Qarori o‘zbekiston respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburlar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi


Download 120.44 Kb.
bet3/9
Sana13.10.2020
Hajmi120.44 Kb.
#133502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Харбий хизмат буйича


3-§. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburlar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi

97. Harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bilan quyidagi hollarda yangi kontrakt tuziladi:

a) oldingi kontrakt muddati tugaganda;

b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinganida (ofitsyerlar tarkibidan tashqari);

v) oliy harbiy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng xizmatni o‘tash joyiga kelganda (ofitsyerlar tarkibi lavozimlarida harbiy xizmatni o‘tayotganda);

g) harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetganida va uni uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda.

Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga o‘qishga yuborilayotganda ular bilan o‘qish shartlari hisobga olingan va o‘qish tugagandan so‘ng belgilangan muddat mobaynida harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlari aks ettirilgan 4-ilovaga muvofiq maxsus kontrakt tuziladi.

98. Muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish uchun belgilangan talablarga mos keladigan fuqarolar yangi kontrakt tuzadi.

99. Yangi kontrakt quyidagi muddatlarga tuziladi:

a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (rezervdagi harbiy xizmatga majbur) bilan — besh yilga yoki agar harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetishiga besh yildan kam vaqt qolgan bo‘lsa undan kam muddatga;

b) oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirayotgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi (harbiy xizmatga majbur) bilan — mazkur ta’lim muassasasida o‘qish vaqtiga va u tugagandan so‘ng besh yil mobaynida harbiy xizmatni o‘tash sharti bilan.

100. Vazirlik nomidan yangi kontraktni vazirlik rahbarining qarori bilan belgilangan mansabdor shaxslar quyidagi muddatlarda imzolaydi:

a) amaldagi kontrakt muddati tugayotgan harbiy xizmatchi bilan — kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga;

b) avval kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan rezervdagi harbiy xizmatga majbur bilan — yo‘llanma bilan harbiy qismga kelgandan so‘ng uch kunlik muddatda.

101. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi yoki harbiy xizmatga majbur bilan kursant sifatida harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kontrakt ushbu ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingan kuni tuziladi.

102. Kontrakt muddati tugashiga olti oydan kam bo‘lmagan vaqt qolgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar bu haqda harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan ogohlantiriladi. Ular bilan harbiy xizmatchining Qurolli Kuchlar saflarida harbiy xizmatni davom ettirish masalalarini kelishish uchun suhbatlar o‘tkaziladi.

103. Yangi kontrakt tuzish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi amaldagi kontraktning amal qilish muddati tugashidan kamida uch oy oldin o‘zining bevosita komandiri (boshlig‘i) nomiga yozma shaklda bildirgi topshiradi. Bildirgida kontrakt qaysi muddatga tuzilishi ko‘rsatiladi. Bildirgilarni o‘z vaqtida topshirish ustidan nazorat tegishli kadrlar organi tomonidan amalga oshiriladi.

104. Yangi kontraktni tuzish bo‘yicha hujjatlar bir oy mobaynida attestatsiya (malaka) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi, u mazkur harbiy xizmatchi bilan kontrakt tuzishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qiladi.

Attestatsiya (malaka) komissiyasining qarori vakolatli komandir (boshliq) tomonidan kontrakt tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi.

105. Komandirning (boshliqning) qarori amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida ikki oy oldin yozma ravishda harbiy xizmatchiga yetkaziladi.

106. Yangi kontrakt tuzish bo‘yicha qaror qabul qilingan harbiy xizmatchi amaldagi kontrakt muddati tugagan kunning ertasiga kontrakt tuzish huquqiga ega bo‘lgan komandir (boshliq) huzuriga uni imzolash uchun taklif etiladi.

107. Yangi kontrakt tuzishni xohlamagan yoki yangi kontrakt tuzish rad etilgan harbiy xizmatchi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq harbiy xizmatdan bo‘shatishga taqdim etiladi.

108. Yangi kontrakt tuzish rad etilgan harbiy xizmatchi komandir (boshliq) qabul qilgan qaror ustidan yuqori turuvchi instansiya yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.

109. Yangi kontrakt tuzish imkoniyatini istisno qiluvchi quyidagi obyektiv holatlarda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi oldingi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni davom ettiradi:

homiladorlik, farzand tug‘ilishi va bola parvarishlash bo‘yicha ta’tilda bo‘lish;

asir yoki garov tariqasida ushlangan holatda bo‘lish;

xizmat safarida bo‘lganda yoki jangovar-xizmat vazifalarni bajarayotganda;

statsionar davolanishda bo‘lish;

qonunchilikda belgilangan va tomonlarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar.

Ko‘rsatib o‘tilgan holatlar tugagandan so‘ng u bir oy mobaynida yangi kontrakt tuzadi yoki harbiy xizmatdan bo‘shaydi.

110. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchiga o‘tagan xizmat muddatidan (kalendar hisobida) kelib chiqqan holda kontrakt bo‘yicha uzluksiz harbiy xizmati uchun birinchi uch yilga pul ta’minotining ikki oylik okladi miqdorida va uzluksiz xizmatning keyingi yillaridagi har ikki yili uchun xuddi shu miqdorda bir martalik pul mukofoti beriladi.

4-§. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi bilan yangi kontrakt tuzish

111. Harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:

a) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar (matroslar), serjantlar (starshinalar) uchun — 45 yosh;

b) kichik ofitsyerlar uchun — 45 yosh;

v) katta ofitsyerlar uchun — 50 yosh, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun — 55 yosh;

g) “general-mayor”, “general-leytenant” va “general-polkovnik” harbiy unvonidagi ofitsyerlar uchun — 60 yosh;

“Armiya generali” harbiy unvonidagi ofitsyerlar uchun harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasi o‘rnatilmaydi.

112. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan, egallab turgan lavozimida yuksak kasbiy tayyorgarlik va katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchi bilan, uning komandirlari (boshliqlari) tomonidan yozilgan iltimosnoma asosida vazirlik rahbari yoki shunday vakolatlar berilgan mansabdor shaxsning qaroriga ko‘ra yoshining chegarasidan tashqari harbiy xizmatda bo‘lish muddatini besh yilgacha bo‘lgan muddatga uzaytirish to‘g‘risida kontrakt tuzilishi mumkin.

113. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi yangi kontrakt tuzish uchun o‘rnatilgan tartibda amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida to‘rt oy oldin bildirgi bilan murojaat qiladi.

114. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborilishi kerak. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi ushbu harbiy xizmatchining harbiy xizmat muddati tugamasdan kamida uch oy oldin harbiy qismga kelib tushishi zarur.

115. Harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgan harbiy xizmatchi bilan kontrakt tuzish, yangi kontrakt muddati yoki kontrakt tuzishni rad etish to‘g‘risidagi qaror amaldagi kontrakt muddati tugashidan kamida ikki oy oldin qabul qilinishi, bu to‘g‘rida harbiy xizmatchi yozma ravishda xabardor qilinishi lozim.

6-bob. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmatni o‘tash tartibi

1-§. Harbiy lavozimga tayinlash tartibi

116. Harbiy xizmatchilar egallashi lozim bo‘lgan harbiy lavozimlar va ushbu lavozimlarga muvofiq harbiy unvonlar vazirliklarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ro‘yxatlar bilan belgilanadi va shtatlarda nazarda tutiladi.

117. Generallar tarkibi lavozimlarini egallashi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxati vazirliklar rahbarlari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tasdiqlashning boshqa tartibi o‘rnatilgan ofitsyerlar tarkibi lavozimlarining alohida toifasi bo‘yicha ro‘yxatlar bundan mustasno.

118. Alohida toifadagi ofitsyerlarni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan harbiy rahbarlik lavozimlariga tayinlash (alohida ro‘yxat bilan belgilanadi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi bilan kelishilgan holda vazirliklar rahbarlarining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.

119. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan lavozimga tayinlovlar vazirliklar rahbarlarining buyrug‘i bilan e’lon qilinadi.

120. Boshqa harbiy xizmatchilarni lavozimlarga tayinlash yakka tartibda vazirliklarning rahbarlari yoxud lavozimga tayinlash bo‘yicha vakolatlarga muvofiq boshqa mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ularni lavozimga tayinlash vakolatli mansabdor shaxsning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

121. Buyruq chiqarish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxati vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan mansabdor shaxslar o‘zlarining bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish huquqiga ega.

122. Harbiy xizmatchi yuqori, teng va quyi harbiy lavozimga tayinlanishi mumkin.

Agar lavozim uchun shtat bo‘yicha oldingi lavozimga nisbatan yuqoriroq harbiy unvon nazarda tutilgan, harbiy unvonlar teng bo‘lganda esa egallab turgan harbiy lavozimiga muvofiq ko‘proq lavozim okladi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu lavozim yuqori lavozim hisoblanadi.

Lavozim uchun shtat bo‘yicha oldingi lavozim bilan bir xil harbiy unvon va egallab turgan harbiy lavozimiga muvofiq teng lavozim okladi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu lavozim teng lavozim hisoblanadi.

Lavozim uchun shtat bo‘yicha oldingi lavozimga nisbatan pastroq harbiy unvon nazarda tutilgan, unvonlar teng bo‘lganda esa egallab turgan harbiy lavozimiga muvofiq kamroq oklad ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu lavozim quyi lavozim hisoblanadi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirganligi sababli shtat bo‘yicha egallagan lavozimidan ozod etilib, kursantlar yoki tinglovchilar, shuningdek o‘qishni tugatganidan so‘ng boshqa lavozimlarga ham tayinlanishlari mumkin.

123. Harbiy xizmatchilarni yuqori harbiy lavozimlarga tayinlash izchillik bilan, ularning kasbiy va axloqiy-ishchanlik qobiliyatlari, jangovar-xizmat faoliyatida erishgan natijalariga muvofiq, qoidaga ko‘ra, egallagan lavozimida kamida ikki yil xizmat qilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Harbiy xizmatchi lavozim majburiyatlarini o‘zlashtirib olishi uchun u tayinlangan kunidan boshlab uch oylik lavozimda shakllanish davri belgilanadi. Bunda komandir va boshliqlar yangi tayinlangan harbiy xizmatchi bilan muayyan lavozimda uning shakllanishini ta’minlovchi alohida ish olib boradi, unga zarur amaliy yordam ko‘rsatadi. Ushbu davr mobaynida xizmat vazifalarini bajarishdagi kamchiliklari uchun unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

124. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar teng harbiy lavozimlarga tayinlanadi:

a) xizmat zaruriyati yuzasidan;

b) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan;

v) qiziqishlari va xizmat tajribasidan kelib chiqqan holda uning roziligi yoki tashabbusi bilan harbiy xizmatchidan harbiy xizmatda yanada maqsadga muvofiqroq foydalanish uchun;

g) harbiy xizmatchining asoslantirilgan bildirgisiga binoan oilaviy sharoitiga ko‘ra;

d) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra.

125. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchilar quyi harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin:

a) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan — harbiy xizmatchini teng yoki yuqori harbiy lavozimga tayinlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda;

b) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra;

v) harbiy xizmatchining asoslantirilgan bildirgisiga binoan oilaviy sharoitiga ko‘ra;

g) harbiy xizmatchining roziligi yoki uning tashabbusi bilan harbiy xizmatchidan harbiy xizmatda yanada maqsadga muvofiqroq foydalanish uchun;

d) attestatsiya komissiyasining qaroriga asosan ishchanlik va axloqiy sifatlariga qarab;

e) “lavozimda pastlatish” intizomiy jazo chorasini qo‘llash tartibida.

126. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini harbiy lavozimga tayinlash, u haqida bevosita boshliqlarning fikri va attestatsiya komissiyasining qarorini hisobga olgan holda, mazkur Nizomning 169-bandiga muvofiq holatlarda tegishli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

127. Harbiy xizmatchilarni harbiy lavozimlarga tayinlashda quyidagi shartlarga rioya qilinadi:

a) oddiy askar, serjant va ofitsyerlar tarkibi lavozimlari zarur ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik va yetarlicha axloqiy-ishchanlik sifatlarga ega bo‘lgan tegishli tarkib harbiy xizmatchilari bilan butlanadi. Ushbu lavozimlarga boshqa toifadagi harbiy xizmatchilarni tayinlashga vazirlik rahbari tomonidan belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;

b) harbiy hisob ixtisosligiga ko‘ra asosiy yoki unga yaqin mutaxassislik bo‘yicha yoxud amaliy ish tajribasiga muvofiq lavozimga tayinlash ta’minlanadi, harbiy xizmatchilar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha lavozimlarga, qoida tariqasida, ular tegishli kurslarda (yig‘inlar, amaliy stajirovkalar) qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng tayinlanadi;

v) jangovar-xizmat faoliyatida yoki O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishdagi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yuksak darajadagi kasbiy va ma’naviy-axloqiy xususiyatlar va tashkilotchilik qobiliyatlarini ko‘rsatgan hamda xizmatda ko‘tarilishga tavsiya qilingan harbiy xizmatchilar yuqori lavozimlarga birinchi navbatda tayinlanadigan nomzodlar hisoblanadi;

g) tegishli komandirlar (boshliqlar)ning ixtiyorida bo‘lgan harbiy xizmatchilarni lavozimga tayinlash imkoni boricha qisqa muddatda, biroq ular avvalgi lavozimidan bo‘shatilgan kundan boshlab ko‘pi bilan ikki oy ichida amalga oshiriladi;

d) haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lish yoshining chegarasiga yetmagan, harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilarni ular sog‘lig‘ining holati, tayyorgarligi va xizmat tajribasini hisobga olgan holda vazifalarini bajarishi mumkin bo‘lgan boshqa lavozimlarga tayinlashning zaruriyati va muddati bevosita tegishli komandirlar (boshliqlar) tomonidan belgilanadi. Harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga cheklangan yaroqli deb topilgan harbiy xizmatchilarni ushlab turishga ruxsat etilgan harbiy lavozimlar ro‘yxati vazirliklar tomonidan belgilanadi;

e) ayol harbiy xizmatchilar tinchlik vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan vazirliklar rahbarlarining qo‘shma qarori bilan belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ayollar mehnatidan foydalanish taqiqlangan ishlar ro‘yxatini inobatga olgan holda harbiy lavozimlarga tayinlanadi;

j) tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, oilaviy sharoitiga ko‘ra quyi harbiy lavozimlarga tayinlangan va avvalgi lavozimlarga teng lavozimlarni egallash uchun zarur bo‘lgan talablarga javob beruvchi harbiy xizmatchilar xizmat bo‘yicha ko‘tarilishda imtiyozli huquqdan foydalanadi;

z) intizomiy chora qo‘llash tartibida lavozimdan pastlatilgan harbiy xizmatchilar mazkur chora olib tashlangandan keyingina yuqori lavozimlarga tayinlanishi mumkin;

i) harbiy xizmatchilarni tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan, sog‘lig‘ining holati yoki oilaviy sharoitiga ko‘ra quyi harbiy lavozimlarga tayinlash mansabdor shaxslar tomonidan harbiy lavozimga tayinlash bo‘yicha o‘zlariga berilgan huquqlar doirasida, agar ularni tegishli mutaxassislik bo‘yicha avvalgi harbiy lavozimiga teng yoki undan yuqori harbiy lavozimga tayinlashning imkoni yo‘q bo‘lsa, amalga oshiriladi;

k) vakant lavozimni zudlik bilan to‘ldirish zarurati tug‘ilganda alohida harbiy qism komandiri va undan katta lavozimdagi bevosita boshliqqa ushbu harbiy lavozimga tayinlash huquqiga ega bo‘lgan boshliqning roziligi bilan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini lavozim bo‘yicha majburiyatlarni vaqtincha bajarishga tayinlashga ruxsat etiladi;

l) sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra uchish ishlariga, daryo katyerlaridagi xizmatga, maxsus inshootlarda ishlashga yaroqsiz deb topilgan, lekin haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yoshi chegarasiga yetmagan va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli yoki harbiy xizmatga cheklangan yaroqli kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchish ishlari, daryo katyerlaridagi xizmat yoxud maxsus inshootlarda ishlash vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimlarga tayinlanadilar;

m) o‘zaro yaqin qarindoshligi va quda-andaligi bo‘lgan (ota-ona, er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar, farzandlar (shu jumladan asrab olingan farzandlar), shuningdek er-xotinlarning aka-ukalari, opa-singillari va ota-onalari va farzandlari) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarni, agar ularning haqiqiy harbiy xizmatni o‘tashi birining ikkinchisi qo‘l ostida yoki nazoratida bo‘lishini taqozo etsa, qo‘shilma darajasidagi va, shu jumladan unga tenglashtirilgan bir harbiy qismga tayinlashga ruxsat etilmaydi;

n) harbiy xizmatchilar tibbiy xulosaga muvofiq va ularning roziligi bilan ish hajmi kamroq bo‘lgan yoki tegishli xizmat sharoitlariga ega lavozimlarga tayinlanishi mumkin.

128. Ofitsyerlar tarkibini lavozimlarga tayinlashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

a) oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ushbu muassasalarni tamomlaganlaridan so‘ng tegishli vakant lavozimlarga tayinlanadi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, xorijiy davlatlarning harbiy akademiyalari yoki ularga tenglashtirilgan oliy ta’lim muassasalarini tugatgan ofitsyerlar tarkibiga mansub shaxslar vazirliklar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida, harbiy akademiyaga kirguniga qadar egallagan lavozimini hisobga olgan holda, asosan oliy harbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar egallashi lozim bo‘lgan harbiy lavozimlarga tayinlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlarga tayinlashning imkoni bo‘lmaganda bunday harbiy xizmatchilar boshqa, ammo avval egallagan lavozimlardan past bo‘lmagan harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin;

v) zaxiradan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan va tegishli komandirlar (boshliqlar) ixtiyoriga yuborilgan ofitsyerlar mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi yo‘llanmasida ko‘rsatilgan harbiy xizmatni o‘tash joyiga jo‘nagan kundan boshlab bir oydan kechikmagan muddatda harbiy lavozimlarga tayinlanadi.

129. Harbiy xizmatchilarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga qabul qilishda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

a) oliy harbiy ta’lim muassasasi, oliy o‘quv yurtidan keyingi institutga qabul qilingan harbiy xizmatchi oldingi egallagan lavozimidan bo‘shatiladi (mustaqil izlanuvchilar bundan mustasno) hamda kursant, tinglovchi, doktorant yoki ta’lim olayotganlar uchun nazarda tutilgan boshqa lavozimga tayinlanadi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi hamda respublika va xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi institutga qabul qilingan ofitsyerlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarda o‘qish muddati mobaynida ular oxirgi egallagan lavozimiga ko‘ra belgilangan ta’minotning barcha turlari va normalari saqlanib qoladi.

130. Oliy harbiy ta’lim muassasasiga qabul qilingan fuqaro kursant lavozimiga tayinlanadi.

131. Harbiy xizmatchini lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o‘tkazishga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning shakli va mazmuni, shuningdek ularni rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi vazirlik rahbari tomonidan belgilanadi.

132. Muddatli harbiy xizmatchi yangi xizmat joyiga uning roziligisiz o‘tkaziladi. Muddatli harbiy xizmatchilarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish quyidagi mansabdor shaxslarning buyrug‘i (farmoyishi) bilan amalga oshiriladi:

a) harbiy qism doirasida — harbiy qism komandirining buyrug‘i bilan;

b) qo‘shilma doirasida — qo‘shilma komandirining buyrug‘i bilan;

v) birlashma doirasida — birlashma shtabi boshlig‘ining buyrug‘i bilan;

g) bir birlashmadan boshqasiga va Qurolli Kuchlarning bir turidan boshqasiga (bir vazirlik tizimida) — vazirlik rahbari tegishli o‘rinbosarining buyrug‘i bilan.

133. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini oilaviy sharoitiga ko‘ra yangi xizmat joyiga o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

a) harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga muvofiq harbiy xizmatchi oila a’zolarining (eri, xotini, farzandlari va harbiy xizmatchining qaramog‘idagilar) ushbu joyda yashash imkoniyati bo‘lmaganda;

b) yashash joylaridagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limi organi komissiyasining xulosasiga muvofiq doimiy o‘zgalar parvarishiga (yordamga, nazoratga) muhtoj va harbiy xizmatchining parvarish qilish imkoni bo‘lgan boshqa aka-ukalari bo‘lmagan taqdirda, alohida yashovchi otasi, onasini (shu jumladan eri, xotini) doimiy parvarishlash uchun.

134. Agar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchini yangi harbiy xizmat joyiga o‘tkazilayotganda oilasining turar joyi o‘zgarsa hamda xotini (eri) ham kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘lsa, unda harbiy xizmatchini yangi harbiy xizmat joyiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda xotinini (erini) ham ushbu joyga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqiladi.

135. Xizmat joyini o‘zgartirgan harbiy xizmatchilar ishlari va lavozimini topshirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomi bilan belgilangan muddatdan kechikmay, biroq harbiy qism uning harbiy xizmat joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida buyruq yoki yozma xabarnoma olgan kundan boshlab ko‘pi bilan yigirma sutkada yangi xizmat joyiga yuborilishi kerak, harbiy xizmatchi navbatdagi ta’til yoki davolanishda bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

136. Muddatli harbiy xizmatni o‘tamagan, o‘qishning ikkinchi yili boshlanmasdan oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan, o‘qishdan chetlashtirilgan vaqtda chaqiruv yoshiga yetgan va bo‘shash huquqiga ega bo‘lmagan kursantlar muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun harbiy qismlarga jo‘natiladi. Chaqiruv yoshiga yetmagan shaxslar harbiy hisobga qo‘yish uchun yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limiga yuboriladi.

O‘qishning ikkinchi yilida oliy harbiy ta’lim muassasasidan chetlashtirilgan kursantlar (intizomsizligi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlarida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin.

137. Oliy harbiy ta’lim muassasalaridan chetlashtirilgan (intizomsizligi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishdan chetlashtirilganlar bundan mustasno) harbiy xizmatni davom ettirish istagini bildirgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar yangi xizmat joyiga yuboriladi.

138. Harbiy xizmatdan tashqari davlat xizmatining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklarda maxsus unvonga ega xodimlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin. Ushbu xodimlarning xizmat joyini bir vazirlikdan boshqasiga o‘zgartirish davomida ularni bo‘linmalar tarkibida harbiy lavozimlarga tayinlashda ham aynan shu tartib tatbiq etiladi.



2-§. Harbiy xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

139. Barcha toifadagi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning xizmat o‘tashi va ularning xizmat martabasi haqiqiy harbiy xizmatning butun muddati davomida uzluksiz ravishda tahsil olish va malaka oshirish bilan kechishi lozim.

140. Birinchi xizmat yili tugashi bilan oliy harbiy ta’lim muassasa boshlig‘iga komandir va boshliqlar tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining barcha ta’lim predmetlari bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga bahodan iborat taqrizlar taqdim etiladi.


Download 120.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling