi harbiy xizmatchi ___________________________________________________________________________________________

kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining familiyasi, ismi, sharifi, shaxsiy guvohnomasi (pasporti) raqami, qachon va kim tomonidan berilgan

bilan quyidagilar to‘g‘risida tuzildi:













1. KONTRAKTNING PREDMETI

1.1. Ushbu kontraktga muvofiq vazirlik tahsil oluvchini oldindan kelishib olingan muddat va ixtisoslik bo‘yicha __________________________________________________________________________________ ga

harbiy xizmatchi o‘qishga yuborilayotgan o‘quv muassasa va davlatning nomi

o‘qishga yuborilishini tashkillashtirish, o‘qish tugaganidan so‘ng tahsil oluvchiga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ixtisosligi bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash imkoniyatini berish majburiyatini oladi.
1.2. Tahsil oluvchi o‘ziga ta’lim olish, tadbir tashkilotchilari tomonidan ko‘zda tutilgan o‘quv dasturini samarali o‘zlashtirish, harbiy-hisob ixtisosliklar bo‘yicha zaruriy nazariy va amaliy ko‘nikma va bilimlarni olish, shuningdek o‘qish muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida besh yil harbiy xizmatni o‘tash, to‘rt va undan ortiq kalendar yili davomida tayanch ma’lumotini olgan taqdirda esa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida o‘n yil harbiy xizmatni o‘tash majburiyatini oladi.

2. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

2.1. Tahsil oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) davomi va muddatlari ta’lim muassasasining dasturi bilan belgilangan kanikulyar ta’tillar;
b) vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda tahsil olayotgan davlat hududida o‘z hisobidan ta’tilni o‘tkazish;
v) ta’lim muassasasida o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq turar joy xonalaridan (yotoqxonalaridan) foydalanish;
g) ta’lim olish davrida ushbu davlatni harbiy xizmatchilarining tegishli toifasi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha ovqatlanish;
d) ta’lim muassasasining tibbiy muassasasida bepul tibbiy va ambulatoriya davolanish.
2.2. Tahsil oluvchining majburiyatlari:
a) ta’lim dasturini to‘liq o‘zlashtirish, o‘rganilayotgan ixtisoslik bo‘yicha dastur bilan ko‘zda tutilgan ko‘nikma va bilimlarni egallash;
b) xorijiy davlatning hududida tahsil olish vaqtda qonunlarga amal qilish, ushbu mamlakat xalqlarining an’analarini hurmat qilish, ko‘rsatilgan davlatda chet el fuqarolarining yashash va harakatlanish qoidalariga rioya etish, harbiy intizom va ta’lim muassasasida o‘rnatilgan ichki kun tartibning talablariga amal qilish;
v) vazirlik tomonidan tayinlangan milliy guruh sardorining qonunchilikka zid bo‘lmagan talablarini so‘zsiz bajarish;
g) belgilangan tartibda va tasdiqlangan muddatlarda qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tash;
d) o‘qish boshlanishiga qadar va ta’tillardan ta’lim muassasasiga kechikmasdan yetib kelish;
e) o‘qish boshlanishiga qadar ta’lim muassasasiga yetib kelganda o‘zi bilan pasport hamda tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan boshqa hujjatlarni olib kelish;
j) unga o‘qish jarayonida ishonib topshirilgan vazirlik va ta’lim muassasasining mulki, shuningdek boshqa mulkka nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va but saqlanishini ta’minlash;
z) o‘qish tugagach, O‘zbekistonga kelgan kuni xizmatni davom ettirish uchun vazirlikka yetib kelish.
2.3. Vazirlik o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
a) harbiy xizmatchi xorijga o‘qishga yuborilgan butun davr uchun o‘qitish qiymatini to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish;
b) tahsil oluvchining qo‘shinlardagi amaliyotini (ishlab chiqish amaliyotini) ta’minlash;
v) zaruriyat tug‘ilganda ta’lim muassasalariga tegishli bo‘lmagan harbiy-tibbiy muassasalarda tahsil oluvchining davolanishini to‘lash.
2.4. Vazirlik quyidagi huquqlarga ega:
a) tahsil oluvchining o‘qishini borishi, o‘zlashtirishi va harbiy intizomi holatini nazorat qilish;
b) tegishli shartnomalar va kontraktlarda ko‘rsatilgan o‘qitish shartlariga ko‘ra tahsil oluvchidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoki o‘qish joyi bo‘yicha qo‘shinlardagi amaliyotni o‘tashni talab qilish;
v) tahsil oluvchini ta’lim muassasasidan vaqtincha chaqirib olish;
g) tahsil oluvchidan baholash vedomostlari va sinov sessi�larini topshirish natijalarini taqdim etishni talab qilish.

3. O‘QIShNI MUDDATIDAN OLDIN TUGATISh ShARTLARI

3.1. Tahsil oluvchining ta’lim olishi quyidagi holatlarda muddatidan oldin tugatilishi mumkin:
a) tahsil oluvchining o‘zlashtirmasligi;
b) kelgan tahsil oluvchida mazkur kontraktning 2.2-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni yo‘qligida;
v) o‘qishni boshlanishiga 7 kundan ortiq kechikib kelish;
g) o‘qish vaqtida tahsil oluvchining sog‘lig‘ini yomonlashishi, natijada sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra kelgusida ixtisosligi bo‘yicha xizmatni o‘tashga (o‘qishga) yaroqsiz deb topilsa yoki tahsil oluvchining kasalligi oqibatida, agar kasallik muddati 2 oydan ortiq bo‘lsa;
d) tahsil oluvchi mazkur kontraktning 2.2-bandi “b” kichik bandida bayon etilgan talablarni bajarmaganida.
3.2. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari qabul qilingan holatda tahsil oluvchining ta’lim olishi muddatidan oldin tugatilishi mumkin.

4. KONTRAKT ShARTLARINI BUZISh YuZASIDAN JAVOBGARLIK

4.1. Mazkur kontraktning 3.1-bandi “a”, “b”, “v”, “d” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek tahsil oluvchi sog‘lig‘ining yomonlashishi yoki kasalligi uning aybi bilan olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalaini bajarishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlar natijasida kelib chiqqan, shuningdek oilaviy sharoitiga ko‘ra ta’lim olish muddatidan oldin tugatilgan hollarda tahsil oluvchi tomonidan vazirlikka uning ta’limi uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi, shu jumladan transport va boshqa xarajatlar uch barobar miqdorida qoplanadi. Bunda, xalqaro harbiy hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini o‘qitish (tayyorlash) uchun yordam sifatida ajratilgan xorijiy davlatlarning mablag‘lari ham O‘zbekiston Respublikasi xarajatlarining hisobiga o‘tkaziladi.
4.2. Agar o‘qish tugagandan so‘ng harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida besh yillik, to‘rt va undan ortiq kalendar yili davomida tayanch ma’lumotini olgan taqdirda esa — o‘n yillik muddat yakunigacha xizmatni tugatsa tahsil oluvchi vazirlikka uning ta’limi uchun sarflangan xarajatlarni uch barobar miqdorida qoplaydi, sog‘lig‘ining yomonlashgani sababli (agar kasalligi uning aybisiz olingan jarohatlanish yoxud harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashga yo‘naltirilgan boshqa harakatlar bo‘yicha kelib chiqmagan bo‘lsa); shtatlarning qisqartirilishi munosabati bilan (kelgusi harbiy xizmatda undan foydalanish imkoni bo‘lmasa); davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnomani berish rad etilganda yoki ushbu ruxsatnomadan mahrum qilinganda xizmatdan bo‘shatish holatlari bundan mustasno.
Qoplash summasi o‘qish yoki tayyorgarlik muddati tugaganidan so‘ng xizmat vaqtini hisobga olgan holda majburiy xizmat vaqtining qolgan vaqtiga proporsional ravishda hisoblab aniqlanadi.

5. QO‘ShIMChA ShARTLAR

5.1. Mazkur kontrakt tomonlar uni imzolagan vaqtdan kuchga kiradi va ular o‘z majburiyatlarini to‘la ijro etishiga qadar amal qiladi.
5.2. Mazkur kontraktni muddatidan oldin bekor qilish 4.1 va 4.2. bandlari bilan belgilangan oqibatlarga olib keladi.

6. TOMONLARNING MANZILLARI VA REKVIZITLARI

Vazirlik uchun ______________________________________
egallab turgan lavozimi, ______________________________________
harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifining bosh harflari
______________________________________ imzo va sana




Tahsil oluvchi ______________________________________
harbiy unvoni, familiyasi, ismi va sharifining bosh harflari ______________________________________ imzo va sana







(M.O‘.)













O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari

RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-257-son qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-1449-son qaroriga 31-ilovaning 1-bandi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi PQ-3537-son qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi PQ-4076-son qarorining 2-bandi va 2-ilovasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son; 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son)
Download 120.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling